Toshkent shahrida jamoat transportida chiptasiz yurish holatlariga qarshi nazorat tadbirlari davom etmoqda.
«Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi tomonidan poytaxtimizdagi avtobus yo‘nalishlarida muntazam nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Nazoratchilarning faoliyati rejaviy tartibda, maxsus dasturiy ta’minotlardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilgan hamda o‘tgan davrga nisbatan solishtirgan holda olib borilmoqda. Bunda aynan yo‘lovchi oqimi yuqori, biroq yo‘l haqi tushumi pasaygan yo‘nalishlar tanlab olinib, inspektorlar tomonidan har kuni kuchaytirilgan tartibda maqsadli reydlar tashkil etilmoqda.
Hurmatli yo‘lovchilar, jamoat transportidan foydalanganda yo‘l haqini o‘z vaqtida elektron to‘lov vositalari yoki chiptalar orqali to‘lashingizni hamda qonun talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.
Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
Post #7801
629

- ❤ 2
- 👍 1