TGViewer
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi @toshdeptransport · 1.56K subscribers
Post #7790 1.4K
📢 Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt avtobuslaridan birida validator ishlamagani hamda haydovchining bunga befarq munosabatda bo‘lgani aks etgan video yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Mazkur avtobusdagi to‘lov tizimi mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan tekshirildi, yuzaga kelgan texnik nosozlik to‘liq bartaraf etilib, validator ta’mirlandi va qayta sozlandi. Hozirda barcha qurilmalar soz holatda ishlamoqda, yo‘l haqi odatdagi tartibda (transport kartalari 💳, bank kartalari 🏧 va QR-kod 📲 orqali) to‘siqlarsiz qabul qilinmoqda.
Yo‘lovchilar murojaatiga e’tiborsiz munosabatda bo‘lgan hamda nosozlik haqida dispetcherlik xizmatiga o‘z vaqtida xabar bermagan haydovchi qat’iy ogohlantirildi. Shuningdek, haydovchilar tarkibi texnik nosozlik paytida to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha qayta yo‘riqnomadan o‘tkazildi.

Jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirishdagi faolligingiz uchun minnatdorlik bildiramiz!

Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

📢 Официальный комментарий
Относительно видеоматериалов в социальных сетях о неработающем валидаторе в одном из столичных автобусов и безучастной реакции водителя сообщаем следующее:
Система оплаты в данном автобусе была оперативно проверена специалистами. Возникшая техническая неполадка полностью устранена, валидатор отремонтирован и заново настроен. На данный момент все устройства функционируют в штатном режиме, оплата проезда принимается без ограничений (транспортными картами 💳, банковскими картами 🏧 и по QR-коду 📲).
Водитель, проявивший невнимательность к обращению пассажиров и своевременно не передавший сигнал о сбое в диспетчерскую службу, строго предупрежден. С водительским составом проведен повторный инструктаж о четком порядке действий при возникновении технических неисправностей.

Благодарим пассажиров за активную гражданскую позицию и содействие в улучшении качества услуг общественного транспорта!

Главное управление транспорта и развития дорожно-транспортной инфраструктуры города Ташкента
  • ❤ 5
  • 👍 2
More from @toshdeptransport
  1. Sep 24, 2026🚌 To‘lov madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda Vazirlar Mahkamasinin…
  2. Sep 23, 2026⚡️ DIQQAT, E’LON! Chingiz Aytmatov ko‘chasida olib borilayotgan kommunal ta’mirlash ishlar…
  3. Sep 23, 2026⚡️ DIQQAT, E’LON! Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Shimoliy Olmazor ko‘chasida olib bori…
  4. Sep 22, 2026📢 E’LON! 2026-yil 19-oktabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida) Toshkent shahar…
  5. Sep 22, 2026📢 E’LON! 2026-yil 22-oktabr, soat 12:00 (uzoq muddatli shartnoma asosida) Toshkent shahar…
  6. Sep 22, 2026#SOʻROVNOMA 🚌 Toshkent shahri jamoat transporti xizmati sifatini baholash bo‘yicha aholi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →