🚌 10-sonli yo‘nalishda yangilanish: Kamroq qatnov bilan 2,5 barobar ko‘p yo‘lovchi va byudjet tejamkorligi!
“Xo‘jaqo‘rg‘on mahallasi – Yunusobod mavzesi 12-dahasi” yo‘nalishidagi eskirgan Mercedes-Benz avtobuslari to‘liq yangi, zamonaviy ANKAI avtobuslariga almashtirildi.
📊 Raqamlarda qiyosiy tahlil:
🔹 Kunlik yo‘lovchi oqimi: 2 316 nafardan
5 899 nafarga yetdi (2,5 barobar o‘sish).
🔹 1 km masofaga to‘g‘ri keluvchi yo‘lovchi: 1,1 nafardan 2,4 nafarga oshdi.
🔹 Avtobuslar soni: 10 tadan 8 taga maqbullashtirildi (qatnov oralig‘i — 16 daqiqa).
🔹 Kunlik qatnovlar: 138 tadan 108 taga qisqardi (30 ta qatnov maqbullashtirildi).
🔹 Kunlik umumiy masofa: 8 ta jadval asosida 2 463 km qatnov bajarilmoqda.
💰 Byudjet subsidiyalarini tejash: Harakat jadvallari va qatnovlar sonining maqbullashtirilishi ekspluatatsiya xarajatlarini pasaytirib, Davlat byudjetidan jamoat transportiga ajratiladigan subsidiya mablag‘larini jiddiy iqtisod qilishga xizmat qilmoqda.
✨ Yo'lovchilar uchun qulaylik: Yangi ANKAI avtobuslari to‘liq sovutish va isitish tizimlari, ovozli e’lon, videokuzatuv hamda elektron axborot ekranlari bilan jihozlangan. Qulaylik va xavfsizlik darajasining oshishi aholining jamoat transportiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.
🤝 Kelgusida ham poytaxtning boshqa avtobus yo‘nalishlariga xususiy tashuvchilarni keng jalb qilish ishlari izchil davom ettiriladi. Bu esa sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini yangi bosqichga ko‘tarish hamda shahar jamoat transporti tizimini yanada jozibador qilishga xizmat qiladi.
Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
Post #7799
922

- 🤨 11
- 🤔 6
- 🤣 5
- ❤ 2
- 👍 2
- 🤯 2
- 😁 1
- 😐 1