188-sonli avtobus yo‘nalishi harakati yuzasidan RASMIY MUNOSABAT
📲 Ijtimoiy tarmoqlarda 188-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi avtobuslarning oraliq intervali va yo‘lovchilar gavjumligi yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar soha mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
ℹ️ Ma’lumot uchun, hozirgi kunda mazkur 188-sonli yo‘nalish bo‘yicha:
🚍 Biriktirilgan avtobuslar soni: 12 ta
🚏 Avtobus rusumi: SAZ LE-60 (o‘rta sig‘imli)
⏱️ Rejali harakat oraliq intervali: 9–11 daqiqani tashkil etadi
👥 Ma’lumki, yangi o‘quv mavsumi boshlanishi munosabati bilan shahar bo‘ylab jamoat transportiga bo‘lgan umumiy ehtiyoj, xususan talaba va o‘quvchilar oqimi keskin ortgan. Ayniqsa, ertalabki va kechki tig‘iz soatlarda o‘qish va ish vaqti boshlanishi arafasida muayyan bekatlarda yo‘lovchilarning bir vaqtning o‘zida ommaviy to‘planishi kuzatilmoqda.
🟢 Mazkur yo‘nalishda jamoat transportining to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirish qismidagi chorrahalarda svetoforlarning muvofiqlashtirilgan “yashil to‘lqin” tizimi yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar avtobuslarning chorrahalarda ushlanib qolishining oldini olib, qatnovlarning tasdiqlangan harakat jadvali va oraliq intervallariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi.
📊 Yo‘nalishdagi harakat intizomi va oraliq intervallar "Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, qatnovlar muntazamligini saqlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
Post #7805
1.15K

- ❤ 3
- 👍 2