⚡️ DIQQAT, EʼLON! HURMATLI YOʻLOVCHILAR!
⛔️ Toshkent shahrining Oqqoʻrgʻon koʻchasida kommunal soha tarmoqlarini taʼmirlash ishlari olib borilayotgani va yoʻl qismi vaqtinchalik yopilgani munosabati bilan, ushbu hudud orqali harakatlanuvchi 83-sonli avtobus yo‘nalishi harakati vaqtinchalik «Oqqo‘rg‘on ko‘chasi» bekatigacha qisqartiriladi.
⚠️ Muhim eslatma: Taʼmirlash ishlari sababli tutash koʻchalarda transport oqimi va tirbandlik ortishi mumkin. Shu bois oraliq intervallar choʻzilishi yoki zaruratga qarab harakat chizmasiga qoʻshimcha tezkor oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
📢 Safaringizni oldindan rejalashtirishingizni hamda muqobil yoʻnalishlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz.
Toshkent shahar transport va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi
Post #7791
3.28K

- ❤ 2
- 👍 2
- 🔥 1