TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

@mintrans_uz

Ishonch telefoni –1167
Toshkent v. Yuqori Chirchiq t, “Istiqbol” MFY, Yangi Toshkent
📧info@mintrans.uz
🖥gov.uz/mintrans
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
linkedin.com/company/mintransuz/
facebook.com/profile.php?id=100091754801301
Subscribers
11.4K
Photos
24.5K
Videos
3.1K
Links
9.1K
Recent Posts 8 shown
Post #29866 1.29K
22-sentabr — "Xalqaro avtomobilsiz kun"

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Transport vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va Global ekologik jamg‘arma (GEF) barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi "yashil" transport vositalaridan foydalanishga chaqiradi.


22 сентября — «Международный день без автомобиля»

Национальный комитет по экологии и изменению климата, Министерство транспорта, Программа развития ООН (UNDP) и Глобальный экологический фонд (GEF) призывают всех на один день отказаться от использования автомобилей и выбрать экологичные виды транспорта — велосипед, общественный транспорт или передвижение пешком.

 
✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
Post #29862 817

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о ходе реализации крупных проектов в транспортно-логистической сфере.

#Mirziyoyev #taqdimot #transport #logistika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Post #29861 1.65K
🚅 Temir yo‘l va metropoliten mashinistlari uchun tegishli guvohnomalarni berishning yangi tartibi belgilandi
 
O‘zbekistonda ilk bor temir yo‘l transporti va metropolitenda tortish harakatdagi tarkibni boshqarish huquqini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning yagona tartibi belgilandi.
 
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 502-son qarori bilan mazkur davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
 
✅Yangi tartib lokomotiv, motor vagonli harakatdagi tarkib va metropoliten poyezdlarini boshqarish huquqini olish istagida bo‘lgan mashinistlar uchun aniq va shaffof mexanizmni belgilaydi.
 
Qarorga muvofiq, 2027-yil-1-yanvardan:
 
-  guvohnoma olish bo‘yicha davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko‘rsatiladi;

- test sinovlari elektron platformada o‘tkaziladi;

- test natijasi avtomatik ravishda aniqlanadi;

- yangi namunadagi mashinist guvohnomasi joriy etiladi;

- guvohnoma 10-yil muddatga beriladi.
 
✔️ 2029-yil 1-yanvarga qadar amaldagi mashinistlar yangi namunadagi guvohnomani olishlari shart.
 
Guvohnoma yo‘qolgan, shikastlangan yoki ma’lumotlar o‘zgargan hollarda ayrim holatlarda qayta test topshirmasdan dublikat olish imkoniyati yaratiladi.

 
Yangi tartibning asosiy maqsadi — mashinistlarning kasbiy malakasini baholash, mas’uliyatini oshirish va harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yagona, raqamlashtirilgan tizimni joriy etish.

Batafsil
 
🚅 Установлен новый порядок выдачи соответствующих удостоверений для машинистов железных дорог и метрополитена

Впервые в Узбекистане установлен единый порядок оказания государственной услуги по предоставлению права управления тяговым подвижным составом на железнодорожном транспорте и в метрополитене.

Постановлением Кабинета Министров от 17 сентября 2026 года № 502 утвержден административный регламент оказания данной государственной услуги.

✅Новый порядок устанавливает четкий и прозрачный механизм для кандидатов в машинисты, желающих получить право управления локомотивом, моторвагонным подвижным составом и поездами метрополитена.

В соответствии с постановлением, с 1 января 2027 года:

- государственная услуга по получению Свидетельства оказывается через Единый портал интерактивных государственных услуг (ЕПИГУ);

- тестовые испытания проводятся на электронной платформе;

- результаты тестов определяются автоматически;

- вводится Свидетельство машиниста нового образца;

- удостоверение выдается сроком на 10 лет.

✔️ До 1 января 2029 года действующие машинисты обязаны получить Свидетельство нового образца.

В случаях утери, повреждения Свидетельства или изменения данных в отдельных случаях будет предоставлена возможность получения дубликата без повторной сдачи тестов.


Основная цель нового порядка — внедрение единой цифровизированной системы, направленной на оценку профессиональной квалификации машинистов, повышение их ответственности и обеспечение безопасности движения.
 
Подробнее
 
 
✈️Тelegram | 📎Facebook | 🟣Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
Post #29860 1.02K
🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi.

❗️Ochiq tender 2026-yil 21-oktabr kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.

Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 20-oktabr kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Farg'ona viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
ShYT-302 — Dang'ara-Yashik, Qiyali qo'rg'oncha orqali (Ikkala tomondan) (M1)
 
Namangan viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
ShAYe 211 — Kosonsoy-Tergachi (Ikkala tomondan) (M1)
ShAYe 221 — Kosonsoy-Yangi shahar (Ikkala tomondan) (M1)
ShAYe 258 — Uychi-Chortoq (Ikkala tomondan) (M1)
 
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo'nalishlar
🚌 Shaharlararo-viloyatlararo
1154 — Xovos-Jo'ylangar qishlog'i (Jo'ylangar qishlog'i tomondan) (M3)
1100 — Gulbuloq-Bulung'ur avtostansiyasi (Bulung'ur avtostansiyasi tomondan) (M3)
 
Surxondaryo viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
YT 308 — Sho'rchi avtostansiyasi -Elbayon MFY (Ikkala tomondan) (M1)
 
Andijon viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
346 — Xonabod avtostansiyasi -Qorasuv (Ikkala tomondan) (M1)
288 — Ulug'nor-Oqtom (Ikkala tomondan) (M1)

🚌 Shaharlararo-viloyat ichi
546 A — Andijon avtovokzali-Ulug'nor avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M2)
 
Qashqadaryo viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
SHYT 392 — Shahrisabz a/s-Olakuylak qishlog'i (Ikkala tomondan) (M1)
 
Xorazm viloyati
🚌 Shaharlararo-viloyat ichi
VH-510 — Tuproqqal'a tumani markazi-Tuproqqal'a massivi (Ikkala tomondan) (M3)

🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
ShAY-233 — Gurlan avtostansiyasi -Shovot avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M3)
ShAY-254 — Xiva sh.-Qo'shko'pir (Ikkala tomondan) (M3)
372-ShYT — Qo'shko'pir tuman markazi-Nezaxos mahallasi (Ikkala tomondan) (M1)
ShAY-255 — Xiva dehqon bozor-Pirnaxos mahallasi (Ikkala tomondan) (M3)
ShAY-242 — Beshariq oyoq qismi-Xazorasp buyum bozori (Ikkala tomondan) (M3)
286-ShYT — Bo'ston MFY-Shovot dexqon bozori (Ikkala tomondan) (M1)
ShAY-263 — G'ozovot qishlog'i-Qo'shko'pir tuman markazi (Ikkala tomondan) (M3)
346-ShYT — Bayot-Yangiariq avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M1)
 
Toshkent viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
607 — O'rmon xo'jaligi-Kultepa MFY (Ikkala tomondan) (M3)
 
Samarqand viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
YT 461 — Siyob avtostansiyasi -Navoyi f/x (Ikkala tomondan) (M1)
YT 489 — Juma avtostansiyasi -Bog'onali q. (Ikkala tomondan) (M1)
YT 473 — Raxmatobod mah. -Jartepa q. (Ikkala tomondan) (M1)
439 — Qorasuv massivi-Grand Sulton restorani (Ikkala tomondan) (M1)
YT-200 — Juma shahri markazi-Temir yo'l ABB (Ikkala tomondan) (M2)
336 — Payshanba avtostansiyasi -Oqtosh shaxri (Ikkala tomondan) (M3)
282 — Boshquduq MFY-Juma avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M3)
309 — Imomota MFY-Xazora ABB (Ikkala tomondan) (M3)

🚌 Shahar yo'nalishi
1E — Temiryo'l vokzali-Konigil turizm qishlog'i (Ikkala tomondan) (M2)
Post #29859 1.54K
BU KUN | Jamoat transportini tekin deb o‘ylaganlarga qarshi nazorat
 
 Jamoat transportida har qanday safar yo‘l haqini to‘lashdan boshlanadi. Hatto eng qisqa masofaga safar ham.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-sentabrdan yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart etib belgilandi.

Yo‘lkira haqini transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish hamda bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz to‘lov vositalari orqali amalga oshirish mumkin.
 
✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
Post #29858 1.1K
#MATBUOT_ANJUMANI

Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati barcha turdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va jamoatchilik vakillarini 2026-yil 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga taklif etadi.

🚌 Mavzu: “Avtobus haydovchilari uchun mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tizimi”

Matbuot anjumanida quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi:

• avtobus haydovchilarining oylik ish haqi qanday tartibda hisoblanishi;
• rag‘batlantiruvchi to‘lovlar qaysi mezonlar asosida to‘lanishi;
• qanday holatlarda haydovchilarning oylik ish haqi kamaytirilishi;
• ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim haydovchilarning e’tirozlari aks etgan videolavhalar yuzasidan batafsil izoh.

Shuningdek, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida mavzuga oid barcha savollar bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etiladi.


📅 Sana: 22-sentabr, 2026-yil

🕚 Vaqti: soat 11:00

📍Manzil: “2-Avtobus saroyi” binosi.


Вниманию представителей СМИ и блогеров
 
Министерство транспорта Республики Узбекистан и акционерное общество "Тошшахартрансхизмат" приглашают представителей всех видов средств массовой информации, блогеров и общественности на пресс-конференцию, которая состоится 22 сентября 2026 года.
 
🚌 Тема: "Система оплаты труда и поощрения водителей автобусов"
 
На пресс-конференции будет представлена подробная информация по следующим вопросам:
 
• порядок расчета ежемесячной заработной платы водителей автобусов;
• критерии осуществления стимулирующих выплат;
• случаи снижения ежемесячной заработной платы водителей;
• подробный комментарий по поводу распространяемых в социальных сетях видеороликов, отражающих претензии некоторых водителей.
 
Кроме того, на основе принципов открытости и прозрачности будет организован открытый диалог по всем вопросам, касающимся данной темы.

 
📅 Дата: 22 сентября 2026 года
 
🕚 Время: 11:00
 
📍Адрес: здание "2-го автобусного парка".
 
 
 ✔️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
Post #29857 1.25K
Sog‘lom turmush tarzi — davlat xizmatchilari samarali faoliyatining asosi

Xodimlar dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazib, tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqarishi, shuningdek, oilalarda sog‘lom turmush tarzi poydevorini shakllantirish uchun sharoit yaratish maqsadida Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir guruh ishchi xodimlarning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Yoshlar oromgohi» dam olish maskanida ikki kunlik dam olishi tashkil etildi.
 
Oromgohda dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy kechalar, shuningdek, «Team building» dasturi doirasida xodimlar o‘rtasida o‘zaro ko‘mak, ishonch hamda ruhlantirish xususiyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazildi.
 
Здоровый образ жизни — основа эффективной деятельности государственных служащих
 
В целях содержательной организации досуга сотрудников, укрепления корпоративного духа и формирования культуры здорового образа жизни в семьях работников Объединенным профсоюзным комитетом Министерства транспорта организован двухдневный отдых для группы сотрудников в зоне отдыха «Ёшлар оромгохи», расположенной в Бостанлыкском районе Ташкентской области.
 
В рамках программы отдыха для участников были организованы спортивные соревнования, духовно-просветительские мероприятия, а также мероприятия по командному взаимодействию (Team Building), направленные на укрепление доверия, поддержки и эффективного взаимодействия между коллегами.
 

✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
Post #29847 1.23K
Sog‘lom turmush tarzi — davlat xizmatchilari samarali faoliyatining asosi

Xodimlar dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazib, tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqarishi, shuningdek, oilalarda sog‘lom turmush tarzi poydevorini shakllantirish uchun sharoit yaratish maqsadida Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir guruh ishchi xodimlarning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Yoshlar oromgohi» dam olish maskanida ikki kunlik dam olishi tashkil etildi.
 
Oromgohda dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy kechalar, shuningdek, «Team building» dasturi doirasida xodimlar o‘rtasida o‘zaro ko‘mak, ishonch hamda ruhlantirish xususiyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazildi.
 
Sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, mahorati va jismoniy tayyorgarligi, shuningdek, sportga bo‘lgan qiziqishini namoyish etdi.

Shuningdek, vazirlik xodimlarining intellektual qobiliyatlarini rag‘batlantirish, ularning jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Intellektual bahslarda ishtirokchilar mantiqiy va tanqidiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, keng dunyoqarash hamda bilim salohiyatini namoyon etishdi. Savollarga javob topish asnosida jamoalar nafaqat bilim va zukkoligini, balki hamjihatlik va birgalikda qaror qabul qilish mahoratini ham sinovdan o‘tkazdi.
 
“Zakovat” intellektual bellashuvi va sportning shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan va epchillik ko‘rsatgan g‘olib va sovrindorlar Transport vazirligi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
 
Bu kabi tadbirlar jamoada ahillik va do‘stona muhitni yanada mustahkamlash, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Здоровый образ жизни — основа эффективной деятельности государственных служащих
 
В целях содержательной организации досуга сотрудников, укрепления корпоративного духа и формирования культуры здорового образа жизни в семьях работников Объединенным профсоюзным комитетом Министерства транспорта организован двухдневный отдых для группы сотрудников в зоне отдыха «Ёшлар оромгохи», расположенной в Бостанлыкском районе Ташкентской области.
 
В рамках программы отдыха для участников были организованы спортивные соревнования, духовно-просветительские мероприятия, а также мероприятия по командному взаимодействию (Team Building), направленные на укрепление доверия, поддержки и эффективного взаимодействия между коллегами.
 
Особый интерес вызвали соревнования по настольному теннису, шахматам и шашкам. Участники продемонстрировали хорошую физическую и интеллектуальную подготовку, ловкость, мастерство и стремление к победе.
 
Для развития интеллектуальных способностей и навыков командной работы среди сотрудников Министерства также была организована интеллектуальная игра «Заковат». В ходе интеллектуального состязания участники продемонстрировали логическое и критическое мышление, широкий кругозор, эрудицию и способность оперативно принимать решения. Ответы на вопросы требовали от команд не только глубоких знаний и сообразительности, но и слаженной работы, умения слушать друг друга и совместно находить оптимальные решения.
 
По итогам соревнований победители и призеры интеллектуальной игры «Заковат», а также состязаний по шахматам, шашкам и настольному теннису были отмечены памятными подарками от Объединенного профсоюзного комитета Министерства транспорта.
 
Проведение подобных мероприятий способствует укреплению дружеских и деловых отношений в коллективе, повышению командной сплоченности, содержательной организации досуга сотрудников и популяризации принципов здорового образа жизни.
 

✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
Older posts →

About this channel

How can I read @mintrans_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги have?
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги (@mintrans_uz) has 11.4K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →