Sog‘lom turmush tarzi — davlat xizmatchilari samarali faoliyatining asosi
Xodimlar dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazib, tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqarishi, shuningdek, oilalarda sog‘lom turmush tarzi poydevorini shakllantirish uchun sharoit yaratish maqsadida Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir guruh ishchi xodimlarning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Yoshlar oromgohi» dam olish maskanida ikki kunlik dam olishi tashkil etildi.
Oromgohda dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy kechalar, shuningdek, «Team building» dasturi doirasida xodimlar o‘rtasida o‘zaro ko‘mak, ishonch hamda ruhlantirish xususiyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazildi.
Sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, mahorati va jismoniy tayyorgarligi, shuningdek, sportga bo‘lgan qiziqishini namoyish etdi.
Shuningdek, vazirlik xodimlarining intellektual qobiliyatlarini rag‘batlantirish, ularning jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Intellektual bahslarda ishtirokchilar mantiqiy va tanqidiy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish, keng dunyoqarash hamda bilim salohiyatini namoyon etishdi. Savollarga javob topish asnosida jamoalar nafaqat bilim va zukkoligini, balki hamjihatlik va birgalikda qaror qabul qilish mahoratini ham sinovdan o‘tkazdi.
“Zakovat” intellektual bellashuvi va sportning shaxmat, shashka va stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda yuqori natijalarni qayd etgan va epchillik ko‘rsatgan g‘olib va sovrindorlar Transport vazirligi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar jamoada ahillik va do‘stona muhitni yanada mustahkamlash, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Здоровый образ жизни — основа эффективной деятельности государственных служащих
В целях содержательной организации досуга сотрудников, укрепления корпоративного духа и формирования культуры здорового образа жизни в семьях работников Объединенным профсоюзным комитетом Министерства транспорта организован двухдневный отдых для группы сотрудников в зоне отдыха «Ёшлар оромгохи», расположенной в Бостанлыкском районе Ташкентской области.
В рамках программы отдыха для участников были организованы спортивные соревнования, духовно-просветительские мероприятия, а также мероприятия по командному взаимодействию (Team Building), направленные на укрепление доверия, поддержки и эффективного взаимодействия между коллегами.
Особый интерес вызвали соревнования по настольному теннису, шахматам и шашкам. Участники продемонстрировали хорошую физическую и интеллектуальную подготовку, ловкость, мастерство и стремление к победе.
Для развития интеллектуальных способностей и навыков командной работы среди сотрудников Министерства также была организована интеллектуальная игра «Заковат». В ходе интеллектуального состязания участники продемонстрировали логическое и критическое мышление, широкий кругозор, эрудицию и способность оперативно принимать решения. Ответы на вопросы требовали от команд не только глубоких знаний и сообразительности, но и слаженной работы, умения слушать друг друга и совместно находить оптимальные решения.
По итогам соревнований победители и призеры интеллектуальной игры «Заковат», а также состязаний по шахматам, шашкам и настольному теннису были отмечены памятными подарками от Объединенного профсоюзного комитета Министерства транспорта.
Проведение подобных мероприятий способствует укреплению дружеских и деловых отношений в коллективе, повышению командной сплоченности, содержательной организации досуга сотрудников и популяризации принципов здорового образа жизни.
✈️Тelegram | 📎Facebook | 👚Instagram | 🎞YouTubе | 🌐Linkedin |
Post #29847
1.41K









