TGViewer
Channel Public Channel
StartUpper

StartUpper

@startupper_uz

🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Subscribers
3.67K
Photos
1.6K
Videos
271
Links
1.3K

Showing posts older than #2289 · Back to latest

Older Posts 18 shown
Post #2288 1.38K
🔎 Buxoro: yosh olim va talabalar uchun maxsus seminar!

Buxoro davlat universitetida yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilinadigan ilmiy stajirovka hamda startap tanlovlari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi.

Unda siz loyiha topshirishning barcha bosqichlari va g‘oliblik sirlari haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Muhim ma’lumotlar:

🗓 Sana: 18-mart
📊 Vaqt: 14:00
📍 Manzil: BuxDU, Katta majlislar zali

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #2287 1.15K
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

👍 Guliston yoshlar texnoparki BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi huzuridagi maxsus maslahat maqomidagi tashkilot – International Association of Science Parks and Areas of Innovation (IASP) ning rasmiy aʼzosi hisoblanadi.

IASP a'zoligi – bu xalqaro sifat muhri bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab ilm-fan va texnologiya sohalarini rivojlantirayotgan eng ilg‘or innovatsion markazlar tarmog‘ida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Nega bu muhim?
✅ Global innovatsion tadbirlarda ishtirok etish;
✅ Dunyo miqyosidagi ilmiy-texnologik parklar bilan hamkorlik qilish;
✅ Yutuqlarimizni xalqaro sahnaga olib chiqish.

Hozirda 81 ta davlat texnologik parklari IASP tarkibiga kiradi. O‘zbekistondan esa Guliston yoshlar texnoparki, IT Park Uzbekistan va “Kelajak metallari texnoparki“ ushbu tashkilotning aʼzosi hisoblanadi!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 4
Post #2286 982
🚀 Andijon yoshlar texnoparkida "Startap booster" amaliy seminar-treningi

18-mart kuni startap g‘oyalarni shakllantirish, biznes modelini ishlab chiqish va loyihalarni taqdim etish (pitch) bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Dasturda:

✅ Sanoat mutaxassislaridan biznes yuritish asoslari;
✅ Guruhlarda loyiha ustida ishlash va biznes modelni (Lean Canvas) tuzish;
✅ Bozor ehtiyojlarini tahlil qilish va mijozlar bilan ishlash;
✅ Tayyor loyihalarni taqdim etish va tanlovda ishtirok etish.

Ishtirokchilarga beriladigan imkoniyatlar:

✅ G‘oyani amaliy loyiha darajasiga olib chiqish mexanizmlari;
✅ Tajribali mentorlar va soha mutaxassislari yordami;
✅ Professional networking va jamoa shakllantirish.


Tadbir tafsilotlari:
🗓 Sana: 18.03.2026
📊 Vaqt: 10:00 – 13:30
📍 Manzil: Andijon yoshlar texnoparki

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: Havola
📞 Murojaat uchun: +998948930017

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 3
Post #2284 1.4K
🤔 “Bo‘lajak olim” tanlovida qanday loyihalar g‘olib bo‘ladi?

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda dolzarb muammolarga texnologik yechim topgan yosh ixtirochilar qo‘llab-quvvatlanadi.

Quyidagi videoda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan innovatsion loyihalar bilan tanishishingiz mumkin:

✅ Qishloq xo‘jaligi: hosildorlikni oshiruvchi yangi qurilmalar;
✅ Yashil energetika: muqobil energiya manbalari va tejamkor texnologiyalar;
✅ AKT: raqamli transformatsiya startaplari.

🌐 Loyihalarning texnik imkoniyatlari va ishlash prinsiplari haqida batafsil ma’lumot olish uchun videoni tomosha qiling.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ⚡ 4
  • 🎉 2
  • 🤝 1
Post #2281 1.42K
#dayjest

⚡️ Hafta davomida startap ekotizimi bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirildi?

#3-son

Innovatsion rivojlanish agentligi: Haftalik “STARTUP WEEKEND” dayjesti!

Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasi joriy haftaning (2026-yil 9-15-mart holatiga ko‘ra) eng muhim va qiziqarli voqealari jamlangan haftalik dayjestni taqdim etadi.

📖 Dayjestni quyidagi havola orqali mutolaa qilishingiz mumkin:
👉 https://online.pubhtml5.com/qxrce/tviv/

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • 👏 2
  • 🤝 1
Post #2280 897
🔺 Hozirga qadar O‘zbekiston bo‘ylab “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining birinchi bosqichi yakunlangan tuman (shahar)lar:

📍 Andijon viloyati:

Andijon shahri, Buloqboshi, Oltinko‘l, Andijon tumani, Asaka, Izboskan va Ulug‘nor tumanlarida tanlovning navbatdagi bosqichlari o‘tkazildi.
👉Batafsil

📍 Farg‘ona viloyati:
Beshariq, Yozyovon, Uchko‘prik, Buvayda tumanlari hamda Quvasoy shahrida tanlovning tuman va shahar bosqichlari yakunlandi.
👉Batafsil

📍 Surxondaryo viloyati:
Termiz va Angor tumanlarida tanlovning birinchi bosqichlari yuqori saviyada tashkil etildi.
👉Batafsil

📍 Sirdaryo viloyati:
Sirdaryo va Sayxunobod tumanlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tdi.
👉Batafsil

📍 Toshkent viloyati:
Angren shahrida tanlovning shahar bosqichi yakunlanib, g‘oliblar saralab olindi.
👉Batafsil

📍 Buxoro viloyati:
Buxoro shahrida tanlovning shahar bosqichi o‘tkazilib, eng yaxshi loyihalar aniqlandi.
👉Batafsil

Tanlovning 1-bosqich grafigi bilan tanishing.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤‍🔥 1
  • ⚡ 1
Post #2279 840
#seminar

🚀 Farg‘onalik yosh olim va talabalar diqqatiga!

Farg‘ona davlat universitetida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e‘lon qilinadigan Startap loyihalar, xorijiy stajirovka va akademik harakatchanlik dasturlarida ishtirok etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruzachi: Artur Ahmadjonov (Innovatsion rivojlanish agentligi viloyat bo‘linmasi rahbari).
Mavzu: Startap loyihalar tanlovlarida hamda xorijiy stajirovka va Akademik harakatchanlik dasturilarda ishtirok etish tartibi.

Tafsilotlar:

🗓 Sana: 2026-yil 16-mart
📊 Vaqt: 11:00
📍 Manzil: FarDU, Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakulteti, 105-xona.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 4
  • ❤‍🔥 1
Post #2278 907
Customer Development (Mijoz bilan intervyu) uchun savollar

Bu bosqichda mahsulotni sotishga harakat qilmang, balki mijozning og‘riqli nuqtasini o‘rganing.

✅ "Oxirgi marta shu muammo qachon bo‘ldi va uni qanday hal qildingiz?"
*Nima uchun: Agar odam muammoni hal qilishga harakat ham qilmagan bo‘lsa, demak bu u uchun unchalik muhim emas.

✅ "Bu muammoni hal qilishda sizni eng ko‘p nima qiynaydi yoki asabingizga tegadi?"
*Nima uchun: Siz mijozning aynan qaysi "og‘rig‘iga" dori bo‘lishingiz kerakligini tushunasiz.

✅ "Hozir qaysi usul yoki dasturdan foydalanyapsiz? Undagi nima narsa sizga yoqmaydi?"
*Nima uchun: Raqobatchilaringizning kamchiligini bilib olasiz.

✅ "Bu muammoni hal qilish uchun hozir qancha pul yoki vaqt sarflayapsiz?"
*Nima uchun: Mijoz o‘z muammosi uchun pul to‘lashga tayyormi yoki yo‘qligini bilasiz.

✅ "Atrofingizda yana kimda shunday muammo bor? Kim bilan gaplashishni maslahat berasiz?"
*Nima uchun: Keyingi mijozni qidirishga vaqt sarflamaysiz, tayyor kontakt olasiz.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • 🤝 4
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #2277 767
🤔 MVP tayyorlashdan oldin mijozga qanday savol bergan bo‘lardingiz?

Fikringizni izohlarda qoldiring

Soat 20:30 da eng muhim 5 ta savolni kanalga yuklaymiz!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • ⚡ 1
  • ❤‍🔥 1
  • 💯 1
  • 🤝 1
Post #2276 2.14K
#foydali

💠 Startaplar haqida eng foydali saytlar (Web Platformalar)

🔺TechCrunch – techcrunch.com
– Dunyo startaplari, venchur sarmoya, texnologiyalar va yangi mahsulotlar haqida eng so‘nggi yangiliklar.

🔺Product Hunt – producthunt.com
– Har kuni yangi mahsulotlar, servislar va ilovalar e’lon qilinadi. Startaplar uchun juda foydali.

🔺Y Combinator – ycombinator.com
– Mashhur startap inkubatori. Startap boshlovchilari uchun maqolalar, maslahatlar, intervyular.

🔺Crunchbase – crunchbase.com
– Startaplar, sarmoyadorlar, kompaniyalar va yirik tranzaksiyalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.

🔺AngelList – angel.co
– Startap ish o‘rinlari, sarmoya olish va networking uchun platforma.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • 👍 5
  • ❤ 4
Post #2275 1.53K
#foydali

Startap qurishda asosiy bosqichlar qaysilar?

✅ G‘oya topish
✅ MVP
✅ Bozor sinovi
✅ Investitsiya
✅ Bozorga chiqish

“Investitsiya“ bosqichidagilar tezroq harakat qilmasangiz, boshqalar sizni videodagidek turtib bo'lsa ham o'tib ketishadi 😁

Siz asosan qaysi bosqichda qiynalasiz? kommentariyada yozib keting

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • 👍 6
  • 😁 4
  • 🔥 1
Post #2274 1.39K
🚀 “Parvoz” loyihasi doirasida sizni nimalar kutmoqda?

Kanalimizga yangi qo‘shilganlar uchun loyiha taqdim etadigan asosiy imkoniyatlarni sanab o‘tamiz:

🔵 Grant va tanlovlarda ishtirok etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar;
🔵 Startap yo‘nalishidagi onlayn darslar;
🔵 Hududiy Yoshlar texnoparklarida tashkil etiladigan biznes inkubator dasturlarida qatnashish imkoniyati;
🔵 Investorlar ishtirokidagi "Demo day" tadbirlari;
🔵 Startaplar uchun foydali qo‘llanma va tahliliy ma’lumotlar;
🔵 Ekotizim yetakchi vakillari ishtirokidagi marafon va uchrashuvlar.

Agar siz ham ushbu imkoniyatlardan foydalanishni istasangiz, kanalni kuzatib boring.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 6
  • ⚡ 4
  • ❤‍🔥 2
  • 🎉 1
Post #2271 1.43K
StartUpper Hududingizda startaplar va tanlovlarga hujjat topshirish bo'yicha seminarlr tashkil etilsa, ishtirok etasizmi?
#seminar

🔺 OTMlarda “Akademik harakatchanlik” va startap loyihalar bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda

✅ Guliston davlat universiteti
Yosh olim va tadqiqotchilar uchun dasturning imkoniyatlari hamda akadem.ilmiy.uz platformasi orqali loyiha topshirish tartibi yuzasidan seminar o‘tkaziladi.
Sana: 13-mart, 15:00
Manzil: Guliston davlat universiteti 130-xona
👉 Batafsil

✅ Buxoro davlat texnika universiteti
“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida tanlovda ishtirok etish talablari va yosh olimlarni jalb qilish masalalari muhokama qilinadi.
Sana: 14-mart, 10:00
Manzil: Universitet binosi
👉 Batafsil

✅ Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti
Startap loyihalar tanlovlari, xorijiy stajirovka va akademik harakatchanlik dasturlarida ishtirok etish tartibi bo‘yicha seminar o‘tkaziladi.
Sana: 14-mart, 10:00
Manzil: 102-xona (ARM)
👉 Batafsil

*Ma‘lumot o‘rnida seminarlar mamlakatimizning barcha hududlarida ketma-ketlikda tashkil etiladi

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • 👏 2
  • ⚡ 1
  • 🤝 1
Post #2269 1.17K
〰️〰️〰️〰️〰️〰️ #Kelajak_muhandislari

“Kelajak muhandislari” respublika ko'rik tanlovi bo‘yicha ovozli chatda ishtirok eting!

Seminar davomida:

🔸 Tanlov shartlari;
🔸 Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni;
🔸 Ishtirok etish tartibi haqida batafsil ma’lumot berib, barcha savollaringizga javob beriladi.


👤 Spiker: Davron Nuriddinov - Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar akademiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi

🗓 Sana: 12.03.2026
📊 Vaqt: 20.00
📍 Manzil: havola

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 2
  • 👍 1
Post #2268 1.36K
#grant

📢 €25 000 grant va Amsterdamda akseleratsiya: Bayer Foundation ayol tadbirkorlarni izlamoqda

Women Entrepreneurs Award 2026 mukofoti uchun arizalar qabuli boshlandi. Dastur sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida yechim taklif qilayotgan ayol startapchilarni qo‘llab-quvvatlaydi.

🔵 G‘oliblar (15 nafar finalchi) uchun
- €25 000 grant
- 6 oylik akseleratsiya: mentorlik, investorlar bilan ishlash va strategik rivojlanish
- Amsterdamga safar (26–30 oktabr 2026) – taqdirlash marosimi va Awardee Days (barcha xarajatlar qoplanadi)
- Global PR va Bayer ekspertlari tarmog‘i
- Alumni Networkga a’zolik

🔵 Yo‘nalishlar
- Sog‘liqni saqlash: ayollar salomatligi, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklar, tibbiyot uchun raqamli yechimlar.
- Oziq-ovqat xavfsizligi: oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish, kichik fermerlar mahsuldorligi, adolatli narx va toza suv.

🔵 Talablar
- Ayol asoschi yoki rahbar bo‘lgan startap
- Faoliyat yuritayotgan va sotuvlari mavjud biznes
- Yillik daromadi $1 mln gacha
- Kompaniya 2025-yil 1-yanvargacha ro‘yxatdan o‘tgan
- Ijtimoiy yoki gibrid biznes modeli


🗓 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 13-aprel.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
  • ❤ 4
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →