📢 €25 000 grant va Amsterdamda akseleratsiya: Bayer Foundation ayol tadbirkorlarni izlamoqda
Women Entrepreneurs Award 2026 mukofoti uchun arizalar qabuli boshlandi. Dastur sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida yechim taklif qilayotgan ayol startapchilarni qo‘llab-quvvatlaydi.
🔵 G‘oliblar (15 nafar finalchi) uchun
- €25 000 grant
- 6 oylik akseleratsiya: mentorlik, investorlar bilan ishlash va strategik rivojlanish
- Amsterdamga safar (26–30 oktabr 2026) – taqdirlash marosimi va Awardee Days (barcha xarajatlar qoplanadi)
- Global PR va Bayer ekspertlari tarmog‘i
- Alumni Networkga a’zolik
🔵 Yo‘nalishlar
- Sog‘liqni saqlash: ayollar salomatligi, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklar, tibbiyot uchun raqamli yechimlar.
- Oziq-ovqat xavfsizligi: oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish, kichik fermerlar mahsuldorligi, adolatli narx va toza suv.
🔵 Talablar
- Ayol asoschi yoki rahbar bo‘lgan startap
- Faoliyat yuritayotgan va sotuvlari mavjud biznes
- Yillik daromadi $1 mln gacha
- Kompaniya 2025-yil 1-yanvargacha ro‘yxatdan o‘tgan
- Ijtimoiy yoki gibrid biznes modeli
🗓 Ariza topshirish muddati: 2026-yil 13-aprel.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
