🏆 Robototexnika bo'yicha jahon chempionlari taqdirlandi
Bugun INNO Texnoparkda FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika chempionatida g'olib bo'lgan O'zbekiston terma jamoasini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Koreya Respublikasining Inchxon shahrida 7–10-oktabr kunlari o'tkazilgan chempionatda 190 dan ortiq davlat jamoalari ishtirok etdi. Yurtimiz yosh muhandislari kuchli raqobatda yuqori natija qayd etib, O'zbekiston bayrog'ini jahon sahnasida baland ko'tardi.
Marosimda chempionlar va ularning murabbiylari munosib taqdirlandi.
Yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini qo'llab-quvvatlash va ularni xalqaro maydonga olib chiqish bo'yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzating👇🏻
Telegram| Instagram| Facebook| Web
Post #3208
236