TGViewer
Channel Public Channel
IRA | Surxondaryo

IRA | Surxondaryo

@ira_surxondaryo

Innovatsion rivojlanish agentligi Surxondaryo viloyat innovatsion rivojlanish bo‘linmasi rasmiy kanali
Subscribers
1.46K
Photos
911
Videos
88
Links
354
Recent Posts 4 shown
Post #1216 101

Forwarded from 𝐒𝐡𝐞𝐫𝐚𝐥𝐢 𝐑𝐮𝐬𝐭𝐚𝐦𝐨𝐯𝐢𝐜𝐡

🎓 "Mohirlik va biznes soati" darslari — innovatsion hududda davom etmoqda!

Termiz tumanidagi ta’lim muassasalarida "Mohirlik va biznes soati" loyihasi doirasida to'rtinchi mashg'ulot bo'lib o'tdi.

📌 Mavzu: "Startap loyihalarni shakllantirish va ularni amalga oshirish mexanizmlari"

O'quvchilarga startap loyihani shakllantirish modeli, ya’ni haqiqiy ehtiyojni topish, yangicha qiymat yaratish, MVP-minimal hayotiy mahsulot yaratish, mijoz, sinov, yig‘ish, o‘sish hamda takomillashtirish va kengayish haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, MVP yaratish va bozor sinovi startap loyihaning ahamiyatli bosqichi ekanligi tushuntirildi. MVP – bu mukammal mahsulot emas, balki u g‘oyani eng kam xarajat bilan tekshirish uchun yaratiladigan dastlabki ko‘rinish ekanligi o‘quvchilarga tushuntirib berildi.

O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish borasidagi yaratilayotgan imkoniyatlar haqida qiziqarli va interaktiv tarzda ma'lumot berildi.

✅ Maqsad — yosh avlodda tadbirkorlik ruhini, moliyaviy savodxonlik va innovatsion fikrlashni erta yoshdan shakllantirish.

Tadbir Surxondaryo viloyati Innovatsion rivojlanish bo‘linmasi mas’ullari, Termiz yoshlar texnoparki hamkorlikda o‘tkazildi.
Post #1209 127

Forwarded from Камол Абдуллаев

#Mohirlik_biznes_soati

🚀 MOHIRLIK VA BIZNES SOATI DARSLARI DAVOM ETMOQDA

Oltinsoy tumanidagi maktablarda “Mohirlik va biznes soati” mashg‘ulotlari davom etmoqda. Darslar Innovatsion rivojlanish agentligi hududiy bo‘limi va Termiz Yoshlar Texnoparki DM xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

Navbatdagi 4-dars “Startap loyihalarni shakllantirish va ularni amalga oshirish mexanizmi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Mashg‘ulotda o‘quvchilarga startap nima ekani, uning oddiy biznesdan farqi, innovatsion g‘oyaning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, muammolarni aniqlash, ularga samarali yechim topish va g‘oyalarni loyiha darajasiga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Mashg‘ulotlar o‘quvchilarning tadbirkorlikka qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va kelajakda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishga tayyorlashga xizmat qiladi.
Post #1205 96

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#InnoX

Namangan va Surxondaryoda “InnoX” dasturi doirasida tadbirlar o‘tkazildi

Namangan va Surxondaryo viloyatlarida “InnoX” dasturi ishtirokchilari uchun tadbirlar tashkil etildi.

Namangan yoshlar texnoparkida dastur davomida faolligi va tashabbuslari bilan ajralib turgan yoshlar taqdirlandi.

Termiz yoshlar texnoparkida esa dastur yakuniga bag‘ishlangan Demo Day bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar o‘z loyihalarini ekspertlar va hamkor tashkilotlar vakillariga taqdim etib, g‘oyalari va ularning amaliy ahamiyati haqida so‘zlab berdilar.

Har ikki hududdagi tadbirlar yoshlarning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish va ularni biznes loyihalariga aylantirishga ko‘maklashishga qaratildi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Post #1201 106

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

“Mohirlik va biznes soati” darslari hududlarda davom etmoqda

Innovatsion rivojlanish agentligi tizimidagi hududiy bo‘linmalarda “Mohirlik va biznes soati” darslari muntazam tashkil etilmoqda.


Mazkur darslar doirasida ishtirokchilarga tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, biznes g‘oyalarni shakllantirish, zamonaviy yondashuvlardan samarali foydalanish hamda innovatsion tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha zarur bilim va tavsiyalar berilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida biznesni boshlash va rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni shakllantirish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hamda zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni egallashga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Older posts →

About this channel

How can I read @ira_surxondaryo without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for IRA | Surxondaryo: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does IRA | Surxondaryo have?
IRA | Surxondaryo (@ira_surxondaryo) has 1.46K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does IRA | Surxondaryo know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →