TGViewer
Channel Public Channel
IRA | Tosh vil

IRA | Tosh vil

@inno_toshvil

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Toshkent viloyati Innovatsion rivojlanish bo’linmasi
Subscribers
591
Photos
965
Videos
67
Links
364
Recent Posts 7 shown
Post #1127 39

Forwarded from Edu.uz

❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Yangi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

“Son ko‘paydi, sifat esa kam. Bundan keyin har bir universitet kim uchun qanday kadr tayyorlashini o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak. To‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmadim”, — dedi prezident.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 1
Post #1120 84
Toshkent davlat agrar universitetida “Startaplar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

2026-yil 9-oktabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan eʼlon qilinadigan
Akademik harakatchanlik
Boʻlajak olim
Innovatsion gʻoya yetakchisi koʻkrak nishoni hamda Mirzo Ulugʻbek vorislari Respublik tanlovlari boʻyicha seminar tashkil etildi.

Seminar-trening davomida talabalarga startap tanlovlarida ishtirok etish, innovatsion g‘oyalarni shakllantirish, ularni amaliy loyihalarga aylantirish va rivojlantirish, shuningdek, istiqbolli biznes tashabbuslarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirning asosiy qismida talabalar istiqbolli loyihalarini taqdim etdilar. Jumladan, “Yangi agronom AI”, “Roomify”, “Solar Powerbank”, “Smart Arava” hamda “Innovatsion issiqxona isitish tizimi” nomli startap loyihalari ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

IRA | Toshkent viloyat innovatsion rivojlanish bo‘linmasi rasmiy kanali
  • 👍 1
Post #1119 40

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi.

Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области.

Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса.

Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения.

Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения.

Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву.

Facebook|Instagram|X
Post #1118 116
#startaplar_kuni

Yangi g‘oya, katta imkoniyat va innovatsion loyihalar sari ilk qadamni biz bilan boshlang!

Joriy yilning 9-oktabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarini rivojlantirish hamda “Startaplar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tadi.

🎯 Tadbir davomida:
🔹 yoshlarning innovatsion va kreativ g‘oyalari tinglanadi;
🔹 startap loyihalarni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi;
🔹 biznes g‘oyalarni loyihaga aylantirish imkoniyatlari muhokama qilinadi;
🔹 mentorlar va mutaxassislar bilan fikr almashiladi.

🌱 Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiyalar, IT, ekologiya, oziq-ovqat, xizmat ko‘rsatish va boshqa innovatsion yo‘nalishlarda g‘oyaga ega yoshlarni tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📅 Sana: 9-oktabr, 2026-yil
🕑 Vaqti: 14:00
📍 Manzil: Toshkent davlat agrar universiteti

📞+998 90 321 13 21

IRA | Toshkent viloyat innovatsion rivojlanish bo‘linmasi rasmiy kanali
Post #1110 68
#Ochiq_muloqot
#Payshanba_Yoshlar_kuni

“RAHBAR VA YOSHLAR” OCHIQ MULOQOTI

Har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan.

Ushbu kun muloqotda filial Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.N. Boboyorov, Korrupsiyaga qarshi kurashish — “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi S. Nishonov, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi 1-Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i, podpolkovnik Sodiqova Shahnoza Hashimovna, shuningdek, 1–2-bosqich talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarning oldini olish, yoshlar bandligini ta’minlash, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalar muhokama qilindi.

IRA | Toshkent viloyat innovatsion rivojlanish bo‘linmasi rasmiy kanali
Post #1109 58

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#InnoWeek_2026

🇦🇿 Hasan Hasanli — Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vaziri o‘rinbosari “InnoWeek-2026” doirasida bo‘lib o‘tadigan “Turkiy davlatlar ilm-fan va innovatsiyalar kuni” forumida ishtirok etadi.

Tadbir maqsadi: turkiy davlatlar o‘rtasida fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari, innovatorlar va real sektor vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash.


📍 Manzil: Alpha Hall
⏳ Vaqt: 14:30–17:30, 27-oktabr

🔴Ro‘yxatdan o‘tish uchun innoweek.uz.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Post #1108 61

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#tanishing_startap

Startaplar uchun yangi imkoniyatlar — yangi marralar!


Bugun mamlakatimizda startapchilar safi tobora kengayib, yangi g‘oyalar amaliy loyihalarga aylanmoqda. “Lumi” ham shunday istiqbolli loyihalardan biri. Unga 80 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilingan.

Joriy yilning 11-fevral kuni qabul qilingan PQ-59-son Prezident qarori O‘zbekistonda startap ekotizimi yanada rivojlanishiga yangi turtki berdi. Yaratilayotgan imkoniyatlar yosh startapchilarni qo‘llab-quvvatlash, loyihalarni rivojlantirish va ularga investitsiya jalb etish uchun keng yo‘l ochmoqda.


Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Older posts →

About this channel

How can I read @inno_toshvil without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for IRA | Tosh vil: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does IRA | Tosh vil have?
IRA | Tosh vil (@inno_toshvil) has 591 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does IRA | Tosh vil know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →