#startaplar_kuni
Yangi g‘oya, katta imkoniyat va innovatsion loyihalar sari ilk qadamni biz bilan boshlang!
Joriy yilning 9-oktabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarini rivojlantirish hamda “Startaplar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tadi.
🎯 Tadbir davomida:
🔹 yoshlarning innovatsion va kreativ g‘oyalari tinglanadi;
🔹 startap loyihalarni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi;
🔹 biznes g‘oyalarni loyihaga aylantirish imkoniyatlari muhokama qilinadi;
🔹 mentorlar va mutaxassislar bilan fikr almashiladi.
🌱 Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiyalar, IT, ekologiya, oziq-ovqat, xizmat ko‘rsatish va boshqa innovatsion yo‘nalishlarda g‘oyaga ega yoshlarni tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📅 Sana: 9-oktabr, 2026-yil
🕑 Vaqti: 14:00
📍 Manzil: Toshkent davlat agrar universiteti
📞+998 90 321 13 21
IRA | Toshkent viloyat innovatsion rivojlanish bo‘linmasi rasmiy kanali
Post #1118
116
