Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi Farg‘ona viloyat bo‘linmasi
Manzil: Farg'ona shahar, Farg'ona ko‘chasi, 86-uy.
Post #10945
1.68K







#IxtirochilikRatsionalizatorlik
Ixtirochilik va ratsionalizatorlik ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi
Tanlov ishtirokchilariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat va yangi innovatsion yutuqlar tilaymiz!
bizni kuzating: Innovation Fergana
Ixtirochilik va ratsionalizatorlik ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 440-son qarori hamda 2022-yil 1-noyabrdagi “Iste’dodli yoshlarni kashf qilish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Ixtirochilik va ratsionalizatorlik ko‘rgazmalari va ular doirasida ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish tartibi”ga muvofiq ixtirochilik va ratsionalizatorlik ko‘rgazmalari doirasidagi ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovning asosiy maqsadi iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularning ilmiy-texnik ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oya va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.
Tanlov jarayonida ishtirokchilar o‘zlarining ixtirochilik ishlanmalari, ratsionalizatorlik takliflari va innovatsion loyihalarini taqdim etdilar. Loyihalar belgilangan mezonlar asosida baholanib, ularning yangiligi, amaliy ahamiyati va istiqbollari e’tiborga olindi.
Mazkur tanlov yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish, istiqbolli loyihalarni aniqlash hamda ularni kelgusida qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tanlov ishtirokchilariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat va yangi innovatsion yutuqlar tilaymiz!
bizni kuzating: Innovation Fergana
















