TGViewer
Channel Public Channel
StartupBase

StartupBase

@startupbaseuz

This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors.

Introduce your startup to the world and find investors and partners.

Website: https://startupbase.uz/en
Subscribers
6.44K
Photos
7.6K
Videos
577
Links
3.2K

Showing posts older than #8627 · Back to latest

Older Posts 19 shown
Post #8625 3.8K
🏫 Founder Institute bilan yangi imkoniyatga tayyormisiz?

IT Park Uzbekistan Founder Institute bilan hamkorlikda dastur ishga tushirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

AzizAI asoschisi videoda Founder Institute dasturidagi tajribasi va uning startap rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida so‘zlab beradi.

🙋🏻‍♀️ Siz ham xalqaro mentorlar bilan ishlash, biznes modelingizni takomillashtirish va startapingizni investitsiyaga tayyorlashni istaysizmi?

👉 Dasturda qatnashishga qiziqsangiz, quyidagi so‘rovnomada «Ariza topshirishga tayyorman» javobini bosing.

Shuningdek, tadbirkorlik salohiyatingizni dunyo standartlari asosida taskillangan🧬 Entrepreneur DNA testidan o'tib tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 8
  • 🎉 5
  • 😍 3
Post #8623 1.57K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 4
  • 🎉 2
  • 👍 1
  • 😍 1
Post #8622 1.54K
❗️ Arizalar qabuli yakunlanishiga 2 kun qoldi!

🇩🇪 Yevropa bozoriga chiqishga tayyormisiz?

Digital Uzbekistan: Tech Mission Germany 2026 dasturiga ariza topshirish uchun atigi 2 kun qoldi.

15–18-sentabr kunlari saralangan kompaniyalar Germaniyaning 3ta shahrida o‘tkaziladigan 4ta texnologik tadbirda o‘z yechimlarini namoyish etadi.

Dastur ishtirokchilari:
🎤 200 dan ortiq korporatsiya, investor, venchur fondi va innovatsiya yetakchilari oldida o‘z yechimini taqdim etadi;
🤝 potensial mijozlar va strategik hamkorlar bilan maqsadli B2B uchrashuvlarda qatnashadi;
💼 Yevropa texnologik ekotizimining yetakchi vakillari bilan yangi aloqalar o‘rnatadi;
🌐 Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqish uchun hamkorlik imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
🟩 Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqishga tayyor kompaniyalar;
🟩 validatsiyadan o‘tgan mahsulot va xalqaro o‘sish rejasiga ega startaplar;
🟩 Yevropadan mijozlar va autsorsing imkoniyatlarini izlayotgan xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar;
🟩dastur davomida faol ishtirok etishga tayyor jamoalar;
🟩 GTM-strategiya va tegishli tilda tayyorlangan marketing rejasiga ega kompaniyalar.


📍 Berlin, Visbaden va Frankfurt
🗓 2026-yil 15–18-sentabr

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 6-avgust
🔗 Ro‘yxatdan o‘ting

🚀 Yevropaga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🤩 4
  • 🔥 2
  • 😍 1
Post #8621 4.33K
🎙 Bellissimo’dagi oddiy muammo qanday qilib xalqaro startapga aylandi?

“The Founders”ning yangi sonida Smartcast jamoasi Bellissimo Pizza bilan yaratilgan ilk MVPdan $200,000 investitsiya va xalqaro bozorlarga chiqishgacha bo‘lgan yo‘lini ochib beradi.

Investorlarni nima ishontirdi?
AI reklama bozorini qanday o‘zgartirmoqda?
Founderlarning eng katta xatosi nimada?

Bugun 5,000 ekranni boshqarayotgan IT Park Ventures portfel startapining hikoyasini to‘liq podkastda bilib oling.

▶️ To‘liq suhbatni tomosha qiling

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 7
  • 🤩 2
  • 😍 2
Post #8619 1.32K

Forwarded from President Tech Award

🥇 Incubation Program va Acceleration Program — arizalar qabuli yakunlanishiga 7 kun qoldi

❗️President Tech Award doirasidagi Incubation Program va Acceleration Program uchun arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 7 kun qoldi.

Dasturlardan qaysi biri siz uchun?


🔹 Incubation Program:
MVP yoki dastlabki prototipga ega bo‘lgan early-stage startup jamoalari uchun.
🏆 Eng yaxshi 25 ta startup $40,000 grant sohibiga aylanadi.


🔹 Acceleration Program:
Bozorda ilk natijalarga erishgan, traction'ga ega va tezroq o‘sishni maqsad qilgan startup jamoalari uchun.
🏆 Eng yaxshi 15 ta startup $100,000 investitsiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🗓 Arizalar qabuli 10-avgust kuni yakunlanadi.

🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — startupingiz uchun mos dasturga awards.gov.uz orqali ariza topshiring.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 😍 4
  • 🤩 2
  • 🔥 1
Post #8617 3.17K
📌 Avgust imkoniyatlari: dasturlar dayjesti

Avgust oyida startupingizni rivojlantirish, xalqaro bozorga chiqish yoki investitsiya jalb qilish uchun bir qator dastur va tanlovlarga ariza topshirishingiz mumkin.

👇Muddatlarni o'tkazib yubormaslik uchun saqlab qo'ying

🟩 Market Entry Program
Qirg'iziston va Tojikiston

Deadline: 3-Avgust

🟩 Digital Uzbekistan. Germaniya
Deadline: 3-Avgust

🟩 LEAP 2026
Deadline: 7-Avgust

🟩 Tokyo Financial Award
Deadline: 14-Avgust

🟩President Tech Award
Incubatsiya va Akseleratsiya

Deadline: 10-Avgust

🟩HICOOL 2026
Deadline: 10-Avgust

🟩 President AI Award
Deadline: 15-Avgust

🟩 Digital Startup Scale Up
Deadline: 24-Avgust

🟩 AWS Community Day
Deadline: 25-Avgust

🟩 Startup Alley
Deadline: 25-Avgust

🟩 President Tech Award
Best Startup Project

Deadline: 30-Avgust

🟩Startup World Cup
Deadline: 31-Avgust

🚀 Avgustni imkoniyatlarga boy o'tkazing!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 9
  • 🤩 2
  • 😍 1
Post #8616 1.53K
🛠 #ToolOfTheWeek: PostHog

Foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tmoqda, ammo mahsulotingizga qaytmayaptimi?

CustDev foydalanuvchilar nima deyayotganini ko‘rsatadi. PostHog esa ular mahsulot ichida qanday harakat qilayotganini tushunishga yordam beradi.

🦔 PostHog — foydalanuvchilarning mahsulotingiz bilan qanday ishlayotganini tahlil qilish, muammoli bosqichlarni aniqlash va o‘zgarishlarni sinash uchun platforma.

PostHog founderga qanday yordam beradi?

◾️ foydalanuvchilar qaysi bosqichda mahsulotni tark etayotganini aniqlash;
◾️ qaysi funksiyalar ko‘proq yoki kamroq ishlatilishini ko‘rish;
◾️ sessiya yozuvlari orqali foydalanuvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni tushunish;
◾️ so‘rovlar va A/B-testlar yordamida yangi yechimlarni tekshirish.


✨ PostHog’ning asosiy ustunligi — analitika, sessiya yozuvlari, so‘rovlar va testlarni bitta platformada birlashtirishi. Bu, ayniqsa, PMF izlayotgan jamoalar uchun foydali.

👌 Startaingiz uchun ekspertlar fikrini olish uchun 5-avgust kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan Startup Advice sessiyasiga qo‘shiling.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🎉 3
  • 🔥 1
  • 😍 1
Post #8615 1.41K

Forwarded from IT Park Uzbekistan

🇺🇿 🇺🇿 Bugun O‘zbekistonda ayol-qizlar uchun IT va startaplarda imkoniyatlar har qachongidan keng

TopCoach asoschisi Orzugul G'oyibova IT Park Uzbekistan grantlari, akseleratsiya dasturlari va boshqa mexanizmlar xalqaro miqyosdagi ayol startap asoschilari yetishib chiqishiga xizmat qilishini ta'kidladi.

Ayol-qizlarni stereotiplardan voz kechib, bor imkoniyatlardan foydalanish va innovatsion loyihalar yaratishga chaqirdi.

—

🇺🇿 🇺🇿More Opportunities Than Ever for Women in Uzbekistan’s IT and Startups

According to Orzugul Goyibova, founder of TopCoach, IT Park Uzbekistan’s grants, acceleration programs, and other support mechanisms will help foster a new generation of women startup founders capable of succeeding on the global stage.

She encouraged women and girls to challenge stereotypes, seize the opportunities available to them, and create innovative projects.

#Mustaqillik35 #Uzb35

🌠 Independent Fact

2019-yil 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini (IT Park) tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Ushbu qaror respublikaning zamonaviy texnologiyalar va startaplar ekotizimiga institutsional poydevor qo‘ydi.

On January 10, 2019, the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan adopted the resolution officially establishing the Technological Park of Software Products and Information Technologies (IT Park), laying the institutional foundation for the republic's modern tech and startup ecosystem.


Telegram
| Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
  • 🔥 2
  • 🙏 1
  • 😍 1
Post #8614 4.87K
⚡️ 500 Global akseleratoriga qo‘shilish imkoniyatingiz

500 Global Eurasia Accelerator Batch 11 uchun arizalar qabulini davom ettirmoqda.

🔎 Bu — Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropadagi istiqbolli texnologik startaplar uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng nufuzli akselerator dasturlaridan biri.

Dastur kimlar uchun?

🟩dastlabki daromadga ega startaplar;
🟩 ishlaydigan MVP yoki funksional prototipga ega jamoalar;
🟩 global bozorga chiqish salohiyatiga ega mahsulotlar;
🟩 kuchli va turli kompetensiyalarga ega asoschilar jamoasi;
🟩 venchur investitsiyalarni jalb qilish salohiyatiga ega loyihalar.

Dastur 12 hafta davom etadi va Tbilisidagi oflayn bosqichlar hamda onlayn mentorlik sessiyalarini o‘z ichiga oladi.

👍 Agar siz dasturga muvaffaqiyatli qabul qilinib, uni tamomlasangiz, “Raqamli Startaplar Dasturi” doirasida aviachiptalar va yashash xarajatlarining 50% gacha bo‘lgan qismini qoplash imkoniyati mavjud.

Ariza topshirishga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun IT Park jamoasi va uning xalqaro hamkorlaridan mentorlik yordamini olish maqsadida biz bilan bog‘laning.


👉 Dastur haqida batafsil

🗓Priority Deadline — 2-avgust
Batch 11 dasturi 21-sentyabr kuni boshlanadi.

🚀 Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang!

@startupbaseuz

LinkedIn
| Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 5
  • 🎉 4
  • 😍 3
  • 👍 1
Post #8613 1.69K
🤦‍♂️ Startup Fails #2: Musical.ly

Muvaffaqiyatsiz g‘oyadan milliard dollarlik startap qilish mumkinmi?

Asos solingan: 2014
Yopilgan: 2018
Jalb qilingan investitsiya: $150.4 mln
Sotib olish qiymati: $800 mln-$1 mlrd

👤 Asoschilar
Aleks Ju va Luyu Yang muvaffaqiyatsizlikka uchragan ta’lim ilovasidan pivot qilib, Musical.ly’ni yaratdi. Seed investitsiyasining 10% dan ham kam qismi qolgan bir paytda ular ilovaning ilk versiyasini atigi 30 kun ichida ishlab chiqdi.

📲 G‘oya

Bu foydalanuvchilar 15-60 soniyalik lip-sync videolar yaratadigan qisqa video platformasi edi.

2016-yilga kelib Musical.ly 130 million foydalanuvchi va 40 million oylik faol auditoriyaga ega edi va dunyodagi eng tez o‘sayotgan ijtimoiy tarmoqlardan biriga aylandi.

Nega tugatildi?

• 2017-yilda ByteDance Musical.ly’ni $800 mln-$1 mlrd evaziga sotib oldi.
• Ikki deyarli bir xil ilovani alohida rivojlantirish o‘rniga, ByteDance Musical.ly’ni TikTok bilan birlashtirdi.
• Musical.ly’ning foydalanuvchilari, kontent yaratuvchilari va funksiyalari TikTok’ka o‘tkazildi.

Keyinchalik aynan TikTok dunyodagi eng yirik qisqa video platformasiga aylandi.


🎯 Startap sabog‘i
Birinchi g‘oyangizga haddan tashqari bog‘lanib qolmang
. Musical.ly asoschilari avvaliga muvaffaqiyatsiz ta’lim ilovasidan voz kechib, yangi yo‘nalishni tanladi.

Ba’zida eng katta muvaffaqiyat qachon pivot qilish kerakligini bilishdan boshlanadi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 8
  • 🙏 2
  • 🤩 1
Post #8612 10.1K
🚀 Startapingizni Markaziy Osiyoning eng yirik IT-tadbirida namoyish etmoqchimisiz?

ICT Week Uzbekistan 2026 doirasidagi maxsus startaplar hududi — Startup Alley uchun arizalar qabuli boshlandi.

22–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda 10 ta startup bepul stendga ega bo‘ladi:

Startup Alley ishtirokchilari:
🟢 ko‘rgazmaning barcha to‘rt kuni uchun bepul stend;
🟢 Demo Day’da investorlar va hamkorlar oldida chiqish imkoniyati;
🟢 ishtirokchilar katalogida startup sahifasiga ega bo‘ladi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

✔️ O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;
✔️ ishlaydigan mahsulotga ega;
✔️ new.startupbase.uz platformasidagi profilini 100% to‘ldirgan startaplar.

🔹 5 ta o‘rin — eksport natijalariga ega startaplar uchun;
🔹 5 ta o‘rin — xorijiy bozorlarga chiqishga tayyor startaplar uchun.

4 kun davomida mahsulotingizni investorlar, yirik kompaniyalar va xalqaro hamkorlarga namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.


🗓 Arizalar qabuli: 1–25-avgust

🔗 Ariza topshirish

Startapingizni ICT Week Uzbekistan 2026’da namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 5
  • 🙏 1
  • 😍 1
Post #8611 1.5K

Forwarded from President Tech Award

🥇 President Tech Award’dan yangi hamkorlik va o‘sish sari

2025-yilda Robosell “Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi.

Bugungi kunda Robosell platformasidan 800+ biznes foydalanmoqda. Kompaniya, shuningdek, Click Super App’da bizneslar uchun mo‘ljallangan ilk mini-ilovani ishga tushirdi.

“President Tech Award biz uchun yangi hamkorliklar, faoliyatni kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini ochdi”,
— Shokhrukh Khaytimov, Robosell CMO’si va hammuassisi


👉 awards.gov.uz orqali ariza topshiring va startapingiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini oching!

📲 Tanlov yangiliklarini rasmiy Telegram-kanalida kuzatib boring.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 4
  • 🙏 1
  • 👌 1
  • 😍 1
Post #8610 1.3K

Forwarded from President AI Award

🧠 President AI Award 2026: arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi!

Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun tanlovda ishtirok etishga yana bir imkoniyat.

ℹ️ President AI Award — umumiy mukofot jamg‘armasi $1,000,000 bo‘lgan, mamlakatdagi eng istiqbolli AI loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan milliy tanlov.

Ishtirok etish uchun:
🔸 3–8 kishidan iborat jamoa;
🔸 ishlayotgan MVP;
🔸 loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch;
🔸 GitHub repositoriysiga havola;
🔸 PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi talab etiladi.

❗️Barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak.

🗓 Arizalar qabuli: 15-avgustgacha

Loyihangiz bor bo‘lsa, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

👉 Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 5
  • 😍 2
  • 🎉 1
  • 👌 1
Post #8609 4.25K
🇨🇳 Pekin chorlamoqda: HICOOL 2026 uchun O‘zbekiston startap delegatsiyasiga qo‘shiling

Xitoy bozoriga chiqish va xalqaro investorlar bilan aloqa o‘rnatishni istaysizmi?

🔼 IT Park Uzbekistan startaplar, investorlar va innovatsiya yetakchilarini birlashtiruvchi HICOOL 2026 Global Entrepreneur Summit uchun milliy startap delegatsiyasini shakllantirmoqda.

Saralangan startaplar:
🔹 O‘zbekiston milliy pavilyonida o‘z stendiga ega bo‘ladi;
🔹 sammit forumlarida pitch qilish imkoni;
🔹 ochilish marosimi va HICOOL 2026 taqdirlash marosimida qatnashadi;
🔹Pekin bo'yicha tur.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

✔️ Xitoy va Osiyo bozorlariga chiqishni rejalashtirayotgan IT Park rezident startaplari;
✔️ AI va robototexnika, dasturiy ta’minot va IT, IoT va aqlli shaharlar, chiplar va kvant texnologiyalari, FinTech, BioTech, MedTech yoki AgriTech yo‘nalishidagi startaplar;
✔️ mahsulotining ingliz tilidagi versiyasiga ega, jonli demo namoyish etishga tayyor hamda founder yoki C-level rahbar tomonidan taqdim etiladigan kompaniyalar.

🔎 HICOOL 2026 doirasidagi 70 dan ortiq tadbirda 50 ta mamlakatdan 600 ta eksponent, 1,000 dan ortiq investor, 300 ta yetakchi kompaniya va 50,000 dan ortiq tadbirkor ishtirok etadi.


ℹ️Safar va yashash xarajatlari ishtirokchi kompaniyalar tomonidan qoplanadi.

📍 Pekin, Xitoy
🗓 2026-yil 26–29-avgust
⏲️ Arizalar 10-avgustgacha qabul qilinadi

Startapingizni Xitoyning yetakchi innovatsion platformalaridan biriga olib chiqing.

🔗 Ro‘yxatdan o‘ting

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 6
  • 😍 2
  • 🤩 1
Post #8608 2.42K
🇸🇦 Startapingiz bilan Riyoddagi LEAP 2026’da ishtirok eting

Saudiya bozoriga chiqib, global investorlar bilan aloqa o‘rnatishga tayyormisiz?

31-avgustdan 3-sentabrgacha O‘zbekistondan saralangan kompaniyalar MENA mintaqasidagi eng yirik texnologik tadbirlardan biri — LEAP 2026’da mamlakatimizni namoyish etadi.

❗️ IT Park’ning Saudiya Arabistonidagi vakolatxonasi ko‘magida ishtirokchilar maqsadli biznes uchrashuvlarda qatnashib, Digital Uzbekistan tadbirida mahsulotlarini potensial mijozlarga namoyish etadi.

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
🔹 alohida ko‘rgazma stendi;
🔹 sammitda bepul ishtirok etish;
🔹 media va marketing ko‘magi;
🔹 maxsus networking va biznes uchrashuvlar;
🔹 tashrif davomida IT Park’ning Riyoddagi vakolatxonasi ko‘magi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin? (6 ta joy mavjud)

🔹 mahsulotini jonli namoyish etishga tayyor startaplar;
🔹 ingliz tilidagi mahsulot interfeysiga ega kompaniyalar;
🔹 xalqaro bozorlarga chiqishni maqsad qilgan jamoalar;
🔹 tadbirda ishtirok etishga tayyor founderlar yoki C-level rahbarlar;
🔹 tayyor Go-to-Market strategiyasiga ega jamoalar.

Arab tilidagi interfeys, mavjud savdo natijalari, xalqaro mijozlar va tayyor promo materiallar ustunlik beradi.


📍 Riyod, Saudiya Arabistoni
🗓 2026-yil 31-avgust – 3-sentabr

🔗 Ishtirok etish

Saudiya Arabistonidagi investorlar, hamkorlar va potensial mijozlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 4
  • 😍 2
  • 👍 1
  • 🙏 1
Post #8607 1.16K

Forwarded from Sherzod Shermatov

Yaxshi xabar: Qoraqalpog‘istonlik Beknazarning yangi Startapi Y Combinatorda namoyish qilindi: https://www.linkedin.com/posts/y-combinator_speko-is-a-router-for-voice-models-one-api-activity-7488310498296348685-h9xA

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida hurmatli Prezidentimiz yangi IT Park binosida Beknazar Abdikamalovning METAning Osiyodagi birinchi investitsiyasi sifatida Forbes jurnalida yoritilgan Startapi haqida eshitib, unga kelgusi faoliyatida omad tilagan edilar.

Mana, ko‘z tegmasin, Beknazar o‘zining Sun’iy Intellekt asosidagi yangi startapini Y Combinatorga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Uning kelgusi faoliyatiga yangi zafarlar tilaymiz!

Siz ham Beknazar kabi dunyo bozoriga chiqadigan startap ustida ishlang! Katta bozordan daromad olish, back office va ishchi o’rinlarni esa O‘zbekistondan qilish kerak.

Startupbase.uz orqali startapingizni ro‘yxatdan o‘tkazing va qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalaning!
  • 😍 11
  • 🔥 6
  • 🙏 2
Post #8606 1.45K
#StartupMythBusters

❌ Mif: Funksiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, mahsulot shuncha yaxshi.

✅ Aslida: Foydalanuvchilar uchun funksiyalar soni emas, muammoni tez va oson hal qilish muhim.

Buni Snapchat va Payme misolida ko‘rib chiqamiz.

💡 Snapchat paydo bo‘lganida, ko‘pchilik uni juda sodda deb hisoblagan. Ilovada boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar lentasi, o‘yinlar, guruhlar va ko‘plab sozlamalar yo‘q edi.

Jamoa ortiqcha funksiyalardan ongli ravishda voz kechib, bitta imkoniyatga — o‘z-o‘zidan o‘chib ketadigan xabarlarni tezkor almashishga e’tibor qaratdi.

📈 Aynan shu soddalik Snapchat’ga millionlab foydalanuvchilarni jalb qilish va yangi muloqot formatini yaratishga yordam berdi.

💳 Payme ham shunga o‘xshash yondashuvni tanladi. Dastlab servis barcha moliyaviy xizmatlarni bitta ilovada birlashtirishga urinmadi.

Avval jamoa eng talabgir yo‘nalishlar — xizmatlar uchun to‘lov va pul o‘tkazmalariga e’tibor qaratdi. Yangi imkoniyatlar foydalanuvchilar ehtiyojiga qarab bosqichma-bosqich qo‘shildi.

🟢 Bugungi kunda Payme — O‘zbekistondagi eng ommabop FinTech servislaridan biri.


🔝 Eng yaxshi mahsulotlar funksiyalar soni bilan emas, ulardan foydalanish qanchalik osonligi bilan ajralib turadi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 5
  • 🙏 1
  • 😍 1
Post #8605 1.92K
🔴 O‘zbekiston — dunyodagi eng tez o‘sayotgan startup ekotizimi

Dealroom Half-Time Report 2026 taqdimoti ayni damda bo‘lib o‘tmoqda.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston startup ekotizimi yilma-yil 544,5% o‘sish bilan dunyoda 1-o‘rinni egalladi.

📊 Taqdimotni jonli efirda kuzating

ℹ️ To'liq taqdimot

Keyingi o‘rinlarda Avstriya, Gana, Pokiston va Xitoy qayd etildi.

Batafsil natijalarni tez orada ulashamiz.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 13
  • 🤩 5
  • 🙏 3
  • 😍 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →