🇩🇪 Yevropa bozoriga chiqishga tayyormisiz?
Digital Uzbekistan: Tech Mission Germany 2026 dasturiga ariza topshirish uchun atigi 2 kun qoldi.
15–18-sentabr kunlari saralangan kompaniyalar Germaniyaning 3ta shahrida o‘tkaziladigan 4ta texnologik tadbirda o‘z yechimlarini namoyish etadi.
Dastur ishtirokchilari:
🎤 200 dan ortiq korporatsiya, investor, venchur fondi va innovatsiya yetakchilari oldida o‘z yechimini taqdim etadi;
🤝 potensial mijozlar va strategik hamkorlar bilan maqsadli B2B uchrashuvlarda qatnashadi;
💼 Yevropa texnologik ekotizimining yetakchi vakillari bilan yangi aloqalar o‘rnatadi;
🌐 Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqish uchun hamkorlik imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
🟩 Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqishga tayyor kompaniyalar;
🟩 validatsiyadan o‘tgan mahsulot va xalqaro o‘sish rejasiga ega startaplar;
🟩 Yevropadan mijozlar va autsorsing imkoniyatlarini izlayotgan xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar;
🟩dastur davomida faol ishtirok etishga tayyor jamoalar;
🟩 GTM-strategiya va tegishli tilda tayyorlangan marketing rejasiga ega kompaniyalar.
📍 Berlin, Visbaden va Frankfurt
🗓 2026-yil 15–18-sentabr
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 6-avgust
🔗 Ro‘yxatdan o‘ting
🚀 Yevropaga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
