👉 IT Park Uzbekistan Tumar Innovation Hub va Astana Hub bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo startaplari uchun Dubayda o‘tkaziladigan Digital Startups Scale Up xalqaro akseleratsiya dasturining ikkinchi oqimini ishga tushirmoqda.
Dastur davomida ishtirokchilar:
🔹 mahsulotini xalqaro bozorga moslashtiradi va sinovdan o‘tkazadi;
🔹 tajribali mentorlar va soha ekspertlaridan bilim oladi;
🔹 investorlar, korporativ hamkorlar va potensial mijozlar bilan uchrashadi;
🔹 biznesni rivojlantirish va yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oladi.
Ishtirok etish talablari:
🟩 Pre-seed yoki undan yuqori bosqichdagi startap bo‘lishi;
🟩 SAFE shartnomasi tuzish imkonini beruvchi yuridik shaxsga ega bo‘lishi;
🟩 Mahsulotning BAA (UAE) bozori ehtiyojlariga mos kelishi;
🟩 Dasturda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplay olish;
🟩 Ingliz tilini erkin bilish;
🟩 Astana Hub yoki IT Park Uzbekistan rezidenti bo‘lish.
🗓 Dastur jadvali:
5-sentabr — onlayn tayyorgarlik bosqichining boshlanishi;
5-oktabr — Dubaydagi oflayn bosqichning boshlanishi;
5-dekabr — Demo Day
✅ Arizalar qabuli: 24-avgustgacha
🔗 Ro'yxatdan o'tish
🚀 Barcha ishtirokchilarga global bozorda katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
