Foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tmoqda, ammo mahsulotingizga qaytmayaptimi?
CustDev foydalanuvchilar nima deyayotganini ko‘rsatadi. PostHog esa ular mahsulot ichida qanday harakat qilayotganini tushunishga yordam beradi.
🦔 PostHog — foydalanuvchilarning mahsulotingiz bilan qanday ishlayotganini tahlil qilish, muammoli bosqichlarni aniqlash va o‘zgarishlarni sinash uchun platforma.
PostHog founderga qanday yordam beradi?
◾️ foydalanuvchilar qaysi bosqichda mahsulotni tark etayotganini aniqlash;
◾️ qaysi funksiyalar ko‘proq yoki kamroq ishlatilishini ko‘rish;
◾️ sessiya yozuvlari orqali foydalanuvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni tushunish;
◾️ so‘rovlar va A/B-testlar yordamida yangi yechimlarni tekshirish.
✨ PostHog’ning asosiy ustunligi — analitika, sessiya yozuvlari, so‘rovlar va testlarni bitta platformada birlashtirishi. Bu, ayniqsa, PMF izlayotgan jamoalar uchun foydali.
👌 Startaingiz uchun ekspertlar fikrini olish uchun 5-avgust kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan Startup Advice sessiyasiga qo‘shiling.
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
