ICT Week Uzbekistan 2026 doirasidagi maxsus startaplar hududi — Startup Alley uchun arizalar qabuli boshlandi.
22–25-sentabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda 10 ta startup bepul stendga ega bo‘ladi:
Startup Alley ishtirokchilari:
🟢 ko‘rgazmaning barcha to‘rt kuni uchun bepul stend;
🟢 Demo Day’da investorlar va hamkorlar oldida chiqish imkoniyati;
🟢 ishtirokchilar katalogida startup sahifasiga ega bo‘ladi.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
✔️ O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;
✔️ ishlaydigan mahsulotga ega;
✔️ new.startupbase.uz platformasidagi profilini 100% to‘ldirgan startaplar.
🔹 5 ta o‘rin — eksport natijalariga ega startaplar uchun;
🔹 5 ta o‘rin — xorijiy bozorlarga chiqishga tayyor startaplar uchun.
4 kun davomida mahsulotingizni investorlar, yirik kompaniyalar va xalqaro hamkorlarga namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
🗓 Arizalar qabuli: 1–25-avgust
🔗 Ariza topshirish
Startapingizni ICT Week Uzbekistan 2026’da namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
