TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.44K subscribers
Post #8608 2.42K
🇸🇦 Startapingiz bilan Riyoddagi LEAP 2026’da ishtirok eting

Saudiya bozoriga chiqib, global investorlar bilan aloqa o‘rnatishga tayyormisiz?

31-avgustdan 3-sentabrgacha O‘zbekistondan saralangan kompaniyalar MENA mintaqasidagi eng yirik texnologik tadbirlardan biri — LEAP 2026’da mamlakatimizni namoyish etadi.

❗️ IT Park’ning Saudiya Arabistonidagi vakolatxonasi ko‘magida ishtirokchilar maqsadli biznes uchrashuvlarda qatnashib, Digital Uzbekistan tadbirida mahsulotlarini potensial mijozlarga namoyish etadi.

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
🔹 alohida ko‘rgazma stendi;
🔹 sammitda bepul ishtirok etish;
🔹 media va marketing ko‘magi;
🔹 maxsus networking va biznes uchrashuvlar;
🔹 tashrif davomida IT Park’ning Riyoddagi vakolatxonasi ko‘magi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin? (6 ta joy mavjud)

🔹 mahsulotini jonli namoyish etishga tayyor startaplar;
🔹 ingliz tilidagi mahsulot interfeysiga ega kompaniyalar;
🔹 xalqaro bozorlarga chiqishni maqsad qilgan jamoalar;
🔹 tadbirda ishtirok etishga tayyor founderlar yoki C-level rahbarlar;
🔹 tayyor Go-to-Market strategiyasiga ega jamoalar.

Arab tilidagi interfeys, mavjud savdo natijalari, xalqaro mijozlar va tayyor promo materiallar ustunlik beradi.


📍 Riyod, Saudiya Arabistoni
🗓 2026-yil 31-avgust – 3-sentabr

🔗 Ishtirok etish

Saudiya Arabistonidagi investorlar, hamkorlar va potensial mijozlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 4
  • 😍 2
  • 👍 1
  • 🙏 1
More from @startupbaseuz
  1. Oct 12, 2026⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Customer Validation yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshla…
  2. Oct 12, 2026⚡️ President Tech Award 2026: “Best Startup Project” yo‘nalishi bo‘yicha muhim yangilik! �…
  3. Oct 12, 2026🇺🇿 O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha 185 davlat orasida mutlaq chempion bo‘ldi! 7–10-ok…
  4. Oct 12, 2026🇺🇸 Markaziy Osiyo startap hamjamiyati San-Fransiskoda uchrashadi! 🟢 IT Park Uzbekistan…
  5. Oct 12, 2026Post #9233
  6. Oct 11, 2026⚡️ Startapingizni uchun noyob imkoniyat: bootcamp intensiv dasturi boshlanmoqda! Mijoz, ma…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →