TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.45K subscribers
Post #8613 1.69K
🤦‍♂️ Startup Fails #2: Musical.ly

Muvaffaqiyatsiz g‘oyadan milliard dollarlik startap qilish mumkinmi?

Asos solingan: 2014
Yopilgan: 2018
Jalb qilingan investitsiya: $150.4 mln
Sotib olish qiymati: $800 mln-$1 mlrd

👤 Asoschilar
Aleks Ju va Luyu Yang muvaffaqiyatsizlikka uchragan ta’lim ilovasidan pivot qilib, Musical.ly’ni yaratdi. Seed investitsiyasining 10% dan ham kam qismi qolgan bir paytda ular ilovaning ilk versiyasini atigi 30 kun ichida ishlab chiqdi.

📲 G‘oya

Bu foydalanuvchilar 15-60 soniyalik lip-sync videolar yaratadigan qisqa video platformasi edi.

2016-yilga kelib Musical.ly 130 million foydalanuvchi va 40 million oylik faol auditoriyaga ega edi va dunyodagi eng tez o‘sayotgan ijtimoiy tarmoqlardan biriga aylandi.

Nega tugatildi?

• 2017-yilda ByteDance Musical.ly’ni $800 mln-$1 mlrd evaziga sotib oldi.
• Ikki deyarli bir xil ilovani alohida rivojlantirish o‘rniga, ByteDance Musical.ly’ni TikTok bilan birlashtirdi.
• Musical.ly’ning foydalanuvchilari, kontent yaratuvchilari va funksiyalari TikTok’ka o‘tkazildi.

Keyinchalik aynan TikTok dunyodagi eng yirik qisqa video platformasiga aylandi.


🎯 Startap sabog‘i
Birinchi g‘oyangizga haddan tashqari bog‘lanib qolmang
. Musical.ly asoschilari avvaliga muvaffaqiyatsiz ta’lim ilovasidan voz kechib, yangi yo‘nalishni tanladi.

Ba’zida eng katta muvaffaqiyat qachon pivot qilish kerakligini bilishdan boshlanadi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 8
  • 🙏 2
  • 🤩 1
More from @startupbaseuz
  1. Oct 12, 2026⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Customer Validation yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshla…
  2. Oct 12, 2026⚡️ President Tech Award 2026: “Best Startup Project” yo‘nalishi bo‘yicha muhim yangilik! �…
  3. Oct 12, 2026🇺🇿 O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha 185 davlat orasida mutlaq chempion bo‘ldi! 7–10-ok…
  4. Oct 12, 2026🇺🇸 Markaziy Osiyo startap hamjamiyati San-Fransiskoda uchrashadi! 🟢 IT Park Uzbekistan…
  5. Oct 12, 2026Post #9233
  6. Oct 11, 2026⚡️ Startapingizni uchun noyob imkoniyat: bootcamp intensiv dasturi boshlanmoqda! Mijoz, ma…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →