Xitoy bozoriga chiqish va xalqaro investorlar bilan aloqa o‘rnatishni istaysizmi?
🔼 IT Park Uzbekistan startaplar, investorlar va innovatsiya yetakchilarini birlashtiruvchi HICOOL 2026 Global Entrepreneur Summit uchun milliy startap delegatsiyasini shakllantirmoqda.
Saralangan startaplar:
🔹 O‘zbekiston milliy pavilyonida o‘z stendiga ega bo‘ladi;
🔹 sammit forumlarida pitch qilish imkoni;
🔹 ochilish marosimi va HICOOL 2026 taqdirlash marosimida qatnashadi;
🔹Pekin bo'yicha tur.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
✔️ Xitoy va Osiyo bozorlariga chiqishni rejalashtirayotgan IT Park rezident startaplari;
✔️ AI va robototexnika, dasturiy ta’minot va IT, IoT va aqlli shaharlar, chiplar va kvant texnologiyalari, FinTech, BioTech, MedTech yoki AgriTech yo‘nalishidagi startaplar;
✔️ mahsulotining ingliz tilidagi versiyasiga ega, jonli demo namoyish etishga tayyor hamda founder yoki C-level rahbar tomonidan taqdim etiladigan kompaniyalar.
🔎 HICOOL 2026 doirasidagi 70 dan ortiq tadbirda 50 ta mamlakatdan 600 ta eksponent, 1,000 dan ortiq investor, 300 ta yetakchi kompaniya va 50,000 dan ortiq tadbirkor ishtirok etadi.
ℹ️Safar va yashash xarajatlari ishtirokchi kompaniyalar tomonidan qoplanadi.
📍 Pekin, Xitoy
🗓 2026-yil 26–29-avgust
⏲️ Arizalar 10-avgustgacha qabul qilinadi
Startapingizni Xitoyning yetakchi innovatsion platformalaridan biriga olib chiqing.
🔗 Ro‘yxatdan o‘ting
@startupbaseuz
LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
