TGViewer
Channel Public Channel
Sardor Berdiyev | IT & Magic

Sardor Berdiyev | IT & Magic

@s_berdiyev

IT va boshqa g‘ayri oddiy narsalar haqida

CEO at: @commeta_sharh, @hissauz, @MetsenatUz

Yurakdagi PR: @prxona
Subscribers
402
Photos
218
Videos
15
Links
121
Recent Posts 20 shown
Post #403 196
Junior PM'lar va startup quruvchilar uchun qisqa so'rovnoma 👇

Men Xushnid, Payme jamoasida Product Owner sifatida ishlayman.

Projekt menedjerlar va startap asoschilari ishda qanday qiyinchiliklarga duch kelishini oʻrganyapman. Bu bozor tadqiqoti: reklama yubormaymiz, javoblaringiz faqat umumiy tahlil uchun ishlatiladi.

5 daqiqa vaqt ajratib tayyorlagan 10ta savolimga javob bersangiz, hursand bo'lardim

👉 https://forms.gle/gBUS23pKbB8nqfyUA

So'rovnomadan keyin loyha boshqaruvi, product menejment haqida savollaringiz bo'lsa bitta choy ustida savollaringizga javob beraman. Rahmat!
Google Docs PM va Startuper'lar uchun maxsus so'rovnoma Assalomu alaykum! Men Xushnud, Payme+ mahsulot menejeriman. PM'lar va startup quruvchilar ishda qanday real muammolarga duch kelishini o'rganyapman. Bu sotuv emas, faqat tahlil uchun o'tkazilyapti. Javoblaringiz uchun oldindan rahmat!
  • ⚡ 2
  • ❤ 2
  • 👍 1
Post #401 753

Forwarded from Paylov

Paylov: Biznes uchun 6 ta yechim

🔘 24 soat ichida integratsiya.
🔘 Oyliklarni kartaga o‘tkazish.
🔘 Universal QR-kod.

⚡️ Biznesingizni Paylov bilan tezlashtiring!

Instagram | Facebook | X | LinkedIn | Youtube
  • ❤ 4
  • 👍 1
  • 👌 1
Post #400 677
Agar AI yordamida PowerPoint taqdimoti tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, mana men ishlatayotgan oddiy layfxak.

Ko‘pchilik darrov PPT yaratishga harakat qiladi. Men esa jarayonni ikki bosqichga bo‘laman.

1️⃣ Avval Claude Design orqali taqdimotning tuzilmasi, uslubi va vizual konsepsiyasini yarataman.

2️⃣ Keyin tayyor PPT faylini PowerPoint'da ochib, ichidagi Claude yordamida slaydlarni takomillashtiraman.

Natija bitta prompt bilan yaratilgan taqdimotga qaraganda ancha sifatli chiqadi.

Hozircha men uchun eng samarali ish jarayoni:

Claude Design → PPT → PowerPoint ichidagi Claude.

Agar tez-tez taqdimot tayyorlasangiz, albatta sinab ko‘ring.

@s_berdiyev - 14ta "to do" va 15ta "in process" dagi zadachalar bilan band
  • 👍 6
  • 🤔 3
  • ✍ 2
  • 🤣 2
  • 🔥 1
Post #399 549
— Buncha byurokratsan-a!
— Man tili kuygan realistman...

@s_berdiyev - situatsion markazning tartibga soluvchi hujjatini yozmoqda
  • 🔥 4
  • 😱 4
  • 🐳 2
  • 💊 2
Post #398 572
StoryTelling post. Pls, sabr bilan o'qing.

O‘tgan oy faoliyatim davomida birinchi marta mijozga bergan va'damni bajara olmadim.

Vazifamiz IT kompaniyasini IT Park Uzbekistan rezidentlik maqomigacha olib borish edi.

Biznes-reja tayyorladim, uni bir necha bor qayta ishladim, muzokaralarda ishtirok etdim, jamoaga maslahat berdim va keyingi jarayonlarni yo‘lga qo‘yishda yordam berdim.

Lekin yakun bitta bo‘ldi. Kompaniya rezident bo‘la olmadi.

Istasam bunga turli sabablarni keltirishim mumkin. Talablar, jarayon yoki boshqa omillar haqida gapirishim mumkin.

Lekin mijozga sabablar emas, natija kerak edi.

Shuning uchun bir qarorga keldim: qolgan to‘lovni olmayman, olingan avansni qaytaraman va loyiha oxirigacha hech qanday haq olmasdan hamrohlik qilaman (boshqa narsa ham kompensatsiya qilolmayman ham o'zi).

Balki shu sababli bu holat menga juda og‘ir botgandir.

Chunki bu xato faoliyatimning boshida emas, balki 50 dan ortiq kompaniyaga rezidentlik olishda yordam berganim va 100 dan ortiq konsultatsiya o‘tkazganimdan keyin yuz berdi.

Bu voqea menga yana bir narsani eslatdi. Tajriba sizni xatolardan himoya qilmaydi.

Aksincha, ba'zan aynan tajriba odamni haddan tashqari ishonchli qilib qo‘yadi. Eng qimmat xatolar esa aynan o‘sha paytda sodir bo‘ladi.

@s_berdiyev - SSV'da
  • 👍 6
  • 🕊 2
  • 💔 2
  • 💊 2
  • 🔥 1
  • 🤝 1
Post #397 437
"edo.ijro.uz" ni ishlatishni o'rganyapman.

YouTube'dan darsliklar ko'rishni boshlayapman.

Tizim-ku oson, lekin sal qiyin ekan :)

@s_berdiyev - 2 ta bildirgi kiritib quyishi kerak bugun tizimdan
  • 🤔 2
  • 💊 2
Post #396 564
Hey! Claude AI 👀
  • 👀 7
  • 😁 3
Post #395 607
100 xil turdagi KPI ko'rsatkichisi ham noto'g'ri qarorni to'g'rilay olmaydi.

So'nggi yillarda juda ko'p chiroyli dashboardlarni ko'rdim.

Grafiklar, xaritalar, diagrammalar, KPI — hammasi zamonaviy va foydali ko'rinadi.

Lekin bitta muammo bor.

Agar rahbar dashboardni ko'rgandan keyin hozir aynan qanday qaror qabul qilishi kerakligini tushunmasa, unda bunday dashboardning foydasi juda kam.

Yaxshi dashboard kamida uchta savolga javob berishi kerak:

1) Nima sodir bo'ldi?
2) Nega sodir bo'ldi?
3) Keyingi qadam nima bo'lishi kerak?

Agar u faqat raqamlarni ko'rsatsa — bu oddiy hisobot. Agar u qaror qabul qilishga yordam bersa — mana shu haqiqiy boshqaruv vositasi.

Ma'lumotlarning o'zi hech narsani o'zgartirmaydi. Ma'lumotlar asosida qabul qilingan qarorlar o'zgarishlarga olib keladi.

@s_berdiyev - bugun birinchi marta rasmiy davlat ishchisi rolida "bildirgi" yozdi
  • 👍 7
  • 🔥 6
  • ❤ 5
  • 💩 2
  • 💊 2
Post #392 535
Startuplarda ham, davlat loyihalarida ham bitta qoida o'zgarmaydi.

Hujjatlar tartibli bo'lsa, loyiha ham tartibli bo'ladi.

@s_berdiyev - hammani quvib yuripti
  • 👍 8
  • 🔥 8
  • 💊 4
Post #391 605
1 taym uchun rahmat. Mundial uchun rahmat.

Keyingi "sprint"larda ko'rishguncha. Olg'a!

@s_berdiyev
  • ❤ 9
  • 👍 3
  • 🐳 1
Post #390 577
Sardor Berdiyev | IT & Magic Har 13 minutda deyarli bittadan o'rishimiz kerak (mi?) shunda...
AHAHAH +1 BOR 🙂
  • ❤ 5
  • 👍 4
  • 💊 1
Post #389 552
Har 13 minutda deyarli bittadan o'rishimiz kerak (mi?) shunda...
  • 👍 5
  • 🐳 4
  • 💊 1
Post #388 549
UzGeeks’damiz. Yaxshi loyiha. Foydali loyiha.

O‘tgan safar boshlovchi ham edim. Juda kuchli spikerlar kelgan. Endi birinchi spiker chiqyaptilar.

Agar yaqin atrofda bo‘lsangiz kirib o‘tishni tafsiya etaman.

Manzil: Amity university.

@s_berdiyev - issiqlayapti
  • 👍 5
  • ❤ 4
  • 💊 1
Post #387 3.11K
Sardor Berdiyev | IT & Magic Bitta kichik maslahat. Agar ilovangiz Huawei AppGallery'da yo‘q bo‘lsa, siz auditoriyaning bir qismini yo‘qotyapsiz. @s_berdiyev
Shunga o'xshash yana kichik eslatmalar:

1) MVP'ni mukammal qilishga urinmang. Uni tezroq foydalanuvchilarga bering;

2) Push notification'larni birinchi kundan o‘ylang;

3) Har bir ilovada feedback yuborish tugmasi bo‘lsin;

4) Foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tishga majburlamang. Imkon qadar tezroq qiymat ko‘rsating;

5) Har bir yangi funksiya uchun KPI belgilang;

6) Backup va monitoring bo‘lsin loyihada;

7) Ilovangizni faqat bitta til bilan cheklamang;

8) Release qilgandan keyin marketingni boshlamang. Marketing release'dan oldin boshlanadi.

Sizda ham shunga o'xshash maslahatlar bo'lsa izohlarda bo'lishing 😉

@s_berdiyev - ishi osonmas
  • 👍 6
  • 🔥 4
  • ❤ 3
  • 👻 2
Post #386 524
Bitta kichik maslahat.

Agar ilovangiz Huawei AppGallery'da yo‘q bo‘lsa, siz auditoriyaning bir qismini yo‘qotyapsiz.

@s_berdiyev
  • 🤔 5
  • ⚡ 2
  • 👍 2
Post #385 633
Startaplarda ham, yirik loyihalarda ham ishlagan va hozir davlat tashkilotida yangi yo‘nalishni deyarli noldan qurayotgan insonga qanday savol bergan bo‘lardingiz?

Bugun savollaringizga ochiq va samimiy javob beraman.

Savollaringizni izohlarda qoldiring. Eng qiziqarli savollarga alohida postlar orqali javob beraman.

@s_berdiyev - davlat ishchisi bo‘ldi 🫡
  • 🔥 5
  • 👀 3
  • 👍 2
  • 💊 2
Post #384 1.12K
MedTech loyihamiz jamoasi kengaymoqda — 2 ta lavozim bo'yicha qabul ochiq.

💻 Middle Fullstack Developer
Vue.js / React / Django | 13–15 mln so'm

📌 Vazifalar:
— Vue.js va React da interfeys ishlab chiqish
— Django backend ni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish
— REST API bilan ishlash
— Yangi funksional modullarni loyihalash va joriy etish

✅ Talablar:
— 3+ yil tijorat dasturlash tajribasi
— Vue.js va/yoki React bilimi
— Python/Django tajribasi
— Git va REST API bilan ishlash tajribasi
— Ingliz tili — texnik hujjatlarni o'qish darajasida

---

🔍 QA Engineer (Manual)
8–10 mln so'm

📌 Vazifalar:
— Funksional, regressiv va integratsion testlash
— Test-keys va chek-listlar tayyorlash
— Postman orqali REST API testlash
— Bug-reportlarni rasmiylash va nazorat qilish

✅ Talablar:
— 2+ yil QA tajribasi
— Postman bilan ishlash tajribasi
— Bug-report to'g'ri rasmiylashtira olish
— Ingliz tili — texnik hujjatlar darajasida
— SQL bilimi — ustunlik

---

💼 Ikkalasiga ham taklif qilamiz:
— Rasmiy ish joyi
— Yiliga 2 marta maosh ko'rib chiqish
— Bonus va mukofotlar
— Toshkent | Ofis | 08:00–17:00

📩 Murojaat:
@sardor_berdiyev

#Fullstack #VueJS #React #Django #QA #MedTech #Vakansiya #Toshkent #DeveloperVakansiya
  • 👍 8
  • ❤ 2
  • 💩 2
  • 💊 2
  • 🤔 1
Post #383 917
MedTech loyihamiz kengaymoqda — 4 ta senior lavozim bo'yicha qabul ochiq.

Sog'liqni saqlash sohasida yangi yo'nalishlarni noldan quradigan tajribali mutaxassislar qidiryapmiz.

━━━━━━━━━━━━━━━

🔹 Senior Business Process Excellence Manager
Biznes-jarayonlarni optimallashtirish, BPMN, Change Management
→ 5+ yil BPM / biznes-tahlil tajribasi

🔹 Senior Analytics, Monitoring & Data Governance Lead
SQL, Power BI / Tableau, DWH, Data Governance
→ 5+ yil data analytics / BI tajribasi

🔹 Senior Operations Monitoring & Control Manager
Operatsion monitoring, PMO, jarayonlarni nazorat qilish
→ 5+ yil operations / PMO tajribasi

🔹 Senior Risk & Internal Control Manager
Risk xaritasi, COSO / ISO 31000, compliance
→ 5+ yil risk management / ichki audit tajribasi

━━━━━━━━━━━━━━━

💼 Barcha lavozimlar uchun:
— Maosh: 40 000 000 so'm va undan yuqori
— Yo'nalishni noldan qurish va o'z jamoani shakllantirish imkoniyati
— Big4, bank, sug'urta, telekom tajribasi — ustunlik
— Rus va o'zbek tillarini erkin bilish
— Toshkent | Ofis | 09:00–18:00

📩 Murojaat:
@sardor_berdiyev

#MedTech #Vakansiya #Toshkent #SeniorManager #BPM #DataGovernance #RiskManagement #Operations #Senior
  • 🔥 4
  • 👍 2
  • 💊 2
  • 💩 1
Post #382 355
Hammasi yaxshi. Kongoni yutsak hammasi joylashadi.

Yigitlar krasavchiki. Kyurasavoga 5:0 yutkazsa siqilish kerak edi. Portugaliyaga yutkazish yomon emas.

@s_berdiyev
  • ❤ 4
  • 👍 2
  • 🐳 1
Post #381 388
Taaak, manimcha durang qilishga ulgurmaymiz

@s_berdiyev
  • 🤣 3
  • 😭 3
Older posts →

About this channel

How can I read @s_berdiyev without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Sardor Berdiyev | IT & Magic: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Sardor Berdiyev | IT & Magic have?
Sardor Berdiyev | IT & Magic (@s_berdiyev) has 402 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Sardor Berdiyev | IT & Magic know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →