Agar AI yordamida PowerPoint taqdimoti tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, mana men ishlatayotgan oddiy layfxak.
Ko‘pchilik darrov PPT yaratishga harakat qiladi. Men esa jarayonni ikki bosqichga bo‘laman.
1️⃣ Avval Claude Design orqali taqdimotning tuzilmasi, uslubi va vizual konsepsiyasini yarataman.
2️⃣ Keyin tayyor PPT faylini PowerPoint'da ochib, ichidagi Claude yordamida slaydlarni takomillashtiraman.
Natija bitta prompt bilan yaratilgan taqdimotga qaraganda ancha sifatli chiqadi.
Hozircha men uchun eng samarali ish jarayoni:
Claude Design → PPT → PowerPoint ichidagi Claude.
Agar tez-tez taqdimot tayyorlasangiz, albatta sinab ko‘ring.
@s_berdiyev - 14ta "to do" va 15ta "in process" dagi zadachalar bilan band
Post #400
677

- 👍 6
- 🤔 3
- ✍ 2
- 🤣 2
- 🔥 1