TGViewer
Sardor Berdiyev | IT & Magic Sardor Berdiyev | IT & Magic @s_berdiyev · 402 subscribers
Post #398 572
StoryTelling post. Pls, sabr bilan o'qing.

O‘tgan oy faoliyatim davomida birinchi marta mijozga bergan va'damni bajara olmadim.

Vazifamiz IT kompaniyasini IT Park Uzbekistan rezidentlik maqomigacha olib borish edi.

Biznes-reja tayyorladim, uni bir necha bor qayta ishladim, muzokaralarda ishtirok etdim, jamoaga maslahat berdim va keyingi jarayonlarni yo‘lga qo‘yishda yordam berdim.

Lekin yakun bitta bo‘ldi. Kompaniya rezident bo‘la olmadi.

Istasam bunga turli sabablarni keltirishim mumkin. Talablar, jarayon yoki boshqa omillar haqida gapirishim mumkin.

Lekin mijozga sabablar emas, natija kerak edi.

Shuning uchun bir qarorga keldim: qolgan to‘lovni olmayman, olingan avansni qaytaraman va loyiha oxirigacha hech qanday haq olmasdan hamrohlik qilaman (boshqa narsa ham kompensatsiya qilolmayman ham o'zi).

Balki shu sababli bu holat menga juda og‘ir botgandir.

Chunki bu xato faoliyatimning boshida emas, balki 50 dan ortiq kompaniyaga rezidentlik olishda yordam berganim va 100 dan ortiq konsultatsiya o‘tkazganimdan keyin yuz berdi.

Bu voqea menga yana bir narsani eslatdi. Tajriba sizni xatolardan himoya qilmaydi.

Aksincha, ba'zan aynan tajriba odamni haddan tashqari ishonchli qilib qo‘yadi. Eng qimmat xatolar esa aynan o‘sha paytda sodir bo‘ladi.

@s_berdiyev - SSV'da
  • 👍 6
  • 🕊 2
  • 💔 2
  • 💊 2
  • 🔥 1
  • 🤝 1
More from @s_berdiyev
  1. Oct 1, 2026Junior PM'lar va startup quruvchilar uchun qisqa so'rovnoma 👇 Men Xushnid, Payme jamoasid…
  2. Jul 10, 2026Paylov: Biznes uchun 6 ta yechim 🔘 24 soat ichida integratsiya. 🔘 Oyliklarni kartaga o‘t…
  3. Jul 10, 2026Agar AI yordamida PowerPoint taqdimoti tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, mana men ishlatayotgan o…
  4. Jul 9, 2026— Buncha byurokratsan-a! — Man tili kuygan realistman... @s_berdiyev - situatsion markazni…
  5. Jul 7, 2026"edo.ijro.uz" ni ishlatishni o'rganyapman. YouTube'dan darsliklar ko'rishni boshlayapman.…
  6. Jul 3, 2026Hey! Claude AI 👀
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →