TGViewer
Channel Public Channel
Hissa | Xayriya platformasi

Hissa | Xayriya platformasi

@hissauz

Yaxshilik yo‘lida birlashamiz 🤍

O‘zbekistondagi shaffof va tekshirilgan xayriya platformasi.

Yordam berish xavfsiz va oson.

web: www.hissa.uz
ilovani yuklab oling: https://commeta.uz/qr/hissa
Subscribers
38
Photos
44
Videos
2
Links
23
Recent Posts 15 shown
Post #92 119
Navro‘z ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!

@hissauz
  • ❤ 4
Post #91 102
✨ Eid Muborak!

Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Ushbu muqaddas kunlarda qalblaringiz tinchlik, mehr va baraka bilan to‘lsin.

Yaqinlaringiz bilan birga quvonchli onlar, sog‘lik va xotirjamlik tilaymiz.
Har bir ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lsin.

Hurmat bilan,
Hissa loyihasi jamoasi
  • ❤ 1
Post #90 86
Nega loyihamiz “Hissa” deb ataladi?

Biz ushbu loyihani yaratayotganimizda, oldimizda bir oddiy savol turardi: yordam g‘oyasini bir so‘z bilan qanday ifodalash mumkin?

Biz barchaga tushunarli bo‘lgan so‘zni izladik. Va uni topdik. Hissa.

Bu so‘z o‘zbek tilida ulush, badal, ishtirok kabi ma’nolarni anglatadi.

Har bir inson o‘z hissasini qo‘shishi mumkin va u katta bo‘lishi shart emas.

Ba’zan bu kichik bir mablag‘. Ba’zan repost. Ba’zan esa shunchaki yordam berish istagi.

Ammo minglab odamlar o‘zining kichik hissasini qo‘shsa, ulkan kuch paydo bo‘ladi.

Sababi yordam, bu bir kishining ma'suliyati emas. Bu ma'suliyat barchamiznikidir.

@hissauz
  • 🕊 2
  • ❤ 1
  • 💯 1
Post #89 54
Aziz va hurmatli ayollar!

8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan sizlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Sizlar jamiyatimizning mehr-oqibat, sabr-toqat va kuch manbaisiz.

Oilalarda mehr ulashib, jamiyatda o‘z o‘rningizni mustahkamlab, kelajak avlodni tarbiyalayotganingiz uchun sizlarga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

Hissa jamoasi nomidan barcha ayollarga sog‘lik, baxt, ilhom va yorqin kelajak tilaymiz. Har bir kuningiz quvonch va e’tibor bilan to‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Hissa jamoasi

@hissauz
  • ❤ 2
Post #87 56
Nima uchun Hissa.uz loyihasi ishlab chiqildi?

Chunki ko‘pchilik yordam berishni istaydi. Lekin ularni uchta savol to‘xtatib turadi:

- Kimga ishonish mumkin?
- Pul belgilangan manzilga yetib boradimi?
- Barchasi qanchalik shaffof?

Internetda xayriya yig‘imlari ko‘p. Ammo hamma yerda ham tekshiruvlar o‘tkazilavermaydi. Hamma yerda ham hisobotlar berilavermaydi.

Natijada odamlar shunchaki yordam berishdan voz kechadi.

Hissa.uz aynan shu muammodan kelib chiqib paydo bo‘ldi. Biz platformani xayriya yig‘ish uchun emas,
balki ishonchni ta’minlash uchun yaratdik.

Hissa’da:

— yig‘imlar tekshiruvdan o‘tadi;
— jarayon ochiq;
— ko‘rsatilgan yordam natijasi haqida ma’lumot berib boriladi.

Maqsadimiz oddiy: O‘zbekistonda yordam berish
xavfsiz, shaffof va oson bo‘lishi kerak.

Chunki har kim o‘z hissasini qo‘shsa,
katta o‘zgarishlar boshlanadi.

@hissauz
  • 👏 3
  • ❤ 1
  • 🕊 1
Post #85 60
Jahonda raqamli xayriya hajmi an’anaviy oflayn yig‘imlarga qaraganda jadalroq o‘smoqda.

35 yoshgacha bo‘lgan avlod onlayn platformalar orqali klassik fondlarga nisbatan 2 barobar ko‘proq yordam ko‘rsatadi.

Bu nimani anglatadi?

Xayriyaning kelajagi — raqamlashtirilgan holatadir. Biroq bir muhim jihat bor. Shaffoflikka asoslanmagan raqamlashtirish ishonch uyg‘otmaydi.

Shu bois biz yordam ko‘rsatish jarayonini quyidagicha ta’minlaydigan Hissa platformasini ishlab chiqqanmiz:

- tekshirsa bo‘ladigan;
- shaffof;
- boshqariladigan;
- qulay.

Biz shunchaki mablag‘ yig‘ishni maqsad qilmaganmiz.

Mablag‘lar qayerga yo‘naltirilmoqda, ular qanday sarflanmoqda va bu qanday natija bermoqda — buni har bir xayriyachi bilishi shart va zarur.

Bu uzoq yo‘l.

Lekin tizimli yondashuv hamisha tartibsizlikdan ustun keladi.

Agar siz ham xayriya texnologik va shaffof bo‘lishi kerak, deb hisoblasangiz, demak, siz allaqachon ushbu harakatning bir qismisiz.

Ilovani yuklab oling | hissa.uz

@hissauz - ishonchli xayriya
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • 👍 1
  • 👏 1
  • 🕊 1
Post #84 499
🌙 Ramazon — ezgu amallar oyligi. Hatto kichik bir qadam ham kim uchundir katta umidga aylanishi mumkin.

Do‘stlar, biz Changan avtomobil brendi bilan hamkorlikda aksiya boshladik.

Mohiyati juda oddiy:

🚗 Changan avtosaloniga test-drayv uchun kelgan har bir kishi avtomatik tarzda xayrli ishga sababchi bo‘ladi — kompaniya Hissa platformasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ o‘tkazib beradi.

Ya’ni:
Siz shunchaki test-drayvga kelasiz. Changan esa sizning nomingizdan xayriya qiladi.

Hech qanday to‘lovlarsiz. Hech qanday majburiyatlarsiz.
Sizning ishtirokingiz — muhtojlarga yordam demakdir.

Aksiya tafsilotlari:
https://changan.uz/ru/ramadan/

🎥 Biz ushbu tashabbus haqida qisqa videorolik tayyorladik:
https://clck.ru/3S5DLN

🙏 Sizdan loyihani qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz:

1️⃣ Videoni ijtimoiy tarmoqlaringizda ulashing (repost qiling);
2️⃣ Do‘stlaringizga ham ayting;
3️⃣ Imkon topib, test-drayvga boring va xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing.

Ramazonda yaxshilik uchun ajr-savoblar ko‘paytirib yoziladi.

Keling, birorta ham xarajat qilmasdan yordam berishning bu imkoniyati haqida imkon qadar ko‘proq odam xabar topishiga hissa qo‘shaylik.

Hurmat bilan,
hissa.uz jamoasi

@hissauz
  • ❤ 2
  • 🔥 2
  • 🆒 2
  • 👏 1
  • 🕊 1
  • 💯 1
Post #81 219
Assalomu alaykum qadrli saxovatpesha insonlar!

Sizlarga yaxshi xabarlar bilan keldik. Ertaga xabarimizni e‘lon qilamiz 🙌

Yana bir dolzarb mavzuni ham mulohaza qilib o‘tamiz. Hozir esa Hissa dasturini yuklab olishning ayni payti:

https://commeta.uz/qr/hissa

@hissauz - Baxt ulashamiz
  • ⚡ 2
Post #80 222
Bilasizmi?

Xayriya faqat moddiy tushuncha emas!


Xayriyani imkoningiz qadar quyidagi ko‘rinishlarda berishingiz mumkin:

- Boshqalarga tabassum ulashib;
- Kimnidur og'ir yukiga yordam berib;
- Do‘stlaringizni muammosini hal qilishda yordam berib;
- Ota-Onangizga shirin so‘z bilan ularga itoat qilib;
- Kimgadur yaxshilik o‘rgatib (yoki o‘rganib);
- ...


Agar sanaydigan bo‘lsak yaxshilik qilish yo‘llari juda ko‘p

Siz-chi bugun xayriya qildingizmi?
Javobingiz "Xa" bo‘lsa - 🔥

@hissauz - Yaxshilik yo‘lida birlashamiz!
  • 🔥 2
  • ❤ 1
Post #74 325
Hissa qanday ishlaydi?

1) Hissaning vazifasi nima?
2) Yordam fondlari nima degani?
3) Hissa ishonchlimi?


😇 Yuroqidagi savollar sizda ham mavjudligi aniq. Bu savollarga yuqoridagi suratlar orqali javob olishingiz mumkin

Ilovani yuklab oling

Bizni kuzatib boring👇

@hissauz - Baxt ulashamiz 💚
  • ❤ 3
Post #72 116
Hissa jamoasi birlashib sizlarga yangiliklar tayyorlayapmiz

Ungacha esa hozir tashlanadigan so‘rovnomada ovoz berib turing 😇

@hissauz - Biz baxt ulashamiz
  • ❤ 4
Post #70 138
Siz sabab natijalarimiz o‘sib boryapti!

💚 Yaqin kunlarda Komilani siz bilan birga xursand qilamiz

Xar kuni Hissa qo‘shish orqali hayotingizga yanada baraka va ma'no kiritib boring


⬇️ Ilovani yuklab oling ⬇️

@hissauz - Yaxshilik yo‘lida birlashamiz!
  • 🔥 2
  • 🆒 1
Older posts →

About this channel

How can I read @hissauz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Hissa | Xayriya platformasi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Hissa | Xayriya platformasi have?
Hissa | Xayriya platformasi (@hissauz) has 38 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Hissa | Xayriya platformasi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →