TGViewer
Channel Public Channel
Metsenat.uz

Metsenat.uz

@metsenatuz

Metsenat.uz platformasi homiy tashkilot va oliy oʻquv yurtlarida oʻqishda moddiy yordamga muhtoj boʻlgan talabalarni bogʻlab turuvchi koʻprik vazifasini oʻtaydi.

Texnik nosozliklar bo'yicha - @commeta_bussines
Subscribers
619
Photos
70
Videos
5
Links
79
Recent Posts 20 shown
Post #119 306
Mustaqillik-35 ta’lim granti bo‘yicha komissiya o‘z ishini yakunladi va g‘oliblik uchun 100 nafar nomzod tanlab olindi. Nomzod deyayotganimizning sababi, g‘oliblarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qilishdan oldin, nomzodlar bilan bog‘lanib, ayrim hujjatlarni, masalan, oliygohdan beriladigan 2 tomonlama shartnoma yoki ota-onasining o‘lim guvohnomasi kabilarni tekshirib olishimiz kerak bo‘ladi.

Hozirda yordamchilarimiz nomzodlar bilan bog‘lanishmoqda va hujjatlarni tekshiryapmiz. Tez orada yakuniy ro‘yxatni e’lon qilamiz va ularga 10 mln so‘mdan, jami 1 mlrd so‘m o‘tkazib beriladi.


🔘 @xushnudbekuz
  • 🔥 17
  • ❤ 11
  • 👍 8
Post #118 2.37K
❗️1 mlrd so’mlik ta’lim granti: kontraktdagi talabalar uchun XushnudbekUz kanali "Mustaqillik-35" grantini e’lon qildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan XushnudbekUz Telegram kanali e’lon qilgan ta’lim grantida 100 nafar talabaga 10 mln so‘mdan, jami 1 milliard so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.

ℹ️ Ma’lumot uchun: mazkur ta’lim granti Yoshlar ishlari agentligining Ibrat farzandlari, Mutolaa, UzChess, Ustoz AI, Ko‘mak, Yoshlar Ventures, UzCombinator kabi loyihalari bilan kelishuv asosida e’lon qilinmoqda.

❗️Ariza topshiring hamda 100 nafar g‘olibdan biriga aylaning.

📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat, nodavlat, diniy oliygohlar uchun

📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, kechki, masofaviy va sirtqi

👥 Necha kishiga beriladi: 100 nafar (shundan kamida 5 nafari TDYU talabalari uchun)

💰Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 10 mln so‘mdan (jami 1 mlrd so‘m)

❓
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar. Shuningdek, anketa oxirida yoziladigan esse ham juda muhim.

📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

⏳Hujjatlar 15-sentyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.


@MetsenatUz
  • ❤ 12
  • 🔥 3
Post #117 1.86K
🎯 TAIBA FINANSE taʼlim granti g'oliblari aniqlandi!

Talabalar uchun to‘liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi taʼlim granti uchun arizalar topshirish jarayoni o‘z yakuniga yetdi.

✅ Taʼlim granti uchun 1070 ta ariza kelib tushdi.

Ariza topshiruvchilar orasidan 20 nafar grant g‘oliblari saralanib, tanlab olindi.

🤝 Grantni qo'lga kiritgan talabalarga o'quv yili davomida yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Barcha ishtirokchilarga kelgusi grantlarda omad tilab qolamiz. Keyingi grant sohibi aynan siz bo'lishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang !

@MetsenatUz
  • 👏 3
  • ❤ 2
  • 🕊 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #116 1.73K
🎓 Do‘stlar, o‘qish uchun grant olish imkoniyatini boy bermang!

Bugun - "TAIBA FINANCE tomonidan talabalar uchun ta’lim granti"ga ariza topshirishning so‘nggi kuni.

Ushbu grant kunduzgi va kechki ta’lim shaklidagi 20 nafar talabaning yillik shartnoma to‘lovini to‘liq qoplaydi. Ijtimoiy yordam kerak bo‘lgan talabalarga ustuvorlik beriladi.

Ikki kundan so‘ng esa "Talabalar uchun XushnudbekUz kanali ta’lim granti" uchun ariza topshirish muddati tugaydi - umumiy jamg‘armasi 400 million so‘m!
50 nafar talabaga o‘qish uchun 8 million so‘mdan ajratiladi.

Agar siz talaba bo‘lsangiz va o‘qishni davom ettirish uchun yordam olishni orzu qilsangiz - hozir ariza topshirish ayni payt!

👉 Har bir grant haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havolalardan toping:

1) TAIBA FINANCE tomonidan talabalar uchun ta’lim granti
2) Talabalar uchun Xushnudbek.uz kanali ta’lim granti

@MetsenatUz - O'zbekiston bo'ylab talabalarga yordam beruvchi platforma.
Metsenat Metsenat.uz – Ta'lim, madaniyat va ijtimoiy loyihalarni qo'llab-quvvatlash platformasi O'zbekiston bo'ylab iqtidorli talabalarga yordam beruvchi platforma. Shaffoflik, ishonch va ta'sir – Metsenat bilan boshlang!
  • 🕊 3
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 👏 1
Post #115 1.05K
🚀 Metsenat.uz loyihasida texnik ishlar yakunlandi!

Texnik ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi va platforma endi odatiy tarzda faoliyat yuritmoqda.

🎓Biz ariza topshirish jarayonini takomillashtirdik — endi u talabalar uchun yanada osonroq va qulayroq bo‘ldi.

✅ Grant olish uchun arizalaringizni topshirishda davom etishingiz mumkin.

Barchaga omad tilab qolamiz!

Savollar bo'yicha: @metsenat_support akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin

@MetsenatUz
  • 🕊 3
  • 👏 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #114 927
⚙️ Metsenat.uz tizimida texnik ishlar ketmoqda

Hurmatli foydalanuvchilar!

Ayni paytda Metsenat.uz platformasida grant olish uchun ariza topshirish jarayonini soddalashtirish maqsadida texnik ishlar olib borilmoqda.

⏳Ushbu ishlar 4 soat davom etadi. Yangilanishlar yakunlangach, talabalar odatdagi tartibda ariza topshirishni davom ettira oladilar.

🙏Tushunganingiz va sabrli bo‘lganingiz uchun tashakkur - biz platformani siz uchun yanada qulayroq qilish yo‘lida barcha choralarni ko‘rmoqdamiz.

@MetsenatUz
  • 🕊 5
  • 👍 3
  • 👏 2
  • ❤ 1
Post #113 3.05K
❗️400 mln so’mlik ta’lim granti: kontraktda o‘qiyotan talabalar uchun XushnudbekUz kanali granti e’lon qilindi

XushnudbekUz Telegram kanali e’lon qilgan ta’lim grantida 50 nafar talabaga 8 mln so‘mdan, jami 400 mln so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.

ℹ️ Ma’lumot uchun: mazkur ta’lim granti Ibrat farzandlari, UzChess, Mutolaa hamda Ustoz AI loyihalari bilan kelishuv asosida e’lon qilinmoqda. Men 1 yil davomida ushbu ijtimoiy loyihalarni targ’ib qilaman, evaziga esa ular 50 nafar talabaning kontrakti uchun 8 million so’mdan to’lab berishadi.

📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uchun

📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy

👥 Necha kishiga beriladi: 50 nafar (shundan kamida 5 nafari TDYU talabalari uchun)

💰Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 8 mln so‘mdan (jami 400 mln so‘m)

❓
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar. Shuningdek, anketa oxirida yoziladigan esse ham juda muhim.

📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH

⏳Hujjatlar 31-oktyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

Murojaat uchun: @metsenat_support

@MetsenatUz
  • 🔥 4
  • ❤ 2
  • 👍 2
Post #112 1.59K
Talabalar uchun TAIBA FINANCE ta’lim granti

MCHJ "TAIBA FINANCE" XK to‘liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi ta’lim granti
e’lon qiladi.

Grantning maqsadi: ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish;

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat taʼlim muassasalari uchun

📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

📚 Qaysi ta'lim shakli uchun: kunduzgi va kechki

👥 Necha kishiga beriladi: 20 nafar

💰Taʼlim granti miqdori: to'liq bir yillik stipendiyasiz va stipendiyali shartnoma summasi

⏳Hujjatlar 30- oktabrgacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 Onlayn ariza yuborish

@metsenat_support

@MetsenatUz
  • ❤ 3
Post #111 2.35K
Yangilangan Metsenatni kutib oling!!

Uzoq vaqtli tanaffusdan so'ng Metsenat har qachongidan ham yaxshiroq bo'lib qaytdi.

Qiziqarli funksiyalar, samaradorlik va yangi ko'rinishga ega bo'lgan sayt va ilovaning yangi darajasini sinab ko'ring.

Murojaat uchun:
@commeta_support

Metsenatni qayta kashf eting!! 👇
http://metsenat.uz
  • 🕊 5
  • ❤ 4
  • 👍 2
  • 👏 2
Post #107 2.58K
🎯 TAIBA FINANSE taʼlim granti g'oliblari aniqlandi!

Talabalar uchun to‘liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi taʼlim granti uchun arizalar topshirish jarayoni o‘z yakuniga yetdi.

✅ Taʼlim granti uchun 3.000 ga yaqin hamyurtlarimiz qiziqish bildirdi va yuzdan ortiq arizalar kelib tushdi.

Ariza topshiruvchilar orasidan 30 ta grant g‘oliblari maxsus komissiya orqali saralab tanlab olindi.

🤝 Grantni qo'lga kiritgan talabalarga o'quv yili davomida yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Barcha ishtirokchilarga kelgusi grantlarda omad tilab qolamiz. Keyingi grant sohibi aynan siz bo'lishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang !

@MetsenatUz
  • 👍 7
  • ❤ 5
Post #106 1.78K
🎯 TAIBA FINANSE taʼlim granti uchun qabul yopildi

Talabalar uchun to‘liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi taʼlim granti uchun arizalar topshirish jarayoni o‘z yakuniga yetdi.

✅ Taʼlim granti uchun 3.000 ga yaqin hamyurtlarimiz qiziqish bildirdi va yuzdan ortiq arizalar kelib tushdi.

Hozirda ariza topshiruvchilar orasidan 30 ta grant g‘oliblarini maxsus komissiya orqali saralash jarayoni davom etmoqda.

@MetsenatUz
  • 🔥 7
Post #105 2.51K
Talabalar uchun TAIBA FINANCE ta’lim granti

MCHJ "TAIBA FINANCE" XK to`liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi ta’lim granti
e’lon qiladi.

Grantning maqsadi: ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish;

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat taʼlim muassasalari uchun

📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi

👥 Necha kishiga beriladi: 30 nafar

💰Taʼlim granti miqdori: to`liq bir yillik stipendiyasiz shartnoma summasi

⏳Hujjatlar 31- oktabrgacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 Onlayn ariza yuborish

Murojaat uchun

@MetsenatUz
  • 👍 5
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #104 1.7K
🎉 Ta'lim granti natijasi e'lon qilindi!

Jurnalistika
sohasida ta'lim olayotgan talabalar uchun e'lon qilingan 75 mln so’mlik ta’lim granti g'oliblari aniqlandi.

📃 Unga ko'ra grant dasturiga:
Qiziqish bildirganlar - 83 ta
Ariza qoldirgan talabgorlar - 92 ta
Ko’rishlar soni - 4529 tani tashkil etdi.

Ariza topshiruvchilar orasidan 25 nafar yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar jamoatchilik vakillaridan tuzilgan komissiya orqali saralab olindi.

🏆 Har bir grant g'oliblariga 3 mln so'mdan taqdim etiladi. Grant egalarining ro'yxati bilan esa ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Barcha grant egalariga o'qishlari va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

@MetsenatUz
  • 🕊 4
  • 👍 2
Post #103 1.43K
Jurnalistika sohasi talabalari uchun e'lon qilingan Grant uchun ariza topshirish yakunlanishiga 3 kun qoldi!

Ushbu grantning umumiy qiymati 75 mln so’mni tashkil etib, 25 nafar talaba uchun mo'ljallangan edi. Grant uchun ariza topshirish yakunlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda.

⏳Hujjatlar 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 Onlayn ariza yuborish:
https://imkon.uz/metsenat/122

Qo'shimcha savollar uchun:
@imkon_support_chat

@imkon_Uzbekistan
  • ❤ 2
Post #102 1.31K
🏆 Toshkent shahridagi Piza Universiteti filiali va “Imkon Uzbekistan” jamoat birlashmasi tomonidan “Metsenat” loyihasi doirasida taʼlim granti eʼlon qilinadi!

Grantning asosiy maqsadi o‘quv to‘lovlarini to‘lashga qiynalayotgan, ammo yuqori isteʼdod va salohiyatga ega bo‘lgan kam taʼminlangan talabalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishdir.

🔹Qaysi OTM uchun: Toshkent shahridagi Piza Universiteti filiali;
🔹Ta'lim yo'nalishlari: Geologiya, Ekologiya;
🔹Grant miqdori: 118 mln so‘m (bir stipendiat uchun);
🔹Talabalar turar joyi uchun: 22,6 mln so‘m + kitoblar va amaliyot (bir stipendiat uchun);
🔹Kvota soni: 2 ta;
🔹Grant qoplanadigan muddat: 4 o‘quv yili;
🔹Ariza topshirish muddati: 15.04.23-30.07.23 sana oralig‘ida;
🔹O‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar: ingliz va rus tillarini bilish;
🔹Saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi: onlayn ariza topshirish va suhbat.

Ariza topshirish imkon.uz platformasi “Metsenat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

@MetsenatUz
  • 🔥 1
Post #101 1.54K
✅ Jurnalistika sohasida o’qiyotgan talabalar uchun 75 mln so’mlik ta’lim granti

Grantning maqsadi: jurnalistika sohasida ta’lim olayotgan, yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish;

🔻Taʼlim granti haqida maʼlumot:
Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat va nodavlat taʼlim muassasalari uchun
Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy
Necha kishiga beriladi: 25 nafar
Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 3 mln so‘mdan (jami 75 mln so‘m)

⏳Hujjatlar 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 Onlayn ariza yuborish:
https://imkon.uz/metsenat/122

Qo'shimcha savollar uchun:
@imkon_support_chat

@MetsenatUz
  • 👍 2
  • 🥰 2
  • 🔥 1
Post #100 1.9K

Forwarded from Xushnudbek.uz

MetsenatUz лойиҳасида эълон қилинган «Мустақиллик гранти»нинг 31 нафар ғолиби тўлиқ аниқланди. Мазкур 31 талабанинг ҳар бирига 5 млн сўмлик грант миқдори уларнинг контракт тўловлари учун ўтказиб берилди.

31 нафар ғолибнинг 17 нафари қиз, 14 нафари йигитлар бўлди. Биз асосан етим, чин етим ҳамда эҳтиёжманд талабаларга грант берганлигимиз сабабли, ғолибларнинг исм-фамилиясини эълон қилиб ўтирмаймиз. Аммо ғолиб талабалар ўқийдиган ОТМлар рўйхатини беришимиз мумкин:

1. Тошкент давлат юридик университети (10 нафар)
2. Бердақ номидаги Қорақалпоқ давлат университети (2 нафар)
3. Андижон давлат тиббиёт институти
4. Бухоро давлат тиббиёт институти
5. Бухоро давлат университети
6. Наманган давлат университети
7. Нукус давлат педагогика институти
8. СамДУ Денов тадбиркорлик ва педагогика институти
9. Термиз давлат университети
10. Тошкент давлат иқтисодиёт университети
11. Тошкент педиатрия тиббиёт институти
12. Тошкент тиббиёт академияси
13. Тошкент тиббиёт академияси Термиз филиали
14. Тошкент давлат ўзбек тили ва адабиёти университети
15. Ўзбекистон журналистика ва оммавий коммуникациялар университети
16. Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт университети
17. Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети
18. Ўзбекистон миллий университети
19. Урганч давлат университети
20. Фарғона жамоат саломатлиги тиббиёт институти
21. Қарши муҳандислик—иқтисодиёт институти

P.S.: бунда алоҳида таъкидлашни истардимки, ўзим таҳсил олган Тошкент давлат юридик университетига алоҳида устуворлик берилган ва 10 нафар ғолиб танланган. Чунки менга қолса ҳамма битирувчилар имконияти бўлганда ўзлари ўқиган ОТМларга ҳар томонлама ёрдам беришлари, ҳомий-меценатлик қилишлари керак. Жаҳоннинг энг нуфузли университетларининг асосий даромад манбаларидан бири ҳам айнан битирувчилари берадиган маблағлар бўлади. Масалан, Стэнфорд университетида ўқиган шахслар ҳар йили университетга 1 млрд доллар атрофида меценатлик ёрдами кўрсатишини айтгандик.

Хуллас, шунақа гаплар. Айтганча, грант учун ажратилган барча маблағлар каналда берилган рекламалар ҳисобидан қопланди.


👉 @xushnudbek 👈
  • 👍 8
  • 🔥 1
Post #99 1.62K

Forwarded from Imkon.uz

🎯 Grant g‘oliblarining yakuniy saralash natijalari eʼlon qilindi

Mustaqillik taʼlim granti g‘oliblarining 2/3 qismi aniqlangan edi. Endilikda esa, qolgan g‘olib ishtirokchilar ham saralab olindi. Ishtirokchilar va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

📲 31 nafar grant g‘oliblari bilan telefon orqali bog‘laniladi.

🔹 Imkon.uz - ijtimoiy rivojlanish asosiy maqsadimiz.
  • 🔥 7
  • 👍 3
  • 👏 2
Post #98 1.69K
🎯 Grant g‘oliblarining navbatdagi 10 taligi saralab olindi

Mustaqillik taʼlim granti g‘oliblarining navbatdagi bir qismi ham aniqlandi. Tez kunlarda yakuniy qism saralash natijalari ham e'lon qilinadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

📲 G‘olib bo‘lganlar bilan telefon orqali bog‘lanib, kontrakt to‘lovlarini o‘tkazib berish uchun OTMlardan shartnomalar olinadi.

🔹 @MetsenatUz - ijtimoiy rivojlanish asosiy maqsadimiz.
  • 👍 13
  • ❤ 1
Post #97 1.54K
🏆 Mustaqillik ta‘lim granti g‘oliblarining bir qismi aniqlandi!

Mustaqillik ta‘lim granti g‘oliblarining birinchi 12 taligi aniqlandi. Qolgan ishtirokchilarga ham omad tilab qolamiz.

📲 G‘olib bo‘lganlar bilan telefon orqali bog‘laniladi.

🔹 @MetsenatUz - ijtimoiy rivojlanish asosiy maqsadimiz.
  • 👍 7
  • 👎 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Older posts →

About this channel

How can I read @metsenatuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Metsenat.uz: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Metsenat.uz have?
Metsenat.uz (@metsenatuz) has 619 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Metsenat.uz know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →