❗️400 mln so’mlik ta’lim granti: kontraktda o‘qiyotan talabalar uchun XushnudbekUz kanali granti e’lon qilindi
XushnudbekUz Telegram kanali e’lon qilgan ta’lim grantida 50 nafar talabaga 8 mln so‘mdan, jami 400 mln so‘mlik mablag‘lar to‘lab berishni niyat qildik.
ℹ️ Ma’lumot uchun: mazkur ta’lim granti Ibrat farzandlari, UzChess, Mutolaa hamda Ustoz AI loyihalari bilan kelishuv asosida e’lon qilinmoqda. Men 1 yil davomida ushbu ijtimoiy loyihalarni targ’ib qilaman, evaziga esa ular 50 nafar talabaning kontrakti uchun 8 million so’mdan to’lab berishadi.
📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH
Taʼlim granti haqida maʼlumot:
🏢 Qaysi OTMlar uchun: barcha davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uchun
📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi
📚 Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy
👥 Necha kishiga beriladi: 50 nafar (shundan kamida 5 nafari TDYU talabalari uchun)
💰Taʼlim granti miqdori: har bir kishiga 8 mln so‘mdan (jami 400 mln so‘m)
❓Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar. Shuningdek, anketa oxirida yoziladigan esse ham juda muhim.
📲 ONLAYN ARIZA TOPSHIRISH
⏳Hujjatlar 31-oktyabr soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.
Murojaat uchun: @metsenat_support
@MetsenatUz
Post #113
3.05K

- 🔥 4
- ❤ 2
- 👍 2