🎓 Do‘stlar, o‘qish uchun grant olish imkoniyatini boy bermang!
Bugun - "TAIBA FINANCE tomonidan talabalar uchun ta’lim granti"ga ariza topshirishning so‘nggi kuni.
Ushbu grant kunduzgi va kechki ta’lim shaklidagi 20 nafar talabaning yillik shartnoma to‘lovini to‘liq qoplaydi. Ijtimoiy yordam kerak bo‘lgan talabalarga ustuvorlik beriladi.
Ikki kundan so‘ng esa "Talabalar uchun XushnudbekUz kanali ta’lim granti" uchun ariza topshirish muddati tugaydi - umumiy jamg‘armasi 400 million so‘m!
50 nafar talabaga o‘qish uchun 8 million so‘mdan ajratiladi.
Agar siz talaba bo‘lsangiz va o‘qishni davom ettirish uchun yordam olishni orzu qilsangiz - hozir ariza topshirish ayni payt!
👉 Har bir grant haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havolalardan toping:
1) TAIBA FINANCE tomonidan talabalar uchun ta’lim granti
2) Talabalar uchun Xushnudbek.uz kanali ta’lim granti
@MetsenatUz - O'zbekiston bo'ylab talabalarga yordam beruvchi platforma.
Post #116
1.74K