Mustaqillik-35 ta’lim granti bo‘yicha komissiya o‘z ishini yakunladi va g‘oliblik uchun 100 nafar nomzod tanlab olindi. Nomzod deyayotganimizning sababi, g‘oliblarning yakuniy ro‘yxatini e’lon qilishdan oldin, nomzodlar bilan bog‘lanib, ayrim hujjatlarni, masalan, oliygohdan beriladigan 2 tomonlama shartnoma yoki ota-onasining o‘lim guvohnomasi kabilarni tekshirib olishimiz kerak bo‘ladi.
Hozirda yordamchilarimiz nomzodlar bilan bog‘lanishmoqda va hujjatlarni tekshiryapmiz. Tez orada yakuniy ro‘yxatni e’lon qilamiz va ularga 10 mln so‘mdan, jami 1 mlrd so‘m o‘tkazib beriladi.
🔘 @xushnudbekuz
Post #119
340
- 🔥 17
- ❤ 11
- 👍 8