100 xil turdagi KPI ko'rsatkichisi ham noto'g'ri qarorni to'g'rilay olmaydi.
So'nggi yillarda juda ko'p chiroyli dashboardlarni ko'rdim.
Grafiklar, xaritalar, diagrammalar, KPI — hammasi zamonaviy va foydali ko'rinadi.
Lekin bitta muammo bor.
Agar rahbar dashboardni ko'rgandan keyin hozir aynan qanday qaror qabul qilishi kerakligini tushunmasa, unda bunday dashboardning foydasi juda kam.
Yaxshi dashboard kamida uchta savolga javob berishi kerak:
1) Nima sodir bo'ldi?
2) Nega sodir bo'ldi?
3) Keyingi qadam nima bo'lishi kerak?
Agar u faqat raqamlarni ko'rsatsa — bu oddiy hisobot. Agar u qaror qabul qilishga yordam bersa — mana shu haqiqiy boshqaruv vositasi.
Ma'lumotlarning o'zi hech narsani o'zgartirmaydi. Ma'lumotlar asosida qabul qilingan qarorlar o'zgarishlarga olib keladi.
@s_berdiyev - bugun birinchi marta rasmiy davlat ishchisi rolida "bildirgi" yozdi
Post #395
607

- 👍 7
- 🔥 6
- ❤ 5
- 💩 2
- 💊 2