Post #163
52
Universitet qizlarga sovchilikka borganmish
Madaniy kontekstda sovchilik jamiyatimiz uchun juda katta institut hisoblanadi. O'zbekistondagi aksariyat oilalar sovchilik orqali oila qurishadi yoki tanishishadi. Sovchilik azaldan ayollarning ishi sifatida qaralib kelinadi.
O‘zbekistonda har yili maktablarni 250 000 ga yaqin qizlar bitiradi, ammo ularning atigi 30%i oliy ta’limda o‘qishni davom ettiradi. Buning turli sabablari bor.
Muammo sifatida sovchilik an'ananisini inkor etmasdan, aksincha, uning formatini qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ajoyib kreativ yechimni Toshkentdagi Webster universiteti taqdim qilgan.
Ular xonadonlarga universitet vakili, psixolog va muvaffaqiyatga erishgan ayol (Rol modeli)dan tashkil topgan guruhni ota-onalarni qizlarining kelajagi va ta’lim olishi naqadar muhimligiga ishontirish uchun "sovchilikka" yuborishdi.
Bu keys Jolbors festivalining long-listidan o'rin oldi. Bundan tashqari TAF festivalida ham ishtirok etmoqda.
PRxonada gaplashamiz - @prxona

- 🔥 2
- 👍 1
- 👀 1