TGViewer
Channel Public Channel
Marketing bo'limi

Marketing bo'limi

@marketingbolimi

Marketing haqida oʻzbek tilidagi birinchi kanal.

Muallif: Otabek Sharapov - 605 Agentligi hammuassisi, Duv-Duv Gap School - birinchi kreativlik maktabi asoschisi.
______

Hamkorlik uchun: @marketingdaishla_admin
Subscribers
9.94K
Photos
2.7K
Videos
543
Links
2.4K
Recent Posts 20 shown
Post #5531 825
marketing.uz ✨ TAF!26 Toshkent xalqaro reklama festivalidagi Local Opportunities seksiyasi Seksiya mahalliy bozor imkoniyatlari va brendlarning O‘zbekistonda rivojlanishiga yordam beradigan yechimlarga bag‘ishlangan - auditoriyani yaxshiroq tushunish, bo‘sh bozor yo‘nalishlarini…
Ertaga TAF!’ga kelasizmi? Local Opportunities bo‘limida sizni kutamiz. Ataylab exclusive spikerlarni yig‘ishga harakat qilidik. Aksar leksiyalar o‘zbek tilida yuritiladi.
  • 👍 5
  • 🔥 2
Post #5530 766

Forwarded from marketing.uz

✨ TAF!26 Toshkent xalqaro reklama festivalidagi Local Opportunities seksiyasi

Seksiya mahalliy bozor imkoniyatlari va brendlarning O‘zbekistonda rivojlanishiga yordam beradigan yechimlarga bag‘ishlangan - auditoriyani yaxshiroq tushunish, bo‘sh bozor yo‘nalishlarini aniqlash, samarali kommunikatsiya qurish hamda zamonaviy targ‘ibot va savdo vositalaridan foydalanish.

Seksiya kurator
Otabek Sharapov, CEO 605 Agency

🎤 Local Opportunities seksiyasi dasturi

🔹 12:00–12:30 Nosir Nosirjonov, marketolog, 605 Kreativ Agentligi
Mavzu: Mahallada o'sgan o'zbeklar dunyo miqyosida kreativ bo'la oladimi?
🔹 12:30–13:00 Rasul Umarov, GEOMOTIVE Uzbekistan savdo departamenti rahbari
Mavzu: Bozorning qayeri hali bo‘sh?
🔹 13:00–13:30 Shahzod Xaydarov, Synthesis agentligining kreativ kopirayteri
Mavzu: Jaydari Marketing
🔹 13:30–14:30 — Tushlik tanaffusi
🔹 14:30–15:00 Guzal Gapilova, iTV platformasining Marketing direktori
Mavzu: Brend pozitsiyalash va brend tanlash sabablari
🔹 15:00–15:30 Sarvar Niyazov, BRB (bank) marketing departamenti direktori
Mavzu: Keyslarda ko‘rsatilmaydigan marketing
🔹 15:30–16:00 Inara Asanova, Asl Baraka brend kommunikatsiyalari va PR departamenti Rahbari
Mavzu: Tokchadagi REPUTATSIYA. FMCGda brendga bo‘lgan ishonchni qanday boshqarish mumkin
🔹 16:00–16:30 Sevara Asamova, Mustaqil brend-strateg
Mavzu: Brend ham odammi? Har tomonga ketgan kommunikatsiya haqida
🔹 16:30–17:00 Izzatullo Khabibullaev, Meridians Marketing kompaniyasi hammuassisi
Mavzu: Telegram Ads'da qanday qilib real natija olish mumkin: strategiyadan sotuvgacha
🔹 17:00–17:30 Oybek Abduxalimov, PureMilky marketing direktori
Mavzu: Sizning eng yaxshi sotuvchingiz — do'koningiz. Biznesdagi tijoriy obyektlarni kuchli marketing vositasiga aylantirish uslublari
🔹 17:30–18:00 Дмитрий Калганов, Head of Client Data Platform at ANORBANK , Сабрина Низаева, Marketing lead at ANORBANK
Тема: Реклама по адресу: как данные помогают попадать в потребность клиента
🔹 18:00–18:30 Валерий Ахвердян, Региональный директор Native Network Central Asia
Тема: Эволюция узбекского интернета: 5 лет трансформации и появление Native Network

🗓 10-oktyabr | Hyatt Regency Tashkent
📍 Local Opportunities
❗️ Ballroom II | 12:00 - 18:00

🖥 Dastur va chiptalar festival veb-saytida.

🎟 Tashkilotchilar bilan bog‘lanish uchun: +99897 402 28 20

🚀 TAF!26
  • 🔥 3
  • ❤ 1
Post #5529 1.61K
TAF! festivaliga barcha topshirilgan arizalarning faqat 22% qismi finalga oʻtibdi.

Odamlarda mahalliy festivallarda yutish oson degan stereotip bor. Oldin shunaqa bo'lgan boʻlishi mumkin, chunki bozor ham, festival ham yangi boʻlgan. Hozir mana, deyarli 80% arizalar finalga chiqmagan. Ish topshirganlar buni sezadi.

Jami 484 ta ariza topshirilgan (196 ta keys). Masalan bitta keys, uchta kategoriyaga topshirilgan bo'lsa, demak bu uchta ariza. Finalga esa faqat 108 ta ariza oʻtgan (62 ta keys). Foiz faqat arizalarga nisbatan hisoblandi.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
  • ⚡ 8
  • 👍 7
  • 🔥 4
  • ❤ 2
  • 😁 2
  • 🤷‍♂ 1
Post #5528 1.6K
TAF! festivali shortlisti e’lon qilindi

Oʻzbekistonning TAF! xalqaro festivalining finalchilari e’lon qilindi. Roʻyxat bilan rasmiy saytda tanishish mumkin:

taf26.marketing.uz/#shortlist

TAF! Oʻzbekistonda paydo boʻlganiga qaramay, allaqachon xalqaro festivalga aylangan. Bugungi kunda, festivalga Qozogʻiston, Ozarbayjon, Rossiya, Belarusiya kabi davlatlardan ishlar topshirilgan. Hay’at a’zolari ham, dunyoning kuchli mutaxassislari.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
  • 🔥 6
  • 👍 3
  • ❤ 1
  • 😢 1
Post #5526 2.18K
Haqqim Bor roligi ikki karra LIA sovrindori boʻldi

Bugun London International Awards natijalari e’lon qilindi. Ushbu nufuzli festivalda, birinchi bor Oʻzbekistonlik ish gʻolib boʻldi. Bu haqda Ijtimoiy Himoya Milliy Agentligi e’lon qildi.

Haqqim Bor - roligi ikki nominatsiyada gʻalaba qozondi:

Gold - Cinematography
Silver - Direction

Kuni kecha, Synthesis kreativ agentligi va Ijtimoiy Himoya Milliy Agentligi shu ish bilan Jolborsda uchta oltin, yilning eng yaxshi agentligi va yil mijozi unvonlarini olishgan edi.

Hamkasblarimizga yana bir bor tabriklarimizni yoʻllab qolamiz.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
  • 🔥 19
  • ❤ 3
  • 👍 2
Post #5525 3.64K
MrBeast Oʻzbekistonga kelyapti

MrBeast taxallusi bilan mashhur bloger Oʻzbekistonga kelib, tadbirda ishtirok etarkan. Blogerni Oʻzbekiston Madaniyat va San’atni Rivojlantorish Jamgʻarmasi taklif qilgan. Bu haqida jamgʻarma oʻz ijtimoiy sahifalarida e’lon qilgan.

Tadbir 9-oktyabrda boʻlib oʻtadi. Kirish bepul, lekin roʻyxatdan oʻtib, tasodifiy tanlovni kutish kerak.

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
  • 🔥 17
  • ❤ 9
  • 👍 3
  • 💯 1
Post #5524 2.03K
Markaziy Osiyo kreativlik festivali - Jolbors g‘oliblarni e’lon qildi

Shu dam olish kunlarida Jolbors festivali 15 yilligini nishonladi va ikki yo‘nalishda g‘oliblarni e’lon qildi. Biri mintaqaviy (Central Asia Awards), ikkinchisi xalqaro (International Awards). Har ikkisida alohida g‘oliblar aniqlandi. Agar agentlik ikkisiga ham ish topshirgan bo‘lsa, 2 marta sovrin olish imkoniyati ham bor edi (yoki ikkisida ham quruq qolishi, uzr). Ba’zilar shunday qilgan, ba’zilar esa faqat 1ta yo‘nalishga ish topshirgan.

Avvalo, bizni quvontirgan xabar. Xalqaro yo‘nalishda O‘zbekistonning Synthesis kreativ agentligi "yilning eng kreativ agentligi" deb topildi va umumiy hisobda birinchi o‘rinni egalladi. Bu kichkina gap emas. Chet el agentliklari, BBDO Bangkok, Droga5 Tokyo, VML Thailand, Voskhod, Leo Burnet, GeForce Grey, Ogilvy kabi raqobatchilar qatorida birinchi bo‘lish oson ish emas.

Client of the Year unvoniga esa, Ijtimoiy Himoya Milliy Agentligi ega bo‘ldi. Davlat tashkiloti, kreativ festivalda, yilning eng kreativ mijozi. Mijozga ham, Sintez agentligiga ham qoyil va TABRIKLAR 🎉

International yo‘nalishda O‘zbekistondan boshqa g‘oliblar ham bor: Beshqozon, GForce Uzbekistan Korzinka ishi uchun va 605 agentligi Texnomart ishi bilan.

Grand Prix sovrinini - VML Thailand oldi.

Mintaqaviy (Central Asia) yo‘nalishida esa, Qozog‘istonning SEED agentligi birinchi o‘rinni egalladi.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
  • 🔥 14
  • ❤ 8
  • 😱 2
  • 👍 1
  • 🎉 1
Post #5522 2.95K
Marketing bo'limi Filippinlik Raymund Sison ham nutqini Assalomu Alaykum bilan boshladi 🙌 Mavzusi qiziq ))
Haqiqatdan Oʻzbekistonda yashab turib, kommunikatsiyalarida oʻzbek tiliga e’tibor bermaydigan “ekspertlar” haligacha ham yetarlicha.

Ularga oyna boʻlsin-ki, mana shu 1-2 kunga Filippindan, BAA’dan, Hindistondan kelganlar, mahalliy tilga kichkinagina hurmatlarini koʻrsatyaptilar. Assalomu alaykum, rahmat - soʻzlarini katta sahnadan aytib. Zalda oʻtirganlarga oʻrnak sifatida.

Marketingizni oʻzbek tilida yuriting. Oʻzbekistonliklar uchun yuriting, chet elliklar uchun emas. Oddiy insonlar uchun yuriting, marketolog va CEO’lar uchun emas 🙌

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
  • 👍 45
  • 🔥 16
  • ❤ 13
  • ⚡ 1
Post #5521 2.3K
Filippinlik Raymund Sison ham nutqini Assalomu Alaykum bilan boshladi 🙌

Mavzusi qiziq ))
  • 🔥 17
  • 😁 9
  • ❤ 3
  • 🤔 3
  • 🤷‍♂ 2
  • ⚡ 1
Post #5519 2.08K
Marketing bo'limi Toshkentda oʻtkazilyapti.
BAA’dan kelgan birinchi spiker, Vidya Manmohan oʻz ma’ruzasini “Assalomu alaykum” salomi bilan boshladi. “Katta Rahmat” bilan yakunladi.
  • ❤ 12
  • 👍 8
  • 🔥 4
  • 😁 4
Post #5518 2.28K
Jolbors bastandi

Toshkentda Jolbors kreativlik festivali boshlandi. Qirgʻizistonda boshlanib, keyin Qozogʻistonga koʻchgan festivalga bugun 15 yil boʻldi. Oxirgi ikki yildan beri Jolbors Toshkentda oʻtkazilyapti. Bugun Jolbora Markaziy Osiyodagi eng kuchlo festivallardan.

15 yil avval 5-10 kreativchilardan boshlangan bu tadbirda, bugun Droga5, BBDO, Ogilvy kabi gigant agentliklar dunyoning turli davlatlaridan qatnashyapti.

Bugun bu festivalda biron bir sovrin olish, ishingiz dunyo darajasida sifati va kreativligi kuchli ekanligini koʻrsatadi.

Ikki kun eksklyuziv bilim, leksiyalar, tajriba, networking va ishlarning razbori boʻladi.

Bugun kechqurun va ertaga 3 xil yoʻnalishda gʻoliblar taqdirlanadi:
Central Asia Awards (bugun)
Young Awards (bugun)
international Awards (ertaga)

Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
  • ❤ 8
  • 🔥 4
  • 🤝 2
Post #5517 3.35K
Ishlash uchun dunyodagi eng zo'r kompaniyalar

Forbes har yili Statista bilan birga "dunyodagi eng yaxshi ish beruvchilar" ro'yxatini chiqaradi. Bu yilgisi kecha e'lon qilindi.

Qiziq tarafi, bu reyting boshliqlar yoki ekspertlar emas, xodimlarning o'zi tomonidan tuzilgan. 52 davlatda 300 000 xodim so'rovdan o'tgan. Ishtirokchillar oddiygina - "shu kompaniyada ishlashni do'stingga tavsiya qilasanmi?" - degan savolga javob berishgan. Qo'shimchasiga, sabablar ham sanab o'tilgan.

Mana sizga TOOOOP 15 ishlash uchuyn eng yaxshi kompaniyalar:
1. Microsoft
2. Delta Air Lines
3. Shopify
4. Costco Wholesale
5. NVIDIA
6. Adobe
7. Apple
8. Sony Group
9. Alphabet (Google)
10. Lego Group
11. Nintendo
12. Rolex
13. IBM
14. Airbus
15. BMW Group

Nega aynan ular yuqorida? Xodimlar quyidagilarni yuqori baholashgan:
— munosib maosh va imtiyozlar
— o'sish va karyera imkoniyati
— qo'llab-quvvatlaydigan muhit, sog'lom menejment
— moslashuvchan ish sharoiti

Forbes'ning o'zi yozishicha - odamlar bugun shunchaki maosh uchun emas, munosabat, o'sish va ma'no uchun ishlaydi. Employer brending degani ham aynan shu.

Ro'yxatda bitta ham o'zbek va Markaziy Osiyo kompanilar yo'q. Hozircha. Bizda ko'p kompaniya hali jamoa bilan pullik munosabatlarda va 1-2 ta mayda choyxonacha, team building'chalar atrofidamiz. Ammo iste'dod uchun raqobatni his qilish, iste'dodlarni izlash, ushlab qolish, ichki muhit yaratish tushunchalari hozircha ba'zi katta kompaniyalarda bor xolos. Hammasi hali oldinda ❤️‍🔥 Kim HR brend qurish muhimligini, xodimlar bilan munosabatni o'nglash, ichki muhitni sog'lomlashtirish muhimligini birinchi
tushunsa, eng zo'r odamlarni o'sha kompaniya yig'ib oladi.

Kelajakda shu ro'yxatda O'zbekiston kompaniyalarini ham ko'raylik, in shaa Alloh.

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
  • 🔥 18
  • ❤ 12
  • 👍 4
  • 🙏 1
  • 🆒 1
Post #5516 2.96K
Yana bir taksi xizmati ish boshlash arafasida

Internetda tarqalgan xabarlarga koʻra, Toshkentga yangi taksi xizmati kirib kelyapti. Mashinalarda Assalom Go nomi yozilgan.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
  • 👍 26
  • ❤ 2
Post #5515 3.92K
Marketingning kelajagi sun’iy intellektmi?

Forbes 150dan ortiq marketing direktorlari ishtirokida sammit o‘tkazdi. Eng asosiy xulosalar quyidagilar ekan.

#1 - Ishonch haqida gapirilmaydi, u takrorlar orqali qozoniladi. "Biz katta brendmiz" degan gaplar o‘rinsiz. Har bir munosabatlarda, va’dalarga davomiy ravishda amal qilish orqali ishonch paydo bo‘ladi.

#2 - S.I o‘ylab topishni tezlashtiradi, did esa hali ham sizni ajratib turadigan narsa. Texnologiyalar doim ishlab chiqishni tezlashtirgan. Lekin nozik g‘oyalar, tanqid, esda qolarli emotsional holatlar hali hamon avtomatizatsiyadan ko‘ra qiyinroq narsani: ya’ni didni talab qiladi.

#3 - Marketingning kelajagi hali ham insonlar. Texnologiyalar ish qurollarini o‘zgartiraveradi. Lekin maqsad o‘zgarmayapti: insonlarni tushunish, aloqalar o‘rnatish va qayg‘urish uchun arzirli narsalarni paydo qilish.

Forbes CMO Summit Nyu Yorkda 3 kun avval o‘tkazilgan. Xulosalarni ingliz tilidan tarjima qildik.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
  • ❤ 21
  • 👍 13
  • 💯 7
  • 🔥 4
Post #5514
Live stream finished (1 hour)
Post #5512 3.48K
Landi-landi, 6-mavsum boshlandi! 🥳

Barcha intiqlik bilan kutgan "Duv-Duv Gap" kreativlik maktabiga qabul rasman ochildi.

Marhamat, hoziroq havola orqali ro'yxatdan o'ting va o'quvchimizga aylaning 👇

duvduvacademy.uz

Bu mavsumda bor yo'g'i 30 nafar o'quvchini qabul qilamiz.
Telegram Duv-Duv Gap kreativlik maktabi Oʻzbekistondagi birinchi kreativlik maktabi. Bilim + tajriba. Marketing, strategiya, kreativ yo'nalishlarida bilim olasiz va real loyihalarda tajriba orttirasiz. Aloqa uchun: @duvduvgap_manager Web sahifamiz: https://duvduvacademy.uz
  • ❤ 4
  • 🔥 4
  • 👍 1
  • 🤔 1
Post #5499
Live stream started
Older posts →

About this channel

How can I read @marketingbolimi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Marketing bo'limi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Marketing bo'limi have?
Marketing bo'limi (@marketingbolimi) has 9.94K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Marketing bo'limi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →