TGViewer
Channel Public Channel
Biznesreport.uz - bank, biznes, iqtisod

Biznesreport.uz - bank, biznes, iqtisod

@biznesreport

Mahalliy va dunyo biznes, bank, iqtisod yangiliklari

Veb-sayt - biznesreport.uz
Instagram - instagram.com/biznesreport.uz

Savollar va takliflar uchun - @maqompr
Subscribers
859
Photos
2.5K
Videos
58
Links
1.7K
Recent Posts 20 shown
Post #12767 59
Dollar kursi nimaga bogʻliq?

Dollar kursi — bu uning oʻzbek soʻmi yoki boshqa valyutadagi narxi. Koʻpchilikning fikricha, banklar almashuvdan daromad qilish uchun ataylab uning narxini oshirib boradi.

Aslida, kurs oʻzgarishiga boshqa sabablar ham mavjud. Keling, koʻrib chiqamiz!

Dollar kursi quyidagilarga bogʻliq:

💱 Talab va taklif. Talab — odamlarning nimadir sotib olishga boʻlgan xohishi. Agar dollarga talab yuqori boʻlib, taklif cheklangan boʻlsa, kurs koʻtariladi.

🌍 Mamlakat va jahon iqtisodiyoti. Agar mamlakatda iqtisodiyot rivojlansa va inflatsiya darajasi past boʻlsa, odamlarga dollar kerak boʻlmaydi, ular soʻmda pul yigʻa boshlaydilar va kurs tushadi.

Ammo narx-navo koʻtarilib, daromad pasayib ketsa, odamlar pullarini saqlab qolish uchun uni dollarga oʻgirib qoʻyishni boshlaydilar. Shu sababli kurs koʻtariladi.

Qolaversa, dollar — xalqaro valyuta. Agar dunyoda krizislar, urushlar yoki boshqa muammolar yuzaga kelsa, odamlar uni sotib oladilar. Bu ham dollar kursini oshiradi.

🛫 Xalqaro pul oʻtkazmalari. Bu Oʻzbekistonga boshqa davlatlardan yuboriladigan pul oʻtkazmalari. Mamlakatga investitsiyalar kamayganda va xorijdan pul oʻtkazmalari qisqarganda, kurs koʻtariladi.

🏦 Markaziy bank siyosati. Markaziy bank kursni dollar sotish yoki sotib olish, foiz stavkalarini oʻzgartirish va umumiy pul miqdorini nazorati orqali boshqaradi. Agar bank koʻp dollar sotsa, kurs pasayadi, agar kam sotsa — oshadi.

💰 Tashqi qarz va import. Chet el kreditlarini to‘lash va boshqa davlatlardan xarid qilingan tovarlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun davlatga dollar kerak bo‘ladi. Kreditlar qancha ko‘p bo‘lsa va savdo qanchalik faol bo‘lsa, dollarga bo‘lgan talab oshadi va kurs doimiy ravishda ko‘tariladi.

Agar mamlakat ko‘p miqdorda o‘z mahsulotlarini eksport qila boshlasa, ularning sotilishidan byudjetga dollar tushadi va valyuta kursi pasayishi mumkin.

Avvalroq, O‘zbekistoning tashqi qarzi qanchaga yetgani haqida ma‘lumot bergan edik.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • 👍 1
  • 🔥 1
Post #12766 116
KDB banki O'zbekiston bozorini tark etishi mumkin

Koreya taraqqiyot banki (Korea Development Bank, KDB) xalqaro tarmog'ini qayta tuzish rejasini ko'rib chiqmoqda. Bank rasmiy sayti xabariga ko'ra, 25 ta davlatda faoliyat yuritadigan bank ayrim yo'nalishlarni yopishi, ayrimlarini kengaytirishi, ba'zilarini esa sotishi mumkin. Sotilishi mumkin bo'lganlar ro'yxatida O'zbekiston ham bor.

Ammo qaror hali qabul qilinmagan

Shuni alohida ta'kidlash kerak: KDB rahbariyati ichida O'zbekistondan chiqishga qarshi bo'lganlar ham bor. Hozircha hech qanday yakuniy qaror yo'q va u qanday bo'lishi noma'lum.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • 🔥 1
Post #12764 266
🛍 Chegirmalar — haqiqiy foydami yoki illyuziya?

«Faqat bugun!», «70% chegirma!», «O‘tkazib yubormang!» — bunday shiorlarni deyarli har kuni ko‘ramiz: do‘konlar peshtoqida, internet reklamalarida yoki telefonimizdagi xabarnomalarda.

👻 Bu chegirmalar bizni xarid qilishga undaydi. Ammo shu savol o‘rinli: chegirmalar — haqiqiy foydami yoki marketing illyuziyasi?

Chegirmalar qanday ishlashi, psixologik tuzoq va aksiyalarda kim g'olib bo'lishini bu yerda batafsil bilib oling!

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #12763 403
Biznesreport.uz - bank, biznes, iqtisod 🇺🇿🇰🇬 Shavkat Mirziyoyev Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifi bilan 30-iyul - 1-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qirg'zi Respublikasida bo'ladi. Tashrif davomida davlat rahbati Markaziy Osiyo va Ozarbayjon respublikalarining maslahatlashuv…
🇺🇿🇰🇬O'zbekiston va Qirg'iz Respublikasi o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari o'rnatildi.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • ❤ 1
Post #12762 411
Bank qutichasi nima? Bilasizmi?

🗳 Bank qutichasi — mijozlarning qimmatbaho buyum, qogʻoz yoki mablagʻlari xavfsiz saqlanadigan joy.

Bank qutidagi pullar omonatlardan farq qiladi.


🔵Xo'sh, qanday farq qiladi?
🔵Nimalar saqlash mumkin?
🔵Qutichalarga buyum joylash uchun nimalar qilish kerak?


➡️Batafsil bu yerda bilib oling!

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • ❤ 1
Post #12761 248
🇺🇿🇰🇬 Shavkat Mirziyoyev Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifi bilan 30-iyul - 1-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qirg'zi Respublikasida bo'ladi.

Tashrif davomida davlat rahbati Markaziy Osiyo va Ozarbayjon respublikalarining maslahatlashuv kengashida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Post #12760 239
Alif Bank Tojikistonda Apple Pay’ni ishga tushirdi!

Endi Alifning Visa yoki Mastercard kartasini Wallet’ga qo‘shish va iPhone yoki Apple Watch orqali to‘lash mumkin.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • 🔥 2
Post #12758 260
🛍 Chegirmalar — haqiqiy foydami yoki illyuziya?

«Faqat bugun!», «70% chegirma!», «O‘tkazib yubormang!» — bunday shiorlarni deyarli har kuni ko‘ramiz: do‘konlar peshtoqida, internet reklamalarida yoki telefonimizdagi xabarnomalarda.

👻 Bu chegirmalar bizni xarid qilishga undaydi. Ammo shu savol o‘rinli: chegirmalar — haqiqiy foydami yoki marketing illyuziyasi?

Chegirmalar qanday ishlashi, psixologik tuzoq va aksiyalarda kim g'olib bo'lishini bu yerda batafsil bilib oling!

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • 🔥 2
Post #12757 238
Markaziy Bank asosiy stavkani o'zgarishsiz qoldirdi

Bugun Markaziy Bankning navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishdi bir qator masalalar, xususan, asosiy stavka qanday bo'lishi ham ko'rib chiqildi. Regulyator stavkani o'zgarishsiz 14% holatida saqlab qolish to'g'risida qaror chiqardi.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • 🔥 2
Post #12752 1.91K
Milliarder Baffet pul sarflash befoyda bo‘lgan 5 ta narsa haqida gapirdi

Milliarder Uorren Baffet mablag‘larni oqilona sarflash va investitsiya qilishdagi ajoyib intizomi bilan mashhur.

💰 Newtraderuʼning yozishicha, Baffetning yondashuvi boylik to‘plashga xalaqit beradigan keng tarqalgan xarajatlar tuzoqlaridan qochish imkonini beradi.

Uning fikricha, yangi avtomobil sotib olmaslik kerak.


Batafsil bu yerda

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Post #12751 1.29K
Bolalar nafaqasi miqdori oshdi, lekin oluvchilar 2 barobar qisqardi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy yordamlar, ayniqsa bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar soni va hajmida keskin o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Davlat statistikasiga ko‘ra, 2024–2025-yillar oralig‘ida bolalar nafaqasi oluvchilar soni deyarli ikki baravarga kamaydi.

➡️ Raqamlar nima deydi?

Telegram I Instagram I Veb-sayt
Post #12750 768
🔻 Mobiuz davlat ulushini xususiylashtiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Universal Mobile Systems (Mobiuz) kompaniyasining ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

Savdo jarayoni xalqaro ochiq va raqobatli shaklda tashkil etiladi. Unda mahalliy va xorijiy investorlar ishtirok etishi mumkin.

Jarayonga quyidagi nufuzli konsultantlar jalb etilgan:

⭐️Rothschild & Co – bitim bo‘yicha yetakchi strategik va moliyaviy konsultant;

⭐️KPMG – moliyaviy konsultant hamda moliyaviy, soliq va yuridik ekspertiza (vendor due diligence) o‘tkazuvchi;

⭐️Deloitte – mustaqil baholovchi.

Arizalar moliyaviy imkoniyat, qonuniylik va sanksiyalar bilan bog‘liq cheklovlarning yo‘qligi asosida ko‘rib chiqiladi.

⚠️ Davlat kompaniyalari va xalqaro sanksiyalar ostidagi subyektlar tanlovda ishtirok eta olmaydi.


Savdo jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • 😨 2
  • 👎 1
  • 🤔 1
  • 🤩 1
Post #12749 517
2024-yilda har ming odamning 224 nafarida kredit bor — Markaziy bank

O‘tgan yili banklardan kredit olgan jismoniy shaxslar soni 4,7 mln kishini tashkil etgan. Bu 2023-yildagidan 18% ga ko‘p.

📇 “2024-yil yakunida har ming kishining 224 nafarida kredit mavjud, bu 2023-yilga nisbatan 31 kishiga ortgan”, deyiladi sharhda.

Taqqoslash uchun, 2020-yil boshida har ming kishidan 100 nafardan ko‘prog‘ida bankdan qarz bor edi.


Kreditlarning to‘rtdan biri mikroqarzlarga to'g'ri keladi

🤑 Aholi nega kredit olmoqda?

➡️ Batafsil bu yerda

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • 👍 1
Post #12748 475
Dollar kursi uch kun ketma-ket tushmoqda

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 10-iyun kuni O‘zbekiston so‘miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.

Dollar kursi 12 712,05 (-65,47) so‘mni tashkil etdi, yevro ham 65,86 so‘mga tushib, 14 524,79 so‘mni tashkil etdi.

Boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo‘ldi:

🔵funt sterling — 17 252,79 so‘m (-79,92);
🔵rubl — 161,10 so‘m (-0,44);
🔵Xitoy yuani — 1 769,74 so‘m (-9,81);
🔵Yaponiya iyenasi — 88,21 so‘m (-1,01);
🔵Qozog’iston tengesi — 25,03 so‘m (0,00).

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • ❤ 1
Post #12747 405
Markaziy bank oltin zaxiralari yana rekordni yangiladi

🥇 Xususan, O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari $410,2 mlnga oshib, rekord darajaga — $49,66 mlrdga yetdi.

Chet el valyutasidagi zaxiralar $11 mlrddan $11,4 mlrdgacha ko‘paygan. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar hajmi ham o‘sib, bir oyda $703,9 mlndan $706,3 mlnga yetgan.

Ammo may oyida oltin narxi 0,2% ga pasayib, bir unsiya uchun $3 284,6 bo‘lgan.


Batafsil

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • 👍 1
Post #12746 391
🔂 Hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi qanday?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasining hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi quyidagicha:

🔵Qoraqalpog‘iston Respublikasi – $208,8 mln;
🔵Andijon viloyati – $1,2 mlrd;
🔵Buxoro viloyati – $461,3 mln;
🔵Jizzax viloyati – $528,4 mln;
🔵Qashqadaryo viloyati – $316,1 mln;
🔵Navoiy viloyati – $526,8 mln;
🔵Namangan viloyati – $477,3 mln;
🔵Samarqand viloyati – $1,2 mlrd;
🔵Surxondaryo viloyati – $271,6 mln;
🔵Sirdaryo viloyati – $246,7 mln;
🔵Toshkent viloyati – $1,8 mlrd;
🔵Farg‘ona viloyati – $678,5 mln;
🔵Xorazm viloyati – $251,4 mln;
🔵Toshkent shahri – $8 mlrd.

Ma'lumot uchun: Raqamlar yaxlitlangan.

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #12745 399
Bank qutichasi nima? Bilasizmi?

🗳 Bank qutichasi — mijozlarning qimmatbaho buyum, qogʻoz yoki mablagʻlari xavfsiz saqlanadigan joy.

Bank qutidagi pullar omonatlardan farq qiladi.


🔵Xo'sh, qanday farq qiladi?
🔵Nimalar saqlash mumkin?
🔵Qutichalarga buyum joylash uchun nimalar qilish kerak?

➡️Batafsil bu yerda bilib oling!

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • ❤ 3
  • 👍 2
Post #12744 470
Ⓜ Toshkent metropoliteni 6-iyun kuni 7 soat davomida bepul ishlaydi

6-iyun – Qurbon hayiti kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tonggi soat 3:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.

Soat 3:00 dan 10:00 ga qadar esa yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.

– 7-iyun — shanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha;

– 8-iyun — yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan ish boshlanadi.

❌ Toshkent shahrining ayrim ko’chalarida harakat soat 00:00 dan 08.00 gacha cheklanadi.

➡️ Batafsil ro‘yxat bilan bu yerda tanishing

Telegram I Instagram I Veb-sayt
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @biznesreport without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Biznesreport.uz - bank, biznes, iqtisod: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Biznesreport.uz - bank, biznes, iqtisod have?
Biznesreport.uz - bank, biznes, iqtisod (@biznesreport) has 859 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Biznesreport.uz - bank, biznes, iqtisod know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →