TGViewer
Channel Public Channel
Birburchak

Birburchak

@qora_yigit

Kitoblar va ularning atrofidagi shaxsiy fikrlarim…

Hamkorlik uchun: @MKurbanof
Subscribers
7.63K
Photos
1.5K
Videos
380
Links
827
Recent Posts 20 shown
Post #3289 394
Bugun shanba!
Bayram bayramday boʻladigan kun. Shunday emasmi? 🙌

Alp nashr ikki yangi kitob chiqaribdi. Kirishnamurtining “Bilganingdan ozodlik” va Frans Kafkaning mening eng sevimli asarlarimdan biri boʻlgan “Jarayon”ni yangi seriyada nashr qilishibdi.

©️Hali Kafkaning boshqa kitoblari ham ayni seriyada nashr etilarkan. Kutamiz, oʻqiymiz. Sovgʻa uchun esa nashriyot vakillariga rahmat.


➡️@qora_yigit
  • 🔥 10
  • ❤ 5
  • 💋 2
  • 👍 1
Post #3288 670
Bugun shanba!
Bu hamma kazo-kazolar oʻzini koʻrsatadigan, maqtanchoqlik qiladigan kun 😃


Yana bir yangi nashriyot ochilibdi “Nobel press” nomi ostida. Ilk kitobi esa Sa’dullo Quronovning “Galaktikada bir kun” turkum kitoblari boʻlibdi.

❗️
Ma’lumot uchun:
Bu kitoblar anchadan beri sotuvda yoʻq edi. Bundan tashqari turkumning 4-qismi ham yozilmoqda deb eshitdim. Shunday sifatli kitoblar va sovgʻa uchun nashriyotga rahmat.


Xoʻsh, siz shanbagacha qanday kitoblar sovgʻaga oldingiz yoki xarid qildingiz? Izohlarda behijolat maqtanib ketishingiz mumkin 🥶

➡️@qora_yigit
  • ❤ 10
  • 🔥 5
  • 🤩 4
Post #3287 849
Goʻsht yeydigan darajada boy, tishlarini davolatolmaydigan darajada kambagʻalman…

2,5 soatdan beri tish orasiga tiqib qolgan goʻsht boʻlakchasini ololmay xunobman 😁
  • 😁 51
  • 🤣 25
  • 🍓 2
  • 👀 2
Post #3286 934
#finished

Ernest Heminguey — “Alvido, qurol”

Urushdan tirik qaytgan odam o'zining avvalgi hayotiga ham qayta oladimi? Qoʻl-oyogʻi butun, gapiradi, kuladi, ovqatlanadi. Tashqaridan qaraganda hammasi joyida. Ammo u ilgari ishongan narsalariga endi ishonmasa, ertangi kun haqida oʻylaganda koʻz oldiga hech nima kelmasa-chi? Nazarimda, urushning eng uzoq davom etadigan dahshati ham shu joydan boshlanadi.

Ernest Hemingueyning “Alvido, qurol!” romanida ana shu ichkaridan yemirilish amerikalik leytenant Frederik Genri hayoti orqali koʻrsatiladi. Birinchi jahon urushi, Italiya fronti, yaradorlar, loyga botgan yoʻllar va nima uchun oʻlayotganini oʻzi ham yaxshi tushunmaydigan odamlar. Bunday joyda uzoqdan turib aytiladigan shon-sharaf, jasorat haqidagi gaplarning mazmuni ham oʻzgarib ketarkan. Chunki bu gaplar kimningdir uzilgan oyogʻini qaytarib bermaydi, kimnidir ertaga oʻlishdan asrab qolmaydi.

Muallif urushning maʼnosizligini kitobxonning qulogʻiga qayta-qayta quyishga urinmaydi. Odamlarning gaplarini, buyruqlarni, qoʻrquv ichida qilingan ishlarni koʻrsatadi.

Genrining urushga, burchga va oʻzi xizmat qilayotgan tizimga munosabati ham ana shunday vaziyatlarda oʻzgarib boradi. Urushga qandaydir ishonch bilan kirib, undan ishongan narsalarini yoʻqotib chiqqan butun bir avlodning holati bor bunda. “Yoʻqotilgan avlod” degan tushunchaning ichida qancha singan odam yashayotganini shunday asarlarni oʻqiganda yaxshiroq his qilasiz.

Shu oʻrinda Hemingueyning yozish uslubi haqida ham gapirib oʻtish kerak. Baʼzan qahramonlar shunchaki ovqat, ichimlik yoki ob-havo haqida gaplashib oʻtirishadi. Ammo oʻqiyotib ularning aytayotganidan koʻra aytmayotgan gapi koʻproq ekanini sezib turasiz. Hayotda ham ichida ogʻir dardi bor odam har doim oʻsha dard haqida gapiravermaydi.

Genri va ingliz hamshirasi oʻrtasidagi munosabatlarni ham ana shu urushdan, yoʻqotishlardan ajratib tushunish qiyin. Ularning bir-biriga yaqinlashishida yolgʻizlikdan qochish, kimningdir yonida oʻzini xavfsiz his qilish istagi bor. Atrofda hamma narsa buzilayotganida hech boʻlmasa bitta inson bilan bogʻliqliging buzilmasligini xohlaysan-da. Seni kutadigan, tirik qolishing unga kerak boʻlgan odamning borligi yashashga ham sabab beradi.

Ammo inson oʻzini qiynayotgan joydan ketgani bilan hamma ogʻriqlaridan ham qutula oladimi? Genri va Ketrin uchun osoyishta hayotning oʻzi kifoyadek. Kitobxon sifatida sen ham ulardan ortiqcha narsa kutmay qoʻyasan. Shu ikkisi tinchgina yashasa boʻldi deysan. Heminguey esa oʻquvchining aynan shu oddiy istagini ham qanchalik himoyasiz ekanini his qildiradi...

Xullas, “Alvido, qurol!” odamning urushda nimalarini yoʻqotishi haqida uzoq oʻylatadigan kitob. Hayotini asrab qolgani bilan kishi ishonchini, xotirjamligini, kim bilandir qurmoqchi boʻlgan hayotini yoʻqotishi mumkin. Bularning hisobini esa urush tugagach eʼlon qilinadigan raqamlardan topolmaysiz...

➡️@qora_yigit
  • 👍 8
  • 🔥 4
  • ❤ 3
  • 😍 1
Post #3285 1.02K
Kimdirlar badiiy adabiyotni hissiyotlari uchun, kimdirlar esa qiziqarli syujeti uchun, yana kimdirlar esa badiiy asarlarni qandaydir bilimlar o'rgatgani uchun yoqtiradi.

Teador Drayzer asarlari ana shu uchlikni o'zida birlashtirib, qorishtirib beradi. Balki shuning uchun ham "Amerika fojiasi"ga shunchalar sho'ng'ib ketdibmanki qanday qilib ikkinchi kitobga o'tganimni bilmay qolibman.

Bu asarni o'qib ko'rmaganlarga bunaqa rohatdan tezroq bahramand bo'linglar degan bo'lardim. Ham voqealardan, ham tuyg'ular tasviridan, ham ensiklopedik so'z boyligidan maza qilasiz.

➡️@qora_yigit
  • 🔥 16
  • ❤‍🔥 7
  • 🤩 3
  • 👍 2
Post #3284 1K

Forwarded from Shoshmasangchi... (Rights and Licencing)

Муаллифлик ҳуқуқлари билан ишлашим ҳақида аввал ҳам ёзгандим. Китоб ўзбек тилида нашрдан чиққач, муаллифнинг ўзига ҳам бир неча нусҳада юборилади. 1000 китоб лойиҳасида нашрдан чиққан китобларни ҳам муаллифларга юборганимизда, мана шундай бир хат келди. Ëзувчи оламдан ўтган, китобни эса аёли қабул қилиб олган. Унинг ёзганларини ўқиб, фақатгина агентлар, ҳужжатлар, шартномалар билан эмас, балки қалблар билан ҳам ишлашимизни англадим. Агар сизнинг ҳам марҳум бир яқинингиз ёзган китоб бошқа бир тилга ўгирилиб, қўлингизга етиб келса, ўзингизни қандай ҳис қиласиз? Соғинч, қўмсаш, қайғу ва хурсандчилик аралаш ҳислар ўтадими?

@Shoshmasangchi...
  • 😢 27
  • 🔥 11
  • 💔 8
  • 👍 4
  • ❤ 3
Post #3283 1.1K
Turkiyaning "Ithaki" nashriyoti "Qora to'rtlik" nomli to'plam sotuvga chiqaribdi.

Unda Zamyatinning "Biz", Hakslining "Ajib yangi dunyo"si, Oruellning "1984" asari va Bredberining "Farengeyt bo'yicha 451 gradus" romani joy olgan.

Bu kitoblarning barchasida total nazorat, inson erkinligining cheklanishi, jamiyatni boshqarishning qorong‘i tomonlari yoritiladi.

Bizda ham shu kabi mavzulashtirib 4-5 kitobdan iborat to'plamlar qilinsa yaxshi bo'larkan. Hozircha asosan muallif nomi ostida birlashtirishmoqda bunday to'plamlarni.


➡️@qora_yigit
  • 👏 24
  • 🔥 13
  • ❤ 5
  • 🤩 2
  • 👎 1
Post #3282 1.16K
Avgust oyining eng katta yangiliklaridan biri “Sofiyaning dunyosi” deb oʻylayman. Har tomonlama katta va sifatli kitob boʻlgan. Bundan tashqari ham ilmiy-ommabop, badiiy va diniy yoʻnalishlarda salmoqli kitoblar premyera qilindi.

Avgust oyi yangiliklari bilan tanishing:
➡️ https://youtu.be/YUj71WIZtoo

Sizningcha avgust oyida oʻzbek kitob bozoridagi eng katta yangilik qaysi kitob boʻldi? Izohlarda fikringizni yozib keting.

➡️@qora_yigit
  • 🔥 12
  • ❤ 6
  • 🤩 3
  • 🕊 1
Post #3281 1.32K
Menga yaqinlashma, sal uzoqroq tur,
Irkit kuchukchaga qaraganday boq.
Yoki boshim uzra qula-da bir pas,
Poyimda qadrimni bilmaganday oq...

Mayli, men sevguvchi "Kuz" bo‘l istasang,
Sarg‘ayib to‘kilsang tuta olmayin.
Istasang tuproq bo‘l, xohlasang osmon,
Sen qayda ekaning faqat bilmayin!

Tushlarimga kirgin, sim-siyoh tunlar.
Bunga chin ko‘ngildan bergayman izn.
(Maftunkor ko‘zlaring, cho‘g‘li ko‘zlaring...)
Kechalar yorishsin - yonganda ichim...

Yoki bir bog‘ bo‘lsang, ko‘ksida gullar,
Gullashing ko‘p kutsam, uzoqdan kutsam.
Umrim so‘ngida ham, sen gullamasang,
Iforing neligin men bilmay o‘tsam...

Qo‘lim yetmas bo‘lib ketsangda-ketsang,
Negadir aylansang yulduzmi, oymi?
Bir dunyo so‘rasang, (tilak tilasang)
Men topa olmasam, tag‘in shu joyni...

Nimadir ro‘y bersa shunga o‘xshagan,
Barchasi qulasa olis osmondan.
Armonga o‘xshagan bir nima bo‘lsang,
Shunda qo‘rqmasmidim, gulim, armondan...

©️Muhiddin Nido

➡️@qora_yigit
  • 🔥 15
  • ✍ 14
  • ❤‍🔥 7
  • 💔 4
  • 🐳 1
Post #3279 1.37K
Bu oyni Drayzerga bagʻishladim desa ham boʻladi.

Oy boshrogʻida shu muallifning katta asarlaridan biri “Sarmoyador”ni oʻqib chiqqandim. Oy yakuniga yaqinlashib esa yana ulkan asari “Amerika fojiasi”ni boshladim. Hozircha birinchi kitobdaman.

Bu muallifni SSSR davrida bekorga “sevib” tarjima qilishmagan-da. Chunki u asarlarida kapitalizmning insonlar hayotidagi achchiq va iztirobli izlarini juda kuchli ochib bergan.


Sizga muallifning qaysi asarlari juda yoqadi? Va aynan nimasi uchun?

➡️@qora_yigit
  • ❤ 13
  • 🔥 9
  • 👍 7
Post #3278 1.52K
Eshitdik-da! 🚨

1000 Kitob endi badiiy kitoblarni ham tarjima qilib, boshqa ilmiy kitoblar kabi kutubxonalarga tarqatadi. Mutolaaga ham chiqaradi.

Faqat bu yerda nozik bir nuqta bor. Loyiha hamma nashriyotlar tarjima qilayotgani kabi romanlarni emas nihoyatda ogʻir, yuqori saviyali, unchalik xaridorgir boʻlmagan, ammo oʻzbek kitobxoni oʻqishi shart boʻlgan asarlarni saralaydi. Ya’ni odatda nashriyotlar qoʻl urmaydigan kitoblarnigina tanlaydi.

Menimcha, bu juda yaxshi yangilik. Siz nima deb oʻylaysiz ishni qaysi asarlardan boshlashgani yaxshi, sizningcha?

➡️@qora_yigit
  • 🔥 35
  • ❤ 12
  • ⚡ 7
  • 👏 3
  • 🎉 3
Post #3277 1.32K

Forwarded from UFQ nashriyoti

Yangilik!

“UFQ” nashriyoti zamonaviy yapon yozuvchisi Yu Mirining “Tokyo Ueno Station” romanini oʻzbek tilida nashr etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Roman Yaponiyaning yaltiroq iqtisodiy moʻjizasi va modernizatsiyasi ortida qolib ketgan, unutilgan qashshoq qatlam, uysizlik muammosi hamda 2011-yildagi Fukusima fojiasining xalq hayotidagi oqibatlarini bor shafqatsizligi bilan ochib beradi.

©️ Kitob 2020-yilda AQShda Tarjima adabiyoti yoʻnalishida nufuzli National Book Award mukofotini qoʻlga kiritgan. Va shu yili New York Times tomonidan yilning eng eʼtiborga molik, oʻqilishi tavsiya etilgan muhim asarlari roʻyxatiga kiritilgan.


⚡️ UFQ nashriyoti
  • 🔥 23
  • ❤ 8
  • ❤‍🔥 7
  • 🤝 3
  • 🥰 1
Post #3274 1.58K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 16
  • 🤩 7
  • ❤ 6
  • 🔥 5
  • 😁 4
Post #3273 1.79K
Dagʻal umrlarni yashadik, gulim,
Bir necha visol-u, hijronli minglar.
Koʻngilning tilidan tarjimam oʻzing,
Qolgani soʻzlarga sigʻmagan munglar.

Hech qanday bezaksiz goʻzalsan, goʻzal,
Qaynoq tuygʻularga kerakmas pardoz.
Yana qogʻozlarning ustida yurak!
...andak sogʻinchingdan qilingan parvoz.

...yana she'rlarimni oʻqib yig'laysan,
Yuragingni osib metin bardoshga.
Yigʻlayver, yigʻlayver, toʻxtama gulim,
Bu xudbin dunyoni choʻktir koʻz yoshga...

©️Muhiddin Nido

➡️@qora_yigit
  • 🔥 26
  • ❤‍🔥 11
  • 💔 5
  • 👍 4
  • ⚡ 2
Post #3272 1.59K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👏 10
  • 🔥 7
  • ❤ 2
  • 🐳 1
Post #3270 1.63K
#finished

Antuan de Sent-Ekzyuperi – “Insonlar sayyorasi”

“Kichkina shahzoda” aslida 1943-yilda yozilmagan. Uning soyasi, gʻoyasi bundan ancha oldin Sahroi Kabir qumlarida, halokatga uchragan samolyot yonida, suvsizlikdan o‘lim kutayotgan uchuvchining, Ekzyuperining, xayollarida paydo bo‘lgan edi.

Antuan de Sent-Ekzyuperining “Insonlar sayyorasi” asarini o‘qiganda shu fikr xayoldan hech ketmadi. Chunki “Kichkina shahzoda”dagi sahro, uchuvchi, tashnalik, yulduzlar, yolg‘izlik va insonni inson qiladigan rishtalarning deyarli barchasi avval “Insonlar sayyorasi”da boshqa, realroq va og‘irroq shaklda yozilgandi.

Faqat bitta va katta farq bor bu ikki asar oʻrtasida. “Kichkina shahzoda”da Ekzyuperi haqiqatni ertakka aylantiradi, “Insonlar sayyorasi”da esa ertakka o‘xshab ketadigan voqealarning o‘zi top-toza haqiqat. Shu sababli ham bu asarni bitta janrga kiritish mushkul. Kitob biroz memuar, biroz safarnoma, biroz aviatsiya sarguzashti, biroz falsafiy esseni oʻzida jamlaydi.

Zamonaviy navigatsiya va xavfsizlik tizimlari yo‘q davrda pochta samolyotlarida uchgan Ekzyuperi uchun tungi parvozlar, tog'lar, qum bo‘ronlari va hatto quyuq bulutlar ham doimiy o‘lim xavfini tug‘dirardi. Shu sababli osmon uning nazdida jozibali romantika emas, balki har lahza jonni garovga qo'yuvchi shafqatsiz ish joyi bo‘lgan.

Ana shuning uchun ham balki bu kitobda Ekzyuperi matnidagi falsafa kabinetda o‘ylab topilmagani darrov bilinadi. U fikrlarini go‘yo hayotidan siqib chiqargandek. “Inson nima?”, “uning qadri nimada?”, “bir odamni boshqasiga nima bog‘laydi?”, “hayot faqat tirik qolishdan iboratmi?” kabi savollar kitobdagi deyarli barcha voqealarning tubidan, zamiridan moʻralaydi.

Hayvon ham og‘riq sezadi, och qoladi va yashash uchun kurashadi. Ammo inson ba’zan faqat o‘zi uchun yashamaydi. Uni oilasi, yaqinlari kutayotgan bo‘lishi mumkin. Unga topshirilgan vazifalar bor yoki u kimningdir oldida mas’ul. Insonning buyukligi uning yolg‘iz holda qanchalik kuchli ekanida emas. O‘zidan tashqaridagi biror narsa uchun javobgarlikni zimmasiga ola bilishida koʻrinadi. Uni ana shu narsa kuchli qiladi deydi muallif.

“Insonlar sayyorasi” asos boʻlgan “Kichkina shahzoda”qahramonini Ekzyuperi bejiz Parij markaziga emas, kimsasiz sahro o‘rtasiga tashlamaydi. Sahroda pul, amal yoki shon-shuhrat ishlamaydi. Cho‘kib borayotgan qorong‘ilikda jamiyat yopishtirgan barcha soxta qatlamlar bitta-bitta yechiladi-da, oxirida faqat insonning o‘zi va uni boshqalar bilan bog‘lagan qadrli rishtalari qoladi. Bu kitob ana shu rishtalar haqida…

➡️@qora_yigit
  • 🔥 13
  • ❤‍🔥 3
  • ✍ 1
  • 🕊 1
Post #3269 1.51K
Boshshshshqacha sovgʻalar keldi

Hozircha sir boʻlib qolsin qayerdan kelgani😂😂Ichida nimalar borligi bilan sizlarni keyinroq tanishtiraman 😉

➡️@qora_yigit
  • 🤣 33
  • 🔥 5
  • 👀 5
  • 🤷‍♂ 3
Post #3267 1.69K
Bu kitobning ichida urush ham bor, sevgi ham, ayriliq ham. Lekin “Alvido, qurol!”ning ortidagi haqiqiy voqealar romanning o‘zidan ham dramatikroq...

Ernest Hemenguey 1918-yilda, hali 19 yoshida, Italiyada Amerika Qizil Xochi tarkibida xizmat qiladi va frontda mina portlashidan og‘ir yaralanadi. Davolanish uchun Milandagi kasalxonaga yotqizilganida esa o‘zidan yetti yosh katta hamshirani sevib qoladi.

Hemenguey bu munosabatni jiddiy qabul qiladi. Ammo Amerikaga qaytgach qizni yoniga olib kelish choralarini izlayotganda qizdan alvido xati oladi. Oradan qariyb o‘n yil o‘tib, ana shu yaralanish, kasalxona, urush va yo‘qotilgan muhabbat voqeasi “Alvido, qurol!”ga aylanadi.

Bu kitob muallif uchun shunchaki oddiy asar emasligini romanning oxirgi betini 39 marta qayta yozganini aytganidan ham bilsa bo‘ladi. Buncha urinishning sababi sifatida kerakli so‘zni topishga, qalbi istaganidek yakunni chiqarishga qiynalganini aytgan ekan Hemenguey. Keyinchalik uning qo‘lyozmalari o‘rganilganda muqobil yakunlar 39 xil emas, 42 xil bo‘lib chiqadi.

Roman hali kitob holida chiqmasidan oldin ham shov-shuv boshlanadi va hokimiyat vakillari senzura qilishga urinishadi. Shunga qaramay “Alvido, qurol!” 1929-yil 27-sentyabrda kitob holida nashr etiladi. Dastlab 31 ming nusxada bosilgan kitobning tiraji oradan hafta o‘tib 33 mingdan, ko‘p o‘tmay esa 50 mingdan oshib ketadi.

Eng qizig‘i, bularning bari Amerikada 1929-yilgi fond bozori qulashi va "Buyuk depressiya" boshlanayotgan bir paytda sodir bo‘layotgan palla edi. Bir tomonda iqtisodiy inqiroz, bir tomonda senzura, bir tomonda Hemengueyning o‘zi boshdan kechirgan urush va muvaffaqiyatsiz muhabbat...

Shu sharoitda yozilgan kitob esa oxir-oqibat XX asr adabiyotining eng mashhur urush va muhabbat omuxtasidagi romanlaridan biriga aylandi. Ba’zan buyuk asarlar tasavvurdan tug‘ilmaydi. Ular odamning o‘zi unutolmagan narsalardan dunyoga keladi...

➡️@qora_yigit
  • 🔥 19
  • ❤ 12
  • 🕊 4
  • ❤‍🔥 1
  • 🆒 1
Post #3266 1.88K
Yangilik 🚨

Turklarning eng katta yozuvchilaridan biri Oʻgʻuz Atayning kitoblari nihoyat oʻzbekchada nashr etiladigan kunlarni ham koʻrishni nasib etadi shekilli.

Bu yozuvchining ayniqsa “Tutunamayanlar” asari juda kuchli, juda mashhur. Kitoblarni nashr etayotgan Factor books nashriyoti esa bu kitobni “Sarkashlar” nomi ostida tarjima etibdi.

Bundan tashqari muallifning “Otamga xat” nomi asarini ham tarjima qilibdi. Kitoblar tez orada sotuvga chiqishi kutilmoqda. Kutamiz, oʻqiymiz…

❓Oramizda bu muallifni taniydiganlar, asarlarini oʻqib koʻrganlar bormi? Yoki birinchi marta eshitib turibsizmi?


➡️@qora_yigit
  • 🔥 16
  • ⚡ 4
  • 🤩 4
  • 🥰 3
  • ❤ 1
Post #3265 1.58K
Avgust oyida koʻp yaxshi kitoblar chiqibdiki biroz kech boʻlsa-da ular bilan birma-bir tanishib chiqmasangiz boʻlmaydi.

Buni qanday qilaman deysizmi? Kamina oy davomida yangi nashr qilingan kitoblarni bitta stol boshida jamlab hammasini koʻrsatdim. Shunchaki yonboshlab olib videoni koʻrsangiz boʻldi: ➡️ https://youtu.be/YUj71WIZtoo

📌Aytgancha, video izohida nimalarnidir yozib ketishni unutmang. Biror taklifmi, kamchilik yoki yutuqmi degandek. Istasangiz meni, istamasangiz oʻzingizni maqtab ketsangiz ham boʻladi.

➡️@qora_yigit
  • 🔥 16
  • ❤‍🔥 3
  • ❤ 3
Older posts →

About this channel

How can I read @qora_yigit without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Birburchak: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Birburchak have?
Birburchak (@qora_yigit) has 7.63K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Birburchak know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →