TGViewer
Birburchak Birburchak @qora_yigit · 7.24K subscribers
Post #3261 1.82K
#finished

Teodor Drayzer – “Sarmoyador”

Pulning qiyofasi bo'lmasa-da insonning asl yuzini juda tez ko‘rsatib beruvchi vositalardan biri ekani Drayzerning “Sarmoyador” romanida yaqqol ko'ringan. Yozuvchining har bir voqea va his-tuyg'ularni kichik detaligacha shahrlashiga qarab esa bu kitobni inson instinktlarining anatomiyasiga o'xshatdim.

Boshqalar ko‘chalar, binolar, banklar va obligatsiyalarni alohida-alohida hodisa va buyum sifatida ko‘rsa, asar qahramoni Kaupervud ularning orasidagi bog‘lanishlarni ilgʻab bir butunlikda ko‘radi. U tizimni, qayerda pul aylanishini, kimga bosim o‘tkazish mumkinligini va bozor qayerga qarab evrilayotganini hammadan yaxshi tushunadi.

Uning eng katta sarmoyasi cho‘ntagidagi mablag‘ emasligi, odamlarni va moliyaviy maydonni shu qadar chuqur anglashi, vaziyatni tez baholashi va mag‘lubiyat oldida vahimaga tushmasligi hozirigi zamon oʻquvchisini-da shoshiradi. Uddaburonligiga beixtiyor havas qilishga undaydi.

Drayzer qahramonini oqlamaydi ham, qoralamaydi ham. U Kaupervudni stol ustiga qo‘yadi-da: “Mana inson. Mana uning istagi va imkoniyati. Endi hukmni o‘zing chiqar”, deydi. Kaupervud dunyoni “yaxshi” va “yomon”ga emas, “ishlaydimi yoki yo‘qmi?” degan toifaga ajratadi. Va aynan shu tafakkur uni yuksaklikka ko‘taradi hamda halokat yoqasiga olib keladi.

Bu yerda biz an'anaviy “Amerika orzusi”ning inqiroziga ham guvoh bo‘lamiz. Moliyaviy olam hashamatli xonalarda shampan ichib yuriladigan romantik joy emasligi, bir odamning qiyqirib quvongan foydasi boshqasining fojiasiga aylanadigan kurash maydonidi ekanini sinchi nigoh bilan tahlillaydi.

Bozorning yuragi yo‘q, u hech kimni sevmadi va hech kimdan nafratlanmaydi. Hech kimfa vafo ham qilmaydi. U shunchaki ishlaydi. Ishlaydi, ishlatadi. Vaqti soati yetganida qoʻlingni yuvmasang, hordiq chiqarmasang nelarga giriftor boʻlishing ham chizginaladi. Odam oʻzi haqida gap ketayotgandek yayraydi shunaqa joylarida.

Qashshoqlikning chegarasi bor, ammo ochko‘zlikning tabiiy chegarasi yo‘q. Bir milliondan keyin ikki million, puldan keyin hokimiyat, hokimiyatdan keyin esa mutlaq ta'sir istab qoldi odam. Oxir-oqibat, inson boylikni boshqarayaptimi yoki boylik insonni boshqarayaptimi bilib boʻlmay qoladi. Asar buni ham juda chuqurga langar tashlab shoshmay tadqiq qiladi goʻyo.

“Sarmoyador”ni biznes haqidagi asardan ko‘ra, inson tabiati va istaklarining hadsiz, chegarasiz ekani haqida degan boʻlardim. Bekorga bu asar keyinchalik “Istak trilogiyasi”ga aylanmagan. Hozircha bu qsarda biz hali imperatorni emas, uning qanday yaratilayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Aslida Kaupervud bizga begona emas. Undagi “ko‘proq” (ko‘proq pul, ko‘proq tan olinish, ko‘proq erkinlik) degan istak ko‘pchiligimizda bor. Shuning uchun, kitob tugagach, Kaupervud sizga yoqish-yoqmasligidan qat'i nazar, o‘zingizga bitta savolni aniq berasiz.

Men uning o‘rnida bo‘lganimda qayerda to‘xtardim? Pul oldidami? Qonun oldidami? Vijdon oldidami? Yoki... men ham u kabi oʻzimni to‘xtatolmasmidim?

Rostdan ham siz, ha, aynan siz haqingizda gapiryapman, siz qayerda toʻxtagan boʻlardingiz? Sizning qayergacha jasoratingiz yetgan boʻlardi?

➡️@qora_yigit
  • 🔥 9
  • ❤ 3
  • ✍ 2
More from @qora_yigit
  1. Sep 26, 2026Youtubedagi 56-video 💚 Bu ikki hikoyalar seriyasidagi kitoblarning deyarli hammasini oʻqi…
  2. Sep 26, 2026Bugun shanba! Bayram bayramday boʻladigan kun. Shunday emasmi? 🙌 Alp nashr ikki yangi kit…
  3. Sep 26, 2026Bugun shanba! Bu hamma kazo-kazolar oʻzini koʻrsatadigan, maqtanchoqlik qiladigan kun 😃 Y…
  4. Sep 25, 2026Goʻsht yeydigan darajada boy, tishlarini davolatolmaydigan darajada kambagʻalman… 2,5 soat…
  5. Sep 25, 2026#finished Ernest Heminguey — “Alvido, qurol” Urushdan tirik qaytgan odam o'zining avvalgi…
  6. Sep 25, 2026Kimdirlar badiiy adabiyotni hissiyotlari uchun, kimdirlar esa qiziqarli syujeti uchun, yan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →