TGViewer
Channel Public Channel
UFQ nashriyoti

UFQ nashriyoti

@ufq_nashriyoti

Subscribers
308
Photos
6
Videos
0
Links
7
Recent Posts 8 shown
Post #24 1.58K
Yangilik!

“UFQ” nashriyoti zamonaviy yapon yozuvchisi Yu Mirining “Tokyo Ueno Station” romanini oʻzbek tilida nashr etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Roman Yaponiyaning yaltiroq iqtisodiy moʻjizasi va modernizatsiyasi ortida qolib ketgan, unutilgan qashshoq qatlam, uysizlik muammosi hamda 2011-yildagi Fukusima fojiasining xalq hayotidagi oqibatlarini bor shafqatsizligi bilan ochib beradi.

©️ Kitob 2020-yilda AQShda Tarjima adabiyoti yoʻnalishida nufuzli National Book Award mukofotini qoʻlga kiritgan. Va shu yili New York Times tomonidan yilning eng eʼtiborga molik, oʻqilishi tavsiya etilgan muhim asarlari roʻyxatiga kiritilgan.


⚡️ UFQ nashriyoti
  • 🔥 14
  • ⚡ 6
  • 👌 6
  • 👍 4
  • 🤩 1
Post #23 1.79K
#munosabat #fikr

▪️ “Jiddiylik va yumor birdek mujassam.”
Dan Hiks
PhD, Oksford universitetining zamonaviy arxeologiya professori

▪️ “Murakkab zamonamiz uchun nihoyatda muhim asar.”
Roma Agraval
Muhandis-konstruktor, qurilish konstruksiyalari muhandisligi magistri

▪️ “Topqirlik bilan, tushunishga oson qilib yozilgan.”
Anjela Sayni
Ilmiy jurnalist, muhandislik hamda fan va xavfsizlik yo‘nalishlari magistri

⚡️ UFQ nashriyoti
  • 👍 13
  • 🔥 13
  • ❤ 3
  • ⚡ 1
Post #22 2.54K
Yangilik!

UFQ nashriyoti amerikalik yozuvchi Josh Malermanning "Bird box" romanini o'zbek tilida nashr etish huquqini xarid qildi. Kitob bir vaqtda post-apokaliptik, psixologik triller va horror janrlarini o'zida jamlaydi.

Romanda ham insoniyat halokat yoqasiga kelib qolgan va sivilizatsiya barbod bo'lgan vahimali dunyo tasvirlansa, ham qo'rquv hissi faqat yirtqichlar yoki qonli sahnalar orqali emas, inson psixologiyasidagi bosim, mavhumlik va chorasizlik orqali ko'rsatib beriladi.

Kitobning tarjima ishlari keyingi haftadan boshlanadi. Qo'lingizga yetib borishi biroz kuttirsa-da qiziqarli va sifatli nashr kutishingizga arziydi. Shunday ekan "ko'zlaringizni ochishga shoshilmang"...

⚡️ UFQ nashriyoti
  • ❤ 21
  • 👍 14
  • 🔥 8
  • ⚡ 6
Post #21 2.8K
#iqtibos

🗣️ Karib dengizi havzasida britaniyalik plantatorlar qullarga Bibliyaning tahrirlangan maxsus nusxasini berishgan; undan qullikni bekor qilish tarafdorlari quldorlik tizimiga qarshi dalil sifatida foydalangan barcha qismlar olib tashlangan.

📚"Gʻarbni Gʻarb qilgan 10 yolgʻon"
Subhadra Das

⚡️ UFQ nashriyoti
  • 🔥 11
  • ⚡ 10
  • ❤‍🔥 6
  • ❤ 5
  • 🆒 1
Post #20 2.66K
UFQning sentyabrda nashr etilishi kutilayotgan ilk kitobi bilan tanishing: Subhadra Das – Uncivilised: Ten Lies That Made the West

Kitob “G‘arb sivilizatsiyasi” deb ataluvchi tushunchaning ostidagi o‘nta asosiy g‘oyani (masalan, ilm-fan, vaqt, huquq, san’at kabi sohalardagi qarashlarni) tanqidiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqadi.

Muallif bu asari orqali G‘arb sivilizatsiyasi haqida bizga meros bo‘lib kelgan tasavvurlarni ochib, ularning ortida kim, qanday tarix va qanday manfaatlar turganini tekshirib ko‘radi.

⚡️ UFQ nashriyoti
  • 👍 26
  • 🔥 15
  • ⚡ 6
  • ❤‍🔥 4
  • 🤔 2
Post #19 4.3K
UFQ nashriyoti 2-3 oydan buyon davom etib kelayotgan muzokaralar natijasida bir kitob uchun mualliflik huquqini qoʻlga kiritdi.

Qanday kitob ekanini yaqin kunlarda ochiqlaymiz. Xoʻsh, sizningcha bu qaysi kitob boʻlishi mumkin?

⚡️ UFQ nashriyoti
  • 🔥 25
  • ⚡ 10
  • ❤ 8
  • 👍 5
  • ❤‍🔥 1
Post #18 4.76K
Assalomu alaykum, qadrli kitobxonlar, kitobsevar do‘stlarimiz!

Yangi bir yo‘lning boshlanishida turibmiz. Maqsadlarimiz aniq va oddiy: kitobxonlarga saviyali, sifatli nashrdagi kitoblarni taqdim qilish.

Bizning kitoblarimiz o‘quvchilar bilim va tasavvur olami ufqlarini yanada kengaytirishga hissa qo‘shsin degan yaxshi niyatda nashriyot nomini “UFQ” deb nomladik.

Kitob olamiga safarimizning boshidanoq biz bilan birga bo‘lasiz degan umiddamiz. Sahifamizni kuzatib boring, kitobxon do‘stlaringizni xabardor qilib qo‘ying. Chunki yaqin orada ilk yangiliklarimiz bilan bo‘lishamiz! 😉

Siz qaysi jahon bestsellerlarini o‘zbek tilida, “UFQ” nashriyoti muqovasida ko‘rishni istagan bo‘lardingiz? Izohlarda yozib qoldiring, biz uchun har bir fikringiz muhim!


⚡️ UFQ nashriyoti
  • 🔥 33
  • 👍 16
  • ❤ 12
  • 🕊 2
  • 🐳 2
Post #1
Channel created

About this channel

How can I read @ufq_nashriyoti without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for UFQ nashriyoti: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does UFQ nashriyoti have?
UFQ nashriyoti (@ufq_nashriyoti) has 308 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does UFQ nashriyoti know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →