Xarizmali insonlarning 4 xislati
Biz o‘zbeklarda “farishtali inson” degan tushuncha bor. G‘arbda esa bunday insonlarni “xarizmali inson” deyishadi.
Bir qarashda xarizma o’zining yashirin quvvati yoki jozibasi bilan bizni o’ziga maftun etayotgandek ko’rinadi. Uning mavjudligini inkor eta olmaymiz, ammo uning zamirida nimalar yotishini aytish mushkul. Ayrimlarda unga tug’ma xususiyat, ya’ni ba’zi bir shaxsiyat turlaridagina mavjud, boshqalarda esa umuman yo’q, degan notog’ri qarash mavjud.
Xarizmani ham izohlash, ham o’zlashtirish mumkin, unga “o’z jozibasi yoki ta’siri vositasida boshqa insonlarda ishtiyoq, qiziqish, yoki iliqlik uyg’otish qobiliyati.” deya ta’rif beriladi.
Bunday o’zgacha qobiliyatga ega insonlarning barchasida quyidagi
4 xislat mavjud:1. Ular hayotni sevishadi.
Ularda yashashga chanqoqlik bor. Ular nolib emas, nishonlab yashaydilar. Bunday xususiyatga ega insonlarda quvonch va iliqlik tafti tuyiladi, ulardan quvvat tarqayotganini his qilamiz va bunday kayfiyat ulardan bizgayam yuqadi.
Xarizma kuchini namoyon etish uchun birgina tabassumning o’zi yetarli. Odamlar yuzdagi tabassumni ko’rishlari bilan jilmayishadi. Biz tabiatan o’z atrofimizdagi insonlar quvvatini olishga moslashganmiz. Hayotni sevuvchi insonlarda xarizmani uchratish mumkin, negaki ular butun xonani ijobiy quvvat bilan to’ldirishadi.
2. Ular eng yaxshisiga umid bog’lashadi.
Ular insonlardan faqat yaxshi narsalarni kutishadi yoki boshqacha aytganda, hammaga “10 ball qo’yishadi.” Ular insonlarni boricha emas, erishishi mumkin bo’lgan salohiyati doirasida ko’rishadi.
Odamlarga ishonch bildirsangiz va ularni o’z imkoniyatlaridan unumli foydalanishlariga undasangiz, o’z navbatida, ularning e’tiboriga tushasiz.
3. Ular umid bag’ishlaydilar.
Ular insonlar bilan ertani bugundan ko’ra yorqinroq tasvirlash asnosida muloqotga kirishadi. Ular uchun kelajak ajoyib imkoniyatlar va hali anglab yetilmagan orzular bilan limmo-lim.
Atrofidagi insonlarga ijobiylik ulashadilar va lahzadagi voqeylikka e’tiborli bo’lishsa-da, o’zlarini hozirgi vaziyatdan ayricha tasavvur etishadi.
4. Ular o’zlarini baxshida etadilar.
Ular insonlardan o’z bilimi, salohiyati va muhim onlarini ayamay, ularni e’zozlaydilar. Birodarlikni qo’llab-quvvatlaydilar. Ular ahillikni qadrlashadi. Ular yolg’iz emaslar. (Inson taftini inson oladi, deganlari shunga bo’lsa kerak)
Xarizmali bo’lishning eng asosiy sharti insoniylikdir.
— Jon Maksvel
@pslog