Xavotir yenguvchanlik xususiyatiga ega shifobaxsh o’simliklar
Nega uyda parvarish qilinadigan o’simliklar xavotirni yengishda qo’l keladi?
Uy o’simliklarining xususiyatlaridan biri havo sofligini ta’minlashdir, negaki ular karbonat angdrid moddasini o’ziga yutib, buning evaziga kislorod ishlab chiqaradi. Uy (yoki offisdagi) o’simliklarning shifobaxsh xususiyatlari faqat bular bilan cheklanib qolmaydi, ular shuningdek:
1. Diqqatni oshiradi
2. Kayfiyatni yaxshilaydi
3. Mahsuldorlik va ijodiy fikrlashni o’stiradi
4. Qon bosimini pasaytiradi
5. Salomatlikni yaxshilaydi
6. Ziyraklikni oshiradi
Xavotir yenguvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan eng shifobaxsh o’simliklar qaysilar?
Lavanda
Lavanda guli ham ranggi, ham ifori bilan boshqa gullardan ajralib turadi. Tadqiqotlar lavanda moyi xavotir va depressiyani davolashda qo’l keluvchi vosita ekanligini tasdiqlagan, u stress va bezovtalikdan ma’lum muddatga ozod qiladi.
Xrizantema
Ro’yhatdagi boshqa gullar kabi ular ham o’z atrofidagi havoni tozalash xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Xrizantemlar amoniya, toluol va formaldegid gazlarini haydash xususiyatiga ega. Ularning ranglari har yerda kayfiyatni ko’tarishini aytmasa ham bo’ladi.
Jasmin
Jasminning tinchlantiruvchi iforiga tashakkurlar bo’lsin, u xuddi lavanda kabi xavotir alomatlarini yengillatishda ayni muddao. Bu borada u depressiya va xavotirdan forig’ bo’lishga yordam beradi. Xonadonni bezashdan tashqari undan juda ko’p maqsadlarda foydalanish mumkin. Undan choy va malham ham tayyorlanadi.
Pechak
Havoni tozalash borasida pechakgulga teng keladigani yo’q. NASA tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, pechakgul trixloretilin va benzol kabi gazlarni haydovchi eng yaxshi o’simlik hisoblanadi.
@pslog
Post #1129
335