Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak…
Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yaxshi tanish bo‘lmaganlar ko‘pincha shunday taxmin qilishar ekan. Chunki Ahmad Yassaviy, Aziz Mahmud Xudoiy kabi ulug‘ insonlarning nurli hayotini hikoya qilgan asarlar muallifini tasavvur qilishganda, uni allaqachon bu dunyoni tark etgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylasharkan.
Kuni kecha esa Toshkentda shu muhtaram yozuvchi — Fotih Duman bilan uchrashish menga ham nasib etdi. Uchrashuvdan esa dastxat bitilgan ajoyib bir kitob ham go’zal xotira bo‘lib qoldi.
Fotih Dumanning eng mashhur asarlaridan biri — “Men. Bas qil, ey nafs”. Asar insonning nafs tilidan hikoya qilinadi. Unda insonning o‘z nafsi bilan kechadigan murosasiz kurashi, ichki ziddiyatlari va ruhiy olami tasvirlanadi.
«Devona» asarini esa hali o‘qib ulgurmadim. Biroq unda yoritilgan mavzu bilan oz-moz tanishishimning o‘ziyoq kitobga mehr qo‘yishim uchun kifoya qildi.
Tadbirni tashkil etgan Nasim Kutub jamoasiga ushbu go‘zal uchrashuv uchun alohida tashakkur!
Post #1823
51
