☘️ Bugunni eng yaxshi kunga aylantirish uchun 10 qadam
Og’ir dushanba kunidan o’zingizga kelishga urinyapsizmi yoki bugun o’sha yoqimsiz, omadsiz kunlardan birimi? Boshimizda omadsiz kunlar ham bor, lekin ularni boshdan kechirish majburiyati yo’q. Kuningiz siz istagan paytingizda eng yaxshi kun, shoshmang, eng zo’r kun bo’lishi mumkin. Ammo qanday qilib?
Fikrlaringiz va xatti-harakatlaringizga e’tiborli bo’ling. Quyida bugungi kunni boshlash uchun e’tiboringizga 10 ijobiy odat havola etilgan:
1. Men yashashga va tiriklik zavqini tuyishga harakat qilaman.
O’tmishim nihoyasiga yetgan, kelajagim esa mavhumlikda, shuning uchun har bir daqiqa uchun quvonib, undan minnatdor bo’laman.
2. Ongimda salbiy o’y-fikrlar uchun joy yo’q.
Baxt bu bizga beriladigan tanlov va men baxtiyor bo’lishni tanladim.
3. Sog’ligim, yaqinlarim, kasbim va vatanim uchun minnatdorman.
Og’ir damlarda chekkan ozorlarim uchun ham minnatdor bo’laman, ular mening ham shaxsiy, ham kasbiy rivojlanishimga yordam berdi.
4. O’z tanamga g’amxo’rlik qilaman,
me’yor va muvozanat so’zlarining mohiyatini, zamirini ongli ravishda tushunsam, o’z irodam va xatti-harakatlarimni boshqarish shunchalik osonlashadi.
5. Men bugun uchratadigan insonlar menga qanday muomalada bo’lishlarini istasam, men ham ularga xuddi shunday muomalada bo’laman.
Insonlar mening yonimda bo’lganlarida o’zlarini yaxshi ko’rishlarini istayman.
6. G’iybat, hasad va salbiy fikrlardan yiroq bo’laman.
Ko’pchilik insonlar o’z fikrlari haqida fikr yuritishmaydi. Ammo bugun, men jon-jahdim bilan ijobiy fikrlashga kirishaman.
7. Eng muhim vazifalarimni qayd etib boraman,
fikr-u xayolim yaqinlarim va yelkamdagi mas’uliyatlarda bo’lsa, ehtimol, hamma ishga ulgura olmasman, ammo har bir daqiqadan iloji boricha unumli foydalanishga harakat qilaman.
8. Boshqa insonlar orasida kamtar bo’lishga,
o’z “men”imni boshqarishga va atrofdagi insonlarga o’z qadr-qimmatlarini his qildirishga intilaman.
9. Insonlar koriga qanday qilib yaxshiroq yarashni o’rganaman.
Har tomonlama shaxsiy rivojlanishim boshqalarga qay darajada yordam qo’lini cho’zishim, yaxshilik qaytarishimga uzviy bog’liqdir.
10. Tanqidni o’zimga olmayman.
Ular faqat mening fikrlarimni tanqid qilishlari mumkin, ammo meni emas. Davom etishda bo’shashmayman.
@pslog
Post #1133
429