Hissiy intellekt
Hissiy intellekt - bu, sizning o’z hissiyotlaringiz hamda fikrlaringizni boshqara olish qobiliyatingizdir. O’z hissiy intellektingizni rivojlantirish qarorlar qabul qilish qobiliyatingizni o’stiradi, samimiy muloqot qurishingizga, tiniqroq fikrlashingizga va boshqalar bilan samimiy munosabatda bo’lishingizga yordam beradi.
💡 His-tuyg’ularingiz ijodkorlik, intuitsiya va ilhomlanish vositasi ekanligini anglang.
Hissiy intellekt o’z aql-u salohiyatingiz imkoniyatlarini ishga solib, shaxsiy munosabatlaringizda bir-birini tushunish va oradagi ishonchni mustahkamlashda ko’maklashishini anglang.
● O’z his-tuyg’ularingizga quloq tutib, ularni tinglash uchun vaqt ajrating.
👩 Hissiy intellekt sohibasi
• Atrofdagilarning hissiyotlarini tezda ilg’aydi.
• Intuitsiyasi kuchli.
• Vaziyatga moslasha biladi.
• Yaxshi suhbatdosh.
• O’zini anglagan.
• Kuchli motivatsiya sohibasi.
Robert Hellerning "Ish va shaxsiy hayot o'rtasidagi muvozanatni saqlash." kitobidan.
@pslog
Post #1131
343