TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 246 subscribers
Post #1137 398
​​Eng yaxshi hadya shaxsiy barkamollikdir

Menga ko’pincha ushbu savol bilan murojaat etishadi, “Qanday qilib kimningdir o’zgarishiga, o’sishiga va yaxshiroq inson bo’lishiga yordam berishim mumkin?

Ko’p hollarda bu javob xayolingizdan ham o’tmaydi, javob esa shunday: Boshqalarga yordam qo’li cho’zishning birdan-bir yo’li, avvalo, o’zingizga yordam berishdir.

Boshqacha aytganda, boshqa bir inson koriga yaramog’im uchun o’z-o’zimni rivojlantirish eng maqbul yo’ldir. Agar hozirgi holatimdan ko’ra 10 karra mushohadaliroq yoki 10 karra kuchliroq bo’lsam, bu ota sifatidagi…ishdagi hamkasb sifatidagi…do’st sifatidagi sayohatimga qanday hissa qo’shishi mumkinligi haqida bir o’ylab ko’ring.

Xullas, kimgadir hadya etishingiz mumkin bo’lgan eng yaxshi sovg’a o’z-o’zingizni uzluksiz rivojlantirish — yaxshilanish, kuchliroq va zukkoroq bo’lib borishdir.

Agar samoloyotda uchgan bo’lsangiz, avialayner salonidagi har bir o’rindiq yuqorisida o’rnatilgan kislorod balonchasiga ko’zingiz tushgan bo’lsa kerak. U yerda tushunarli qilib shunday ko’rsatma berilgan, “Agar favqulodda holat ro’y berib qolsa, boshqalarga yordam berishdan avval o’z niqobingizni taqib oling.” Birinchi navbatda o’zingizni ehtiyot qiling. Bu falsafiy qarashga butun umrimiz davomida amal qilsak edi, u nihoyatda bebaho bo’lgan bo’lar edi.

Mening fikrimcha ota-onalar ushbu falsafiy tamoyilga ergashganlari maqbul. Agar ota-onalarning turmushi yaxshi kechsa, farzandlarining hayoti ham yaxshi kechishi turgan gap. Agar siz baxtni o’zingiz yaratishga o’rgansangiz, baxtiyorlik xislati o’z farzandingizda ham bo’ladi. O’zingiz uchun o’rnak bo’ladigan turmush tarzini yaratsangiz, bu oilangiz uchun ham yaxshi na’muna bo’ladi.

Shaxsiy rivojlanish atrofingizdagi insonlar xizmatida bo’lishingizga — farzandingiz, kasb-koringiz va elingiz koriga yarashingizga yordam beradi.

Aynan shu sababdan men rivojlanish ko’nikmalaridan saboq beraman. Agar o’z fazilatlaringiz, o’zingiz, o’z sog’lig’ingizni yaxshilash ustida ishlashdan to’xtamasangiz, siz o’zingizga hammani jalb etasiz, imkoniyatlarni jalb etasiz. Imkoniyatning o’zi sizni izlay boshlaydi. Martabangiz sizni oldinga yetaklaydi va odamlar sizga yaqin bo’lishni, hamkorlikda ishlashni xohlashadi.

Bularning bari esa o’z-o’zingizni uzluksiz rivojlantirish orqali muvaffaqiyatni o’zingizga jalb etishning imkoni bor, degan falsafiy qarash ustida ishlashdan bunyod bo’ladi.
— Jim Ron

@pslog
More from @pslog
  1. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali if…
  2. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  3. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  4. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
  5. Sep 13, 2026“Ozorlama shirin joningni” Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  6. Sep 13, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →