‘Biz o’z fikrlarimiz mahsulimiz’
“Ong nimaniki o’ylashga va unga ishonishga qodir bo’lsa, uning bunga qurbi yetadi,” Napoleon Hill shunday degan edi. “Hamma gap bizning o’z fikrlarimizda. Biz o’z fikrlarimiz mahsulimiz,” Budda shunday ta’limot bergan edi. Hayotingiz mobaynida shunga o’xshash hikmatli so’zlarga ko’p bora duch kelgandirsiz. Endilikda ilm-fan buni tasdiqlashga kirishdi. Mana endi o’z fikrlarimiz hosilaga nechog’lik o’z ta’sirini o’tkaza olishi mumkinligini ham o’lchay, ham kuzata olamiz.
Stenford universiteti psixologi Kerol Duekning aniqlashicha, ayrim insonlarda “qotib qolgan tafakkur” bor bo’lib, bunday insonlar o’z qobiliyatlarini o’zgartira olishlari mumkinligiga ishonishmaydi. Boshqa bir guruh insonlarda esa “o’suvchan tafakkur” bor. O’suvchan ong egalari o’zlarini yaxshilab borish ustida ishlay olishga qodir ekanliklariga ishonadilar. Duek va uning hamkasblari 373 nafar o’quvchilarning 7-sinfdan boshlab, 8 sinfni tugallagunlarigacha bo’lgan tahsil olish davrini kuzatib borishdi. O’ylay oldimmi, demak qo’limdan keladi, deya fikr yurituvchi o’suvchan tafakkur egalari o’rtacha baxolar olishni boshlashgan bo’lsa, “qotib qolgan” tafakkur egalarining baxolarida bunday o’zgarish yuz bermagan.
Intellektual salohiyatni aniqlovchi IQ testlarini yechishdan avval IQ darajasi genlarga bog’liq emas, balki o’zgaruvchan ekanligi haqidagi maqolani o’qigan odamlarda IQ darajasi oshganligi tasdiqlangan.
@pslog
Post #1145
471