TGViewer
Channel Public Channel
TED | Uzbek Language

TED | Uzbek Language

@tedxuzbekistan

❗️Ideas worth spreading

❕ Technology
❕ Entertainment
❕ Design

For questions: @Afterway
Subscribers
190
Photos
26
Videos
2
Links
154
Recent Posts 20 shown
Post #305 2.01K
Barchaga assalom aleykum.

Uzoq vaqtlik jimlikdan so'ng, nihoyat O'zbekcha TED jamiyatini (TED Uzbek Translators Community) shakllantirishga qaror qildik va ushbu maqsadga ko'ra guruh ochdik.

Ushbu guruh TED loyihalarini (TED Talks, TED-Ed va boshqalar) o'zbek tiliga tarjima qilayotgan va o'zbek tilida yoyishga harakat qilayotgan yoki shunday xohish-istagidagi insonlarni bir joyga jamlash uchun ochildi.

Ushbu guruhga TED loyihalariga qiziquvchi va ko'ngilli (volontyor) sifatida TED Talks va TED-Ed videolarini tarjima qilish istagida bo'lgan tanishlaringizni taklif qilishingiz mumkin va biz bundan faqat hursand bo'lamiz.

Guruh a'zolari bir-birlari bilan xoh ingliz tildia, xoh o'zbek tilida fikr almashishlari va tarjima, subtitrlash bo'yicha tushunmagan savollariga javoblar olishlari mumkin. Community`ning birlamchi maqsadi ham aslida xohlovchilarga qanday qilib "translator" sifatida ro'yxatdan o'tish, qanday qilib materiallarni tarjima qilish, CaptionHub platformasini tushunish va boshqa nozikliklarini o'rgatish hisoblanadi.

Shuningdek, tarjima qilishda faol bo'lgan nomzodlarni Uzbek Language Coordinator (Supervisor) darajasiga ko'tarilishida yo'l-yo'riq ko'rsatiladi va safimizni kengaytiramiz.

Community faoliyati dairasida mahorat darslari (masterclass), ovozli chatlar va turli tanlovlar o'tkazish ham rejalashtiriladi. Shuningdek, jamiyat faoliyati guruh a'zolarining turli fikrlari, takliflari uchun ochiq.

Hozirgi etapda jamiyatimizni keng yoyish va safimizdagi ko'ngillilarni ko'paytirish maqsadida guruh hamma uchun ochiq. Siz ham ushbu havola orqali o'z tanishlaringizni taklif qilishingiz mumkin.

Hurmat bilan, Nazarbek Nazarov (TED Uzbek Language Supervisor).

TED | Uzbek Language
Telegram TED Uzbek Translators Community 🇺🇿 O'zbek tili TED-tarjimonlari jamiyati 🇺🇸 TED Uzbek Language Community Guruhga havola: https://t.me/+dLIGa6pS7sAwNjk
  • 👍 5
  • ❤‍🔥 3
  • ❤ 1
Post #304 2.74K
Tug'ilgan kun torti topishmog'ini yecha olasizmi?

🔴 Tug'ilgan kun torti topishmog'ini yecha olasizmi?

🗣 Marie Brodsky

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Ertaga do'stingizning tug'ilgan kuni, va... siz bu haqda unutdingiz. Ulkan tort tayyorlandi va sizning vazifangiz tort markazida shokolad orqali uning yoshini tasvirlash. Tug'ilgan kuni bo'layotgan bola gigant va agar sizning unutganligingiz ma'lum bo'lsa, aynan siz qo'rqqan narsa sodir bo'ladi...

Tarjimon: Azizmurod Murodov

⏱ ~4 min
YouTube Can you solve the birthday cake riddle? - Marie Brodsky Practice more problem-solving at https://brilliant.org/TedEd -- Your friend’s birthday is tomorrow, and he’s turning… well… you’ve forgotten. A ginormous cake has been prepared and your job is to sculpt his age as the chocolate centerpiece. The birthday…
Post #303 2.84K
Siz "tasavvur qiling, agar..." iborasini qanday yakunlagan bo'lar edingiz? — Ser Ken Robinson

🔴 Siz "tasavvur qiling, agar..." iborasini qanday yakunlagan bo'lar edingiz?

🗣 Ser Ken Robinson

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Ser Ken Robinson insonlarning bitmas-tuganmas kuchga - tasavvur kuchiga ega ekanliklariga ishongan. Biz dunyoda faqat o'zimiz bilganimizcha, tasavvur qila olganimizcha yashamaymiz. Biz ijod qilish orqali dunyoni san'at, ilmiy nazariyalar va texnologiyalar bilan shakllantiramiz va bunda tasavvur qilish kuchimizdan foydalandik. Xo'sh, siz dunyoni qanday tasavvur qilishni xohlar edingiz? Nimani o'zgartirgan bo'lar edingiz? Yodingizda bo'lsin, siz uchun yagona chegara bu sizning tasavvuringiz.

Tarjimon: Nazarbek Nazarov

⏱ ~1,5 min
YouTube How would you finish the sentence, “Imagine if…”? - Sir Ken Robinson Share how you would reimagine the world by finishing the sentence “Imagine if…” Visit http://bit.ly/TEDEdImagineIf for inspiration and to learn more. -- Sir Ken Robinson believed that humans have an inexhaustible power: our imaginations. We don't just live…
Post #301 2.48K
Miyaning 83 mingta skanerlari bizga nima haqida hikoya qiladi?

🔴 Miyaning 83 mingta skanerlari bizga nima haqida hikoya qiladi?

🗣 Deniel Emen

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Mazkur nutq mahalliy TEDx anjumanida so'zlangan, TED konfrensiyalardan mustaqil ravishda tashkillashtirilgan. Ushbu nutqda, doktor Deniel Emen, u va uning hamkasblari tomonidan 83 mingta miya skanerlarini ko'zdan kechirib o'rgangan saboqlarini o'rtoqlashadi.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~14 min
YouTube The most important lesson from 83,000 brain scans | Daniel Amen | TEDxOrangeCoast Never miss a talk! SUBSCRIBE to the TEDx channel: http://bit.ly/1FAg8hB In the spirit of ideas worth spreading, TEDx is a program of local, self-organized events that bring people together to share a TED-like experience. At a TEDx event, TEDTalks video and…
  • ❤ 1
Post #300 1.91K
​​TED tarjimonlari (TED Translators) diqqatiga!

Kelayotgan 2021-yildan boshlab, TED ma'ruzalari va darslarini tarjima qilish va subtitrlashtirish bo'yicha platformasini o'zgartirmoqda.

Ya'ni shu paytgacha Amara.org saytidan platforma sifatida foydalanilgan bo'lsa, endilikda CaptionHub.com platformasiga o'tilmoqda.

TED rasmiylarining ma'lum qilishicha, bu tarjima jarayonini yanada osonlashtirish va tezlashtirish uchun qilinmoqda. Tushunishimcha, endi tarjimalarning tasdiqlanishini kutib o'tirishga to'g'ri kelmaydi.

TED tashkiloti har bir TED Translator a'zosi e-mailiga bu haqda xabar jo'natgan bo'lishi kerak.

Amara platformasi orqali boshlab qo'ygan tarjimalaringizni 28-dekabrgacha yakunlashingizni iltimos qilib qolaman. Chunki, ushbu sanadan keyin chiqarilgan tarjimalarni TED CaptionHub'ga export qilmas ekan.

Demak, kerakli resurslarni tarjima qilishda davom etamiz. Shunchaki yil boshida ushbu platformani qanday ishlashini biroz o'rganib olishimiz kerak bo'ladi.

O'zbek tilidagi resurslarni boyitishga ko'maklashayotgan, o'z hissasini qo'shayotgan barcha volontyorlarga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman. Katta rahmat.

Nazarbek Nazarov (Uzbek Language Coordinator, TED)
Post #299 1.9K
Baxtning qorong'i tomoni

🔴 Baxtning qorong'i tomoni

🗣 Jyun Gruber

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Yel universiteti psixologi Jyun Gruber baxtning ortidan quvadigan madaniyatda asalning ham ozi yaxshimikan, degan savol bilan murojaat qiladi.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~11 min
YouTube The Dark Side of Happiness: June Gruber at TEDxCambridge 2011 Yale psychologist June Gruber asks whether, in a culture obsessed with pursuing happiness, it's possible to have too much of a good thing. Learn more about TEDxCambridge at http://www.tedxcambridge.com.
Post #298 1.99K
Tillar fikrlashimizga qanday taʼsir qiladi?

🔴 Tillar fikrlashimizga qanday taʼsir qiladi?

🗣 Lera Boroditsky

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Dunyoda 7000 ga yaqin til mavjud. Har birining oʻziga xos tovushlari, soʻz boyligi, gap tuzilishlari bor. Ular bizning fikrlashimizga taʼsirr koʻrsatadimi? Kognitiv bilimlar mutaxassisi Lera Boroditsky turli tillarni misol keltirar ekan, yuqoridagi savolga shubxasiz "ha" deb javob beradi. Misollarida Avstraliyadagi mahalliy aholi tomonlarni oʻzgacha aniqlashi, rus tilida "koʻk" soʻzini bir necha usullarda ifodalash mumkinligini koʻrsatib oʻtar ekan, shunday deydi: "Tillardagi xilma-xillik inson ongi qanchalik zukko va moslashuvchan ekanligini koʻrsatadi. Ongimiz bittagina kognitiv olam emas, u 7000 tasini kashf etdi".

Tarjimon: Dilora Yusupova

⏱ ~14 min
YouTube How Language Shapes the Way We Think | Lera Boroditsky | TED There are about 7,000 languages spoken around the world -- and they all have different sounds, vocabularies and structures. But do they shape the way we think? Cognitive scientist Lera Boroditsky shares examples of language -- from an Aboriginal community…
  • ❤ 1
Post #297 1.81K
Platsebo effektining samarasi

🔴 Platsebo effektining samarasi

🗣 Emma Brays

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Platsebo effekti yetarlicha izohlanmagan fenomen bo'lib, unda ta'sir ko'rsatishi kutilmagan — va ko'pincha sohta — dorilar, muolajalar va davolash usullari mo'jizaviy ravishda insonning oyoqqa turishiga yordam beradi. Nimalar ro'y beryapti? Emma Brays platseboning g'ayrioddiy foydali jihatlari namoyon etayotgan sir-asrorlarni o'rganishga kirishadi.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~4 min
YouTube The power of the placebo effect - Emma Bryce View full lesson: http://ed.ted.com/lessons/the-power-of-the-placebo-effect-emma-bryce The placebo effect is an unexplained phenomenon wherein drugs, treatments, and therapies that aren’t supposed to have an effect — and are often fake — miraculously make…
Post #296 1.85K
Tabassumning yashirin qudrati

🔴 Tabassumning yashirin qudrati

🗣 Ron Gatmen

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Ron Gatmen tabassum mavzusida bir qancha tadqiqotlarni ko'zdan kechirib, ba'zi kutilmagan natijalarni oshkor qiladi. Yuzingizdagi tabassum qancha umr ko'rishingizni oldindan aytib berishi mumkinligini -- va aynan shu oddiygina tabassum umumiy salomatligimizga muayyan darajada ta'sir ko'rsatish kuchiga ega ekanligini bilardingizmi? Evolyutsion jihatdan yuqumli sanalgan bu fe'l-atvorni o'rganish davomida bir-ikkita yuz mushaklaringizni mashq qildirishga hozirlang.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~7 min
YouTube The hidden power of smiling | Ron Gutman http://www.ted.com Ron Gutman reviews a raft of studies about smiling, and reveals some surprising results. Did you know your smile can be a predictor of how long you'll live -- and that a simple smile has a measurable effect on your overall well-being? Prepare…
Post #295 1.39K
Nega hissiy-emotsional gigiyenaga alohida e'tibor qaratish muhim

🔴 Nega hissiy-emotsional gigiyenaga alohida e'tibor qaratish muhim

🗣 Gay Uinch

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Shamollash alomatlari yoki qattiq og'riqni sezganimizda shifokorga boramiz. Shunday ekan, nega ruhiy azob chekkanimizda ushbu soha mutaxassislari ko'rigiga bormasligimiz kerak? Juda ko'pchiligimiz ruhiy salomatlik bilan bog'liq oddiy muammolarni yolg'iz boshdan kechiramiz, deydi Gay Uinch. Biroq biz bunday qilmasligimiz kerak. U hissiyotlarimiz va ongimizga ham xuddi tanamizga g'amxo'rlik ko'rsatgandek e'tibor qaratishimiz kerakligini — hissiy gigiyenaga amal qilish rad etib bo'lmas hayotiy zarurat ekanligini misollar asosida ko'rsatib beradi.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~17 min
YouTube How to practice emotional first aid | Guy Winch We'll go to the doctor when we feel flu-ish or a nagging pain. So why don’t we see a health professional when we feel emotional pain: guilt, loss, loneliness? Too many of us deal with common psychological-health issues on our own, says Guy Winch. But we don’t…
Post #294 1.19K
Xulq-atvorimizni qanday yaxshilashimiz mumkin

🔴 Xulq-atvorimizni qanday yaxshilashimiz mumkin

🗣 Den Ariely

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Insonlarning xulqini oʻzgartirishda eng samarali usul qaysi? Ushbu quvnoq va maʼlumotlarga boy maʼruzada psixolog Den Ariely nega odamlar nimanidir yomonligini bila turib notoʻgʻri qarorlar qabul qilishini tushuntirib beradi. Shu bilan birga, toʻgʻri harakatlarni bajarishga erishish yoʻlida bir necha tavsiyalar berib oʻtadi.

Tarjimon: Dilora Yusupova

⏱ ~15 min
YouTube How to change your behavior for the better | Dan Ariely Visit http://TED.com to get our entire library of TED Talks, transcripts, translations, personalized Talk recommendations and more. What's the best way to get people to change their behavior? In this funny, information-packed talk, psychologist Dan Ariely…
Post #293 1.23K
Tilni yoʻqolib ketishdan qanday asrab qolish mumkin

🔴 Tilni yoʻqolib ketishdan qanday asrab qolish mumkin

🗣 Daniel Bogre Udell

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Kelasi 80 yil ichida 3000 ta til yoʻqolib ketib, butun xalqlar madaniyati nobud boʻlishi mumkin. Ushbu kichik maʼruzada tillar himoyachisi Daniel Bogre Udell dunyo xalqlari oʻz tilini qanday saqlab qolayotgani haqida gapirib beradi. Ular oʻz madaniyatini qayta qurayotganini tushuntirar ekan, Daniel hammani oʻz ona tillari ustida izlanishga chorlaydi. "Oʻz tilingiz va madaniyatingizni bilish oʻzligingizni anglashda kuchli vositadir", – deydi u.

Tarjimon: Dilora Yusupova

⏱ ~7 min
YouTube How to save a language from extinction | Daniel Bögre Udell Visit http://TED.com to get our entire library of TED Talks, transcripts, translations, personalized Talk recommendations and more. As many as 3,000 languages could disappear within the next 80 years, all but silencing entire cultures. In this quick talk…
Post #292 928
Depressiya nima?

🔴 Depressiya nima?

🗣 Helen M. Farrell

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Depressiya dunyoda eng keng tarqalgan ruhiy kasallikdir; Qo’shma Shtatlarda 10 foiziga yaqin katta yoshli aholi depressiya bilan kurashadi. Ruhiy hastalik bo’lgani bois, uni tushunish, aytaylik, tanadagi xolesterindan ko’ra ancha murakkab tuyilishi mumkin. Helen M. Farrell depressiyaning alomatlari va davo choralarini izlab, undan aziyat chekayotgan do'stingizga qanday yordam bera olishingiz mumkinligi to'g'risida ba'zi maslahatlarni taqdim etadi.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~4 min
YouTube What is depression? - Helen M. Farrell View full lesson: http://ed.ted.com/lessons/what-is-depression-helen-m-farrell Depression is the leading cause of disability in the world; in the United States, close to ten percent of adults struggle with the disease. But because it’s a mental illness,…
Post #291 1.33K
Sizning hayotingizda omad qanday rol o'ynaydi?

🔴 Sizning hayotingizda omad qanday rol o'ynaydi?

🗣 Barri Shvarts

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Imkoniyat hayotda biz o'ylaganimizdan ancha kattaroq rol o'ynaydi, deydi psixolog Barri Shvarts. Albatta, qattiq mehnat qilish va qoidalarga rioya etish sizni uzoqqa olib borishi mumkin, lekin qolgan hamma narsalar shunchaki oddiy omadga bog'liq bo'lib chiqishi mumkin. Shvarts omad, qadr-qimmat va muvaffaqiyat o'rtasidagi bizning e'tiborimizdan chetda qolgan aloqani o'rganib chiqadi va oddiygina kollejga kirish misolida imkoniyatlarni tenglashtirish uchun qiziqarli yechimni taklif qiladi.

Tarjimon: Nozima Rahmatullayeva

⏱ ~10 min
YouTube What role does luck play in your life? | Barry Schwartz Visit http://TED.com to get our entire library of TED Talks, transcripts, translations, personalized talk recommendations and more. Chance plays a far bigger role in life than we're willing to admit, says psychologist Barry Schwartz. Of course, working hard…
Post #290 1.76K
Stress miyangizga qanday ta'sir ko'rsatadi

🔴 Stress miyangizga qanday ta'sir ko'rsatadi

🗣 Madhumita Murgia

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Stress tamoman yomon narsa emas. U sportda raqobatga kirishganingizda yoki sahnadagi nutqingizda qo'shimcha energiya va diqqat jamlashingizda qo’l keladi. Ammo surunkali davom etsa, u sizning miyangizni o'zgartira boshlaydi. Madhumita Murgia surunkali stressning qanday qilib miya hajmi, uning tuzilishi va qay tariqa faoliyat yuritishi, genlaringiz qatlamigacha ta'sir eta olishi to'g'risida so'zlab beradi.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~4 min
YouTube How stress affects your brain - Madhumita Murgia Check out our Patreon page: https://www.patreon.com/teded View full lesson: http://ed.ted.com/lessons/how-stress-affects-your-brain-madhumita-murgia Stress isn’t always a bad thing; it can be handy for a burst of extra energy and focus, like when you’re…
Post #289 697
O'ta qashshoqlikni tugatish uchun to'rtta qadam

🔴 O'ta qashshoqlikni tugatish uchun to'rtta qadam

🗣 Shameran Abed

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Kamida 400 million odam o'ta qashshoqlikda umr kechirishadi: keskin moliyaviy va ijtimoiy zaiflik holati ko'pchilikning umid va qadr-qimmatini yo'q qiladi. Qashshoqlikka qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro rivojlanish markazi bo'lgan BRAC da, Shameran Abed va uning jamoasi millionlab odamlarga qashshoqlikdan qutulishiga va imkonyatlarga to'la hayotni yaratishiga yordam bergan barqaror, har tomonlama dastur ishlab chiqishdi. Ularning keyingi olti yil ichida 21 million odamning hayotini o'zgaritirb yuboradigan dastur tadbiq etishda hukumatlar bilan dadil hamkorlik qilish rejasi haqida ko'proq bilib oling.

(Bu ulkan reja - global o'zgarishlarni moliyalashtiradigan va qo'llab quvvatlaydigan TED ning tashabbusi bo'lgan, Mard Loyihasi - Audacious Project ning bir qismidir).

Tarjimon: Shokhnur Akhmedov

⏱ ~7 min
Ted 4 steps to ending extreme poverty Approximately 700 million people worldwide currently live in extreme poverty, a state of severe financial and social vulnerability that robs many of hope and dignity. BRAC, the world's largest NGO, began a sustainable, multifaceted intervention called the…
Post #288 809
Nega siz Vivaldining "To'rt mavsum"ini tinglashingiz kerak?

🔴 Nega siz Vivaldining "To'rt mavsum"ini tinglashingiz kerak?

🗣 Betsi Shvom

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Yengil, yorqin va quvnoq. Antonio Vivaldining "To'rt mavsum" konserti XVIII asrning eng tanish kuylaridan biri bo'lib, uni ko'plab filmlar va reklama roliklarida eshitish mumkin. Ammo bu qanday musiqa va nega u shunday yangraydi? Betsi Shvom ushbu musiqada yashirin hikoyani ochib beradi.

Tarjimon: Nargiza Khamidova

⏱ ~4 min
YouTube Why should you listen to Vivaldi's "Four Seasons"? - Betsy Schwarm View full lesson: http://ed.ted.com/lessons/why-should-you-listen-to-vivaldi-s-four-seasons-betsy-schwarm Light, bright, and cheerful, "The Four Seasons" by Antonio Vivaldi is some of the most familiar of all early 18th century music, featured in numerous…
Post #286 1.09K
Nega ba'zi insonlar boshqalardan ko'ra ko'proq altruistik xulq-atvorni namoyon qilishadi?

🔴 Nega ba'zi insonlar boshqalardan ko'ra ko'proq altruistik xulq-atvorni namoyon qilishadi?

🗣 Abigeyl Marsh

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Nima uchun ba'zi insonlar fidokorona ishlarga qo'l urishadi, o'z sog'ligini xatarga qo'yib bo'lsa ham o'zga insonlarga yordam berishadi? Tadqiqotchi psixolog Abigeyl Marsh notanish kishiga o'z buyragini berib, o'ta hayrotomuz altruistik xulq-atvorni namoyon qilgan insonlarning motivlarini o'rganadi. Shunchaki ularning miyasi o'zgachami?

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~12 min
YouTube Why some people are more altruistic than others | Abigail Marsh Why do some people do selfless things, helping other people even at risk to their own well-being? Psychology researcher Abigail Marsh studies the motivations of people who do extremely altruistic acts, like donating a kidney to a complete stranger. Are their…
Post #285 880
Oziq-ovqat yetkazib beradigan do'stona, avtonom robot

🔴 Oziq-ovqat yetkazib beradigan do'stona, avtonom robot

🗣 Ali Kashani

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Sizning navbatdagi burritongizni yetkazib beradigan robot bilan tanishing. Ali Kashani bizga Postmeitning avtonom oziq-ovqat yetkazib beradigan roboti bilan tanishtiradi va dunyo shaharlarida bu robotning qanday qilib uglerod chiqindilarini kamaytirishga va bo'sh joy yaratishi uchun yordam berishini tushuntirib beradi. Bu robotning band troutuarlarda sizga oziq-ovqatni (va boshqa narsalar) quvonch bilan olib kelishidagi murakkab ijtimoiy holatlari uchun qanday qilib maxsus loyihalashtirilganligini o'rganing.

Tarjimon: Shokhnur Akhmedov

⏱ ~8 min
YouTube A friendly, autonomous robot that delivers your food | Ali Kashani | TED Visit http://TED.com to get our entire library of TED Talks, transcripts, translations, personalized talk recommendations and more. Meet the friendly robot that could deliver your next burrito. Ali Kashani introduces us to Postmates' autonomous delivery…
Older posts →

About this channel

How can I read @tedxuzbekistan without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for TED | Uzbek Language: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does TED | Uzbek Language have?
TED | Uzbek Language (@tedxuzbekistan) has 190 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does TED | Uzbek Language know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →