TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2744 6.69K
Oʻzbekcha yozing

Rasmdagi ogohlantirish kutubxonadagi eʼlon ekan. Oʻzlashma soʻz turdosh ot boʻlsa, oʻzbek tili imlosiga koʻra yoziladi. Qandaydir mashhur firma yo mahsulotning atab qoʻyilgan nomidagina istisno qilish mumkin. Mabodo biz yozmoqchi boʻlgan olinma soʻz hali lugʻatlarga kirmagan boʻlsa, talaffuzi asos qilib olinadi.

Noutbuk favqulodda yangi oʻzlashma emas. Allaqachon lugʻatlarimizdan joy olib ulgurgan.

Jumlani ham qisqa-loʻnda tuzsa boʻladi. Kompyuter elektr tarmoqlari degan ibora gʻaliz.

📌 Demak:
Noutbuk ✅
Notebook ❌

Jumla:
Noutbuk va telefonlaringizni elektr manbalariga ulamang.

* Rasm obunachilardan.

P.S. Noutbuk yoki telefonining quvvati tugab qolgan odam nima qiladi? Uyga ketaveradimi?

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Sifatlovchili oʻzlashma soʻzlar imlosi
🔹 H tovushli oʻzlashma soʻzlar imlosi
🔹 Charlzmi yo Karl?
🔹 QR kod
🔹 Islohtalab imlo: yonma-yon undoshlar

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 44
  • 😁 17
  • 🔥 10
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →