TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #2184 8.39K
​Oliy oʻquv yurtlari, fakultetlar va kafedralar nomi qanday yoziladi?

Bu borada xatolarga koʻp yoʻl qoʻyiladi. Ayniqsa, tarjima materiallarda asliyatga ergashish holatlari tez-tez koʻzga tashlanadi. Oʻzbek tili alohida til va oʻzbekcha imlodagi soʻzni uning qoidalari asosida yozish kerak. Masalan, Massachusetts Institute of Technology ingliz tili imlo qoidalariga koʻra toʻgʻri yozilgan. Lekin uni oʻzbekcha tarjimada beradigan boʻlsak, Massachusets texnologiya instituti deb yozishimiz kerak.

Oʻzimizdan misol:

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ✅
Uzbek State University of World Languages ✅
Узбекский государственный университет мировых языков ✅

Xoʻsh, nega bunday? Chunki imlo qoidalariga asosan, vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi.

Fakultetlar esa universitet yoki institut tarkibidagi boʻlim, alohida tashkilot emas. Shu sababli ular kichik harfda yozilishi kerak:

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakulteti ✅
Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti ✅

Kafedralar nomi ham xuddi shunday. Ularning nomi qoʻshtirnoqsiz va kichik harflarda yoziladi:

Toshkent tibbiyot akademiyasi travmotologiya, ortopediya kafedrasi ✅
Yuristlar malakasini oshirish markazi kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish kafedrasi ✅

Mavzuga aloqador:
👉 Idora va tashkilotlar nomini yozishdagi xatolar
👉 Boʻlim va boshqarmalar nomi bosh harf bilan yoziladimi yoki kichik?
👉 Atab qoʻyilgan nomlar qoʻshtirnoqqa olinadi
👉 Tarixiy yodgorliklar nomi qanday yoziladi?
👉 Hokimiyatmi yoki hokimlik?

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 12
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →