TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #956 45.3K
Idora va tashkilotlar nomini yozishdagi xatolar

Koʻzga tez-tez tashlanadigan xatolardan biri tashkilot va muassasalar nomidagi vazirlik, qoʻmita, agentlik, uyushma, assosiatsiya kabi soʻzlarlarni bosh harf bilan yozish. Bu rus tiliga taqlidan yuz beradi. Chunki bu soʻzlar rus tilida tashkilot nomining boshida keladi. Oʻzbekchada ular kichik harf bilan yozilishi kerak:

Demak:

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ✅
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ❌

Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi ✅
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi ❌

Gohida tashkilot nomi tarkibidagi boshqa soʻzlar ham bosh harf bilan yoziladi. Xoʻsh, aslida qanday boʻlishi kerak? Imlo qoidalariga koʻra, oliy darajada boʻlmagan tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻzgina bosh harf bilan yoziladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ✅
Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi ❌

Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi ✅
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi ❌

👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 5
  • 💯 3
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →