Ommalashgan xato gʻalati mashhur boʻlavermaydi
❗️ Lekin bir narsani yodda tutish kerak: yanglish qoʻllangan va ommalashgan har qanday soʻz yoki ibora gʻalati mashhur boʻlavermaydi.
Deylik, bugun qoʻllanadi soʻzini koʻpchilik qoʻllaniladi deb ishlatayotgan, bu xato hatto nufuzli nashrlar, ilmiy adabiyotlar, qonun hujjatlari matnlarida juda oʻp koʻzga tashlanayotgan boʻlsa-da, gʻalati mashhur emas. Xato.
Gʻalati mashhurni farqlashning oddiy usuli bor: soʻz yoki ibora asli xato ekani sezilmaydigan darajaga kelishi, xuddi shu shaklda lugʻatlarga kirishi kerak.
👉 Har narsaga koʻnikiladi, xatoga ham
👉 Oʻrtamiyona – “oʻrtaoʻrta” degani
👉 Koʻchaning boshi emas, oxiri berk boʻladi
👉 Oldin chiqasiz, keyin kelasiz
@oriftolib | Sahifalarimiz
Post #1632
2.56K

- 👍 1