TGViewer
Orif Tolib Orif Tolib @oriftolib · 15.1K subscribers
Post #1620 2.54K
Koʻchaning boshi emas, oxiri berk boʻladi

Boshi berk koʻcha
iborasi yoʻlini, ilojini topish qiyin boʻlgan, mushkul ahvolni anglatadi:

Ilmsiz tajriba – boshi berk koʻcha.
P. Tursun, “Oʻqituvchi”.

Otabek boshi berk koʻchada qolgandek boʻldi, javobiga qiynaldi.
A. Qodiriy, “Oʻtgan kunlar”.

👉 Aslida koʻchaning boshi emas, oxiri berk boʻladi. Berkkoʻchaning soʻngiga, tugashiga borgan kishi undan qanday chiqishni bilmay qiynaladi, orqaga qaytishini, ovora boʻlishini oʻylab asabiylashadi. Koʻchaning boshi berk boʻlsa (oʻzi odatda bunday boʻlmaydi), shunchaki kirmay qoʻya qoladi, qiyinchilik ham yoʻq. Biroq tilda iboraning ayni shu shakli – boshi berk koʻcha urf boʻlgan. Uning oʻrniga oxiri berk koʻcha deb qoʻllash xato boʻladi. Abdulla Qahhor aytganidek, “Shahardagi hamma soatlar besh minut ilgari – notoʻgʻri boʻlsa va hamma shunga amal qilsa, sening soating besh minut keyin – toʻgʻri boʻlganidan nima foyda?!”

👉 Har narsaga koʻnikiladi, xatoga ham
👉 Oʻrtamiyona – “oʻrtaoʻrta” degani

@oriftolib | Sahifalarimiz
  • 👍 2
More from @oriftolib
  1. Sep 26, 2026“Bu gʻirt SI-ku!”: Yoshlar nega sunʼiy intellektni haqorat soʻziga aylantirdi? Britaniya v…
  2. Sep 25, 2026Navoiy “Kulliyot”ining nodir faksimile nusxasi Oʻzbekistonga keltirildi Alisher Navoiy “Ku…
  3. Sep 25, 2026🚀 20:30’da jonli efir boʻladi, rejangizga kiritib qoʻying! 🎤 Bugun 20:30’da shu kanalda…
  4. Sep 25, 2026Turk tili ustozi Gʻulomjon xoʻja (turk tilida ustozga hoca deb hurmat koʻrsatishadi) oʻquv…
  5. Sep 23, 2026Bolalar smartfonga emas, kitobga ham talpinishi mumkin Bolasiga kitob oʻqita olmay xunob b…
  6. Sep 18, 2026Post #4893
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →